£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 

«Avesto»da 

jamiyat 

tarkibining 

bo’linishi 

¾  «Nmana» - katta patriarxal oila 

¾  «Vis» - «nmana»lar birikuvidan hosil bo’lgan urug’ jamoasi 

¾  «Varzana» - «Vis»lar birikuvidan vujudga kelgan yirik 

qo’shni jamoa 

¾  «Zantu» - qabilalar uyushmasi 

¾  «Daxyu» - qabilalar ittifoqi  

  

Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o’zida  oila jamoasi uchun 



diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo’lgan. Urug’ - qishloq 

oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig’i hisoblangan. Oqsoqollar kengashi 

qo’lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo’lib, u jamoa faoliyatiga oid 

barcha masalalarni hal qilgan. Mo’’tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari 

jamoa a’zolari uchun majburiy hisoblangan. 

Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o’z xususiy 

mulkiga ega bo’lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab 

chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o’z navbatida mulkiy 

tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik avvalo jamoa oqsoqollari, harbiy 

boshliqlar, mo’’tabar shaxslar qo’lida to’plana bordi. Ular erning hosildor 

qismini egalladilar, ko’plab chorva mollariga ega bo’ldilar. Oqsoqollar oila 

jamoalari, urug’ va qabila ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga 

etishtirgan hosillarining, chorva mollarining bir qismini berishga majbur etilgan. 

Oqsoqollar o’z iste’molidan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin, 

kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar. 

Qabilalar o’rtasida yaxshi er va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun 

urushlar kelib chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik 

qilish uchun o’z harbiy yo’lboshchilarini saylaganlar. Urushda qo’lga kiritilgan 

o’ljaning ko’p qismi yo’lboshchiga hamda oqsoqolga berilgan. Shu tariqa

oqsoqollar va yo’lboshchilar jamiyatda alohida, ustun mavqega ega bo’lib, ularni 

zodagonlar deb atashgan. Keyinchalik zodagonlar o’z o’g’illariga nafaqat 

boyligini, mulkini, shuningdek, o’z lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. 

Zodagonlar jamoa, urug’ va qabilalar ustidan o’z hukmronligini o’rnatganlar. 



 

39

Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishi asta-sekin ortiqcha 



mahsulotlarni ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib 

chiqaradi. Jamoa a’zolari ishlab chiqarishning o’zlariga qulay sohasini tanlab 

oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik 

mustaqil xo’jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari 

dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan 

shug’ullanadilar. Ular o’rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik 

mahsulotlarini o’zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa o’z navbatida 

savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida 

bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar 

ayirboshlash yuz beradi, dastlabki shaharlar paydo bo’ladi. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling