£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
-jadval 35 2-jadval
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
1-jadval
35
Davrlar Odamlarning kashfiyotlari Paleolit Ilk bosqichi
O’rta bosqichi
So’nggi bosqichi
Mezolit Neolit Eneolit Bronza Toshdan uchi o’tkir qirrali, tuxumsimon qurollar, daraxt shoxlaridan tayoq va so’yil kabi qurollar yasaldi. Termachilik, ovchilik.
Olovdan foydalanishning o’zlashtirilishi. Chaqmoq toshdan qo’l chopqichi, pichoq, teshuvchi bigizlar yasaldi.
Urug’ jamoasi (matriarxat) shakllandi, chayla va erto’lalar qurildi. Arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari, igna, nayza uchlari, qarmoq yasaldi. Baliq ovlash o’zlashtirildi. Haykaltaroshlik, tasviriy san’at, suyak taqinchoqlar yasash vujudga keldi.
O’q-yoy (kamon), irg’ituvchi nayza qurollari yasaldi. Yakka ovchilik, daydi hayot yuzaga keldi. Mollarni qo’lga o’rgatila boshlandi, boshoqli o’simliklarni o’stirish o’rganildi. Qoyatosh suratlari paydo bo’ldi.
Tosh bolta, pona, iskana, motiga (ketmon-techa), tosh moslamali suyak o’roq, don yanchgich, sopol idishlar yasaldi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga keldi. Suvda suzish moslamalari yasaldi. Uy-joy qurilishi va o’troqlashuv boshlandi. Ip yigiruvchi urchuq, to’quv dastgohlari vujudga keldi. Jun va o’simlik tolasidan kiyimlar tikildi. Ishlab chiqarish xo’jaligi shakllandi.
Mis kashf etildi, misdan bolta, o’roq, nayza uchlari, xanjar qurollari, taqinchoq va bezak buyumlari yasaldi. Patriarxatga o’tildi.
Bronza ixtiro qilindi. Metaldan bolta, o’roq, ketmon, tesha, nayza, pichoq, qilich, xanjar, zargarlik buyumlari yasaldi. Omoch, g’ildirak, arava yasaldi. Ustaxonalar paydo bo’ldi. Hayvonlardan transport sifatida foydalanish o’zlashtirildi. Yorg’uchoq, o’g’ur, charx-urchuq yasaldi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. O’troq dehqonchilik, sug’orma dehqonchilik, savdo aloqalari vujudga keldi. Shaharlar paydo bo’ldi. Turli ijtimoiy tabaqalar, mulkiy tengsizlik vujudga keldi. Shahar davlatlari shakllandi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling