£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli 

«Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga 

xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli 

bo’lgan shahar-qal’alar-Qal’aliqir, Ko’zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar - 

bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi. Negaki, 

bu singari umumelatlar, qavm-qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim 

o’zgarishlar davlat boshqaruvi yo’li bilangina amalga oshirilishi mumkin 

bo’lgan. Qadimshunos olim Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 

km uzunlikdagi, eni birnecha o’nlab metrdan iborat kanal o’zani, obod 

dehqonchilik madaniyati - Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy 

maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da 

Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o’z hududiy chegaralariga ega bo’lgan 

o’lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. 

Gerodot ma’lumoticha, qadimda Oks (Amu) daryosi bo’ylab 360 dan ziyod 

sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lli, sahroli erlarga suv 

chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Gerodot 

taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga 

ega bo’lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug’doy, suli, arpa, 

meva-sabzavotchilik mahsulotlarini mo’l-ko’l etishtirganligi qayd etib o’tiladi. 

Xorazm shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan. 

Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning 




 

41

mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Bu ko’hna hudud bag’rida 



ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o’tib, saqlanib kelayotgan ko’plab 

asori atiqalar, shahar-qal’alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadi. Xorazm 

vohasida hunarmandchilik, tog’-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu erdan qazib 

olingan qimmatbaho ma’danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko’rsatkichiga 

etganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan.  

Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan, ularning 

tuya, ot, qo’y-echkilardan iborat ko’plab suruvlari bo’lgan. Savdo bozorlarida 

g’alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari ayirbosh 

qilingan. 

Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida 

ma’lumotlar hozirgacha etarli emas. Rivoyatlarga ko’ra, Xorazmning qadimiy 

siyosiy sulolasi - Siyovushiylar bo’lganligi zikr etiladi. «Avesto»da 

ta’kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o’g’li bo’lgan. Siyovarshon o’limidan 

so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o’ch olib, hokimiyatni egallab 

Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos solgan deyiladi. 

O’rta Osiyoning yana bir qadimgi davlati - Baqtriya podshohligi bo’lgan. 

Uning tarkibiga hozirgi O’zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, 

Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoli-sharqiy erlari kirgan.  

Baqtriyadagi ko’pdan-ko’p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo’lib, 

mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa 

devorlari bilan o’ralgan, unda podshoh qal’asi alohida ajralib turgan. 

Rim tarixchisi Kurtsiy Rufning shahodat berishicha, «Baqtra daryosi 

nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Umuman tarixiy 

ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, qadimgi davlatlar nomlari ko’pincha 

daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan kelib chiqqan bo’ladi. 

Binobarin, «Baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» iboralari juda qadimgi 

manbalarda tilga olinib, bitta xalqni yoki bir necha qarindosh qabilalarni 

birlashtirgan hududiy tushunchani anglatadi. 

«Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o’lkalardan 

biri bo’lgan, baland bayroqli, go’zal o’lka» sifatida ta’riflangan. Bu xildagi fikr-

mulohazalar Baqtriya o’z davrining yirik davlatlaridan biri bo’lganligidan dalolat 

beradi. 


Ktesiy ma’lumoticha, Baqtriyaga qarashli Vaxsh vodiysi obi- hayotga 

mo’l-ko’lligi, unumdor erlari ko’p bo’lganligidan, bu hududda dehqonchilik 

madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog’dorchilik, mevachilik mahsulotlari 

etishtirishda omilkor bo’lgan. Qashqadaryo vohasining miloddan avvalgi VIII-

VII asrlarga oid Sangirtepa,  Yangitepa, Chiroqchitepa, Erqo’rg’on singari aholi 

manzilgohlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu joylarda o’troq turmush 

kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug’ullanganlar. Xuddi shunday 

fikrni So’g’diyona hududlariga nisbatan ham aytish mumkin. Qulay tabiiy-

jug’rofiy sharoitga ega bo’lgan Omonqo’ton, Gurdara, Qo’tirbuloq, Zirabuloq 

makonlarida yashagan aholining madaniy hayoti  ham ancha to’laqonli kechgan.  




 

42

Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko’plab miqdorda qazib 



olinib, ular tegishli ishlov berishdan so’ng yurt ehtiyoji uchun, qolaversa, xorijiy 

ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltirilgan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, 

Hindiston singari mamlakatlarda ham talab-ehtiyoj katta bo’lgan. Baqtriyada 

qimmatbaho ma’danlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi bu yurtda maxsus 

hunarmandchilik turi - zargarlik, badiiy hunar tarmog’ining rivoj topishiga olib 

kelgan. Buni 1877 yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish erida 

topilgan  «Amudaryo xazinasi» topilmasi timsolida ham kuzatish mumkin. 

Topilmalar orasidagi 179 ta oltin va 7 ta kumush zargarlik buyumlari qadimgi 

Baqtriyada nafis hunarmandchilikning o’sganligidan dalolat beradi. Bu xazina 

aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti-Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga 

tegishli bo’lgan. Ular Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan. 

 

 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling