£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


 Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 

2. Xorazm va Baqtriya - ilk davlatchilik asoslari 

 

O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to’g’risida qadimgi yozma 



tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek, 

qadimshunos olimlarning o’lkamizning turli hududlarida olib borgan arxeologik - 

qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, 

qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani 

oydinlashtirish, etarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, 

Rim mualliflaridan Gerodot, Gekatay, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning 

asarlari, yodnomalari, Forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, o’lkamizda keng 

ko’lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya.G’ulomov,  S.Tolstov, V.Masson, 

A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.Sagdullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida 

ahamiyatga molikdir.  

Arxeolog olimlarimizning so’ngggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan 

bo’lsak, O’zbekiston hududida bronza davridayoq, mil. avv. 2 minginchi yillik 

o’rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan. 

Yurtboshimiz I.Karimovning mana bu fikrlari ham o’zbek davlatchiligi 

tarixining o’q tomirlari olis davrlar qa’riga borib tutashishidan yaqqol dalolat 

beradi: «O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni 

Xorazm vohasida qo’yilgan. Shu ma’noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, 

Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir 

qatorda turadi. Xorazm tarixi o’zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va 

qadimiyligining tasdig’idir»

1



Barcha dalili ashyolar miloddan avvalgi so’nggi ming yillik boshlarida, 



aniqrog’i VIII-VII asrlarda Vatanimiz hududlarida 3 ta: Katta Xorazm, Baqtriya 

hamda saklar va massagetlar konfederatsiyasi shaklidagi dastlabki davlatlar 

shakllangan. Bu davlatlar o’ziga xos rivojlanish jarayonini bosib o’tgan. Ayniqsa 

bu ilk davlatlar orasida Baqtriya nisbatan barqaror bo’lganligi bilan ajralib turadi. 

«Katta Xorazm» «ishlab chiqarishning Osiyo usuli»ga ega bo’lgan davlatlarning 

                               

1

 I.A.Karimov. Asarlar. T.6. T.: O’zbekiston, 1998, 375-bet. 




 

40

qadimgi sharq tipiga mansub edi. Saklar va massagetlarning konfederatsiyasi esa 



chorvador turlarning ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning 

harbiylashgan davlatidan iborat edi. 

 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling