£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Avesto»da ilgari surilgan g’oyalar Yovuzlik timsoli
- «Nmana»
- «Avesto»da qadimgi
- Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi
Yakkaxudolilik va ezgulik timsoli Ahura Mazda ¾ yaxshilik ¾ yorug’lik ¾ poklik ¾ soflik ¾ birodarlik ¾ mehr-oqibat ¾ mehnatsevarlik ¾ vatanparvarlik ¾ yurtparvarlik ¾ ezgulik ¾ bag’rikenglik ¾ tozalik ¾ insoflilik ¾ sabr-bardoshlilik ¾ baxt-saodat v.b. «Avesto»da ilgari surilgan g’oyalar Yovuzlik timsoli Ahriman ¾ yovuzlik ¾ zulmat ¾ johillik ¾ baxillik ¾ dushmanlik ¾ shaytonlik ¾ zulmkorlik ¾ qorong’ulik ¾ g’ayirlik v.b.
«Avesto» ta’limoti bir tomondan, erli qabila, elatlarni turli mahalliy ko’rinishdagi bid’at va xurofotlar ta’siridan xalos bo’lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkamlanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning ustiga «Avesto»da zardo’shtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o’lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Bu esa alohida e’tiborga loyiqdir. Masalan, «Avesto» jamiyatni 4 asosiy qismga bo’ladi: uy, oila jamoasi - «Nmana», urug’ jamoasi - «vis», qabila - «zantu», qabilalar itifoqi - «daxyu». «Daxyu» tushunchasi «viloyat», mamlakat ma’nosini ham anglatadi. Mamlakatni idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan. Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig’ilishi - v’yaxa deyilgan.
jamiyatda mavjud bo’lgan 4 ta asosiy ijtimoiy tabaqalar ¾ Kohinlar (Ruhoniylar) ¾ Askarlar ¾ Hunarmandlar ¾ Chorvadorlar
Manbaning turli ma’lumotlariga ko’ra, qadimda zargarlik, kulolchilik, to’quvchilik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o’ziga xos tarzda rivoj topgan. «Avesto»dagi bosh ma’buda - ezgulik, yorug’lik, yaxshilik, baxt- iqbol xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong’ulik, razolat timsoli - Ahriman o’rtasidagi doimiy murosasiz kurash g’oyasi zardushtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Zardusht payg’ambar sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va oyatlarni xalqqa, odamlarga etkazishga da’vat etkuvchidir. Zero, Zardo’sht har bir masalada fikr yuritganda Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat 46 etadi. Bir o’rinda u bunday xabar beradi: «Biz Ahura Mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni va o’simlikni, yorug’likni va erni yaratgan ... ». «Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Er, suv, havoni bulg’ash, olovga tupirish eng og’ir gunoh sanaladi. «Avesto» avvalgi dinlarda rasm bo’lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat’iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida ta’kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo’lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo’qdir. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo’lib, u insonning baxtu- saodati ramzi sifatida ulug’langan. Shu bois ajdodlarimizning ko’plab to’y- tomoshalari, xursandchilik marosimlari olov yoqish, uning atrofida keng davra qurish bilan bog’liq holda o’tkazilgan. Bu odatlarning ba’zilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Shaharlar, aholi manzilgohlarining eng gavjum joylarida maxsus qurilgan otashkadalar bo’lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to’la bo’lgan. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, doimiy farog’atli hayot inson uchun uzoq notanish hayoliy jannatda emas, balki insonlar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo’ladi. Bu maqsad, marraga etish uchun esa odamlar juda ko’p murakkab va jiddiy sinovlardan o’tishlari kerak bo’ladi. Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o’tmishdoshlarimizning keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta’lim-tarbiyasi, boshqaruv tizimini o’rganishimizda muhim dasturilamal manba bo’lib xizmat qiladi. Unda umumbashariy g’oyalarning chuqur aks etganligi sababidan ham bu asar keng hududlar bo’ylab yoyilib, Sharqu G’arbda e’tirof topib, turli xalqlarning ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan. Hozirgi mustaqillik sharoitida ham bu ta’limot g’oyalari o’z ta’sirchan ahamiyatini ko’rsatib, asl ma’naviyatimiz sarchashmalaridan biri sifatida xalqimiz ruhiyatini boyitib borishga xizmat qilmoqda.
4. Vatanimiz xalqlarining ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi Mil. av. VI asr o’rtalarida Axomaniylar davlati (mil. av. 558-330 yillar) qisqa davr ichida qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar vakili Kir II asos solgan. Hind daryosidan Egey va O’rta dengizgacha bo’lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Liviya va bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O’rta Osiyo erlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko’radi. Kirning O’rta Osiyoga harbiy yurishlari mil. av. 545-539 yillarga to’g’ri keladi. Kir II ning O’rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi mil. av. 539-530 yillarni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyoning tabiatan erksevar, yurtparvar xalqlari, qavm-qabilalari ahomaniylarga bo’ysunmaslik uchun o’z ona zamini, diyorini himoya qilib mardonavor kurash olib borganlar. Bu esa Kir II ni qayta-qayta bu hududga katta qo’shin bilan bostirib kelishga majbur etgan. Ahomaniylar podshosining yurishiga doir bir qator ishonchli ma’lumotlar Yunon va Rim mualliflaridan Gerodot, Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko’p 47 uchraydi. Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron shohi bilan massagetlar malikasi, mard va jasur ayol To’maris o’rtasidagi munosabatlar, ularning o’zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot ma’lumotlari alohida e’tiborga loyiqdir. 200 minglik katta jangovar qo’shin tuzib To’maris yurtiga kelgan Kir II harbiy mahoratda mislsiz bo’lgan massaget qabilalarini ochiq jangda engish qiyinligini his etib, avvalda turli hiyla-nayranglar ishlatishga urinib ko’radi. Shu maqsadda To’maris huzuriga elchilar yuborib, go’yo o’zini malikaga jazman ekanligini va shu bois unga uylanmoqchiligini bildiradi. Bu nayrang natijasiz chiqadi. Kir II shundan so’ng yana hiyla ishlatib, To’marisning mard, jasur o’g’li Sparganisni asirga oladi va oqibatda u o’zini halok etadi. Yagona farzandidan judo bo’lib o’rtangan onaning dushmanga bo’lgan o’tli nafrati o’n chandon ortadi. Buning ustiga elu-yurt erki, ozodligini har narsadan a’lo bilgan To’maris Kir qo’shiniga qarshi hayot-mamot jangiga hozirlik ko’radi. Butun vujudlari ila g’animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget qo’shinlari bosqinchilarga qarshi jangga tashlanishadi. Nihoyat, massagetlar g’alaba qozonadilar. Fors qo’shinlarining katta qismi, jumladan Kir ham jang maydonida xalok bo’ladi. Bu miloddan avvalgi 530 yilga to’g’ri keladi. Ahomaniylar shohi Kambis II (530-522) va Doro I (522-486) davrida O’rta Osiyo hududlari bosib olinadi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518 yillardagi harbiy yurishlari davomida sak qabilalarini engib, itoatga keltirishga musharraf bo’ladi. Lekin bunga osonlikcha erishgan emaslar. Loaqal bu yurtning oddiy cho’poni Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy bosqinchilar bilan jon berib, jon olishib, mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo’la oladi. Eron ahomaniylariga qarshi O’rta Osiyoning Parfiya, Marg’iyona hududlarida, Saklar o’lkasida ko’plab xalq qo’zg’olonlari yuz berib turgan. Jumladan, Eron hududidan topilgan Bihistun yozuvlarida aytilishicha, mil. av. 522 yilda Marg’iyonada ko’tarilgan kuchli xalq qo’zg’oloniga Frada degan shaxs etakchilik qilgan. Doro I qo’shini qo’zg’olonchilardan qonli o’ch oladi. 55 ming qo’zg’olonchilar qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo’lga olinib qiynab o’ldiriladi. Bularning hammasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar zulmiga bo’yin egmay, o’z erki, ozodligi yo’lida tinimsiz kurash olib borganligini ko’rsatadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling