£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Islom Karimov O’zbekistonning


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Islom Karimov O’zbekistonning 

birinchi Prezidenti 


 

308


baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Qadim-qadim zamonlardan buyon Xumo 

qushi o’zbek xalqi orasida odamlarni baxt-saodatga etaklovchi kuch ramzi 

sifatida e’zozlab kelingan.  

O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o’n ikkinchi chaqiriq 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 10 

dekabrda qabul qilindi. Davlat madhiyasining matni O’zbekiston xalq shoiri 

Abdulla Oripov, musiqasi O’zbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov 

tomonidan tayyorlangan. 

 

 

 



Mustaqillik qo’lga kiritilgach, milliy huquqiy 

davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor 

munosabatlarini shakllantirish kabi  

dolzarb vazifalar mustaqil O’zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishni taqazo 

etardi. 

«Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilingan O’zbekiston Oliy Kengashining 

1990 yil 20 iyunda bo’lgan ikkinchi sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab 

chiqish lozim, degan xulosaga kelingan edi. Sessiya O’zbekiston Prezidenti 

Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini 

tayyorlash bo’yicha komissiya tuziladi. Konstitutsiyaviy komissiya O’zbekiston 

Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida 2,5 yil ishladi.  

Konstitutsiya loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning 

jahon tajribasi o’rganildi, inson huquqlari, demokratiya va qonunchilik sohasida 

jahonda qo’lga kiritilgan yutuqlar hisobiga olindi. Milliy davlatchiligimizning 

tajribasi, Amir Temur va boshqa allomalarimizning davlatni idora qilish 

sohasidagi g’oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 

1992 yil 26 sentyabrda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 

loyihasi umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 

oycha davom etdi. Muhokama jarayonida bildirilgan takliflar asosida tuzatishlar 

kiritilgan loyiha 1992 yil 26 noyabrda matbuotda ikkinchi marta e’lon qilindi. 

Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, 

ular inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy daholigi va 

tafakkurining mahsuli bo’ldi. Prezident I.A.Karimov O’zbekiston 

Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o’zining katta hissasini 

qo’shdi.  

Oliy Kengashning 1992 yil dekabrda bo’lgan XI cessiyasi O’zbekiston  

Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi.  

Sessiyada deputatlar loyihaga 80 ga yaqin o’zgartirish, qo’shimcha va 

aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992 yil 8 dekabr kuni O’zbekiston 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling