£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Konstitutsiyasi qabul qilindi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkkomissiya
Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda Turkistonni RSFSRning “ajralmas, tarkibiy qismi”
ekanligi, o’lka xalqlarining barcha hayotiy masalalari uning mas’ulligida ekanligi qonunlashtirildi. Turkistonda sovet hokimiyatining tobora kuchayishi, uning yakkahukmronligining ortib borishi, o’lka hayotining hamma jabhalarining qattiq markazlashtirilishi, qattiqqo’l iqtisodiy tadbirlarning o’tkazilishi faqat mahalliy aholi qatlamlarining keskin noroziligiga sabab bo’lib qolmasdan, boshqa siyosiy muxolifatchi kuchlarni ham harakatga keltirdi. 1919 yil 19 yanvarida harbiy komissar K.Osipov uyushtirgan isyon natijasida Toshkentda 14 nafar Turkiston xalq komissarlarining otib o’ldirilishi ham buning aniq ifodasi bo’lgandi. Ammo tezlikda o’zlarini o’nglab olishga ulgirgan bolsheviklar vaziyatni o’z foydalariga o’zgartirib, sovet hokimiyatini yana saqlab kolishga muvaffaq bo’ldi., hokimiyat organlari yangi kadrlar bilan to’ldirildi. Rahbarlik lavozimlariga mahalliy millat vakillari ham jalb etila bordi. Moskva sovet Turkistoniga o’z ta’sirini kuchaytirish, uni har tomonlama o’ziga qaram qilish maqsadida 1919 yil kuzida Toshkentga alohida favqulodda vakolatlar berilgan Turkkomissiya (Sh. Eliava - rais, V. Bokiy, F. Goloshchekin, V. Kuybishev, M. Frunze, Ya. Rudzutak)ni yubordi. Uning zimmasiga katta vazifalar yuklangan edi. Uning butun faoliyati TASSR sovet va partiya qurilishi ishlarini jadal sur’atlar bilan olib borish, yangi tuzumni chuqur ildiz ottirish edi. TASSR hayotida kechayotgan barcha
206
ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bog’liq eng asosiy masalalarning birortasi ham Turkkomissiya a’zolarining izmisiz hal etilmas edi. Bu davrda mahalliy xalq orasidan chiqqan, sovet va partiya qurilishida ancha tajriba ortirgan, chiniqqan T. Risqulov, N. To’raqulov, A. Rahimboev, N. Xo’jaev, Q. Otaboev, A. Ikromov, S. Segizboev kabi yurt arboblari u yoki bu rahbariy mansablarda faoliyat yuritgan bo’lsalar-da, ammo ularning inon-ixtiyori moskvalik hukmdorlar tizginida bo’lgan. Xullas, Turkkomissiya siymosida TASSR hayotida zo’rlik bilan qaror topdirib borilayotgan bolsheviklar diktaturasining asl mazmun-mundarijasi mujassamlashgan edi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling