£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Sopollitepa yodgorligini topib o’rgandilar. Sopollitepa 4 gektar chamasidagi
tepalikdan iborat bo’lib, uning markaziy qismini baland qal’a tashkil etadi.Sopollitepaning markaziy qismi kvadrat shaklida bo’lib (82x82), atrofi yirik xom g’ishtlardan qilingan uch qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan, devorning qalinligi o’rtacha 1,6 m, ba’zi joylarda 2 m bo’lgan. Qal’aning o’rta qismi bo’sh maydondan iboratligi, qal’a ichkarisidagi uylarni 8 kvartalga bo’lib turuvchi 6 ta ko’cha borligi ma’lum bo’ladi. Qal’a darvozasi uning janubiy tomoniga joylashganligi, uylarning devorlari va poli bir necha bor somon suvoq qilinganligi, har bir uyda mo’rili o’choq, o’choq yonida supa, ba’zi xonalarda sandal o’txonalari borligi aniqlandi. Sopollitepadan 150 ta qabr ochilgan, ulardan sopol idishlar, bronza, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar, bronza mehnat qurollari topilgan. Sopollitepadan 20 ga yaqin sopol pishiradigan xumdon, vaza, ko’za, xurmacha, choynak, piyola, kosa, tog’ora, xum, lagan va boshqa 40 ga yaqin xildagi yaxshi pishirilgan nafis, jarangdor, engil idishlar topilgan.Xonalardan tosh yorg’uchoqlar, o’g’irlar, urchuqlar va paykonlar, arpa, bug’doy va tariq donlari topilgan. Sopollitepadagi tadqiqotlar odamlarning bug’doy go’ja, umoch, qaynatma sho’rva kabi ovqatlar pishirib iste’mol qilganini, ipakdan va paxtadan kiyimlar tikib kiyishganini ko’rsatadi. Erkaklar va ayollar o’rtasidagi mehnat taqsimoti haqida ma’lumotlar olindi, erkaklar o’troq dehqonchilik, chorvachilik, kulolchilik, binokorlik bilan shug’ullangan, ayollar esa uy ishlari, bola tarbiyasi bilan band bo’lgan. Urug’ jamoasiga erkaklar boshchilik qilgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling