320
fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo’lmagan fuqaro O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to’lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to’lganlar viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning
o’zida ikkidan ortiq vakillik organlarining deputati bo’lishi mumkin emas.
Ommaviy axborot vositalari Demokratik institutlarning muhim tarmog’i bo’lgan erkin
ommaviy axborot vositalari vujudga keldi. 2004 yilda Respublika ommaviy axborot
vositalari tizimida 609 nomda gazeta va 162 nomda jurnal chop etildi, 3 axborot agentligi,
50dan ortiq teleradiokompaniya va studiyalar ishladi. Jurnalistlarning erkin ijod qilishi,
mamlakat ravnaqi yo’lida xizmat qilishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Ommaviy
axborot vositalari to’g’risida qabul qilingan qonunlar ularni "to’rtinchi hokimiyat"
darajasida faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashmoqda.
O’zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy
madaniyatining oshib borayotganligida, turli siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining
shakllanishida ham namoyon bo’lmoqda.
Mustakillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining
vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika
parlamenti tomonidan qabul qilingan: "Jamoat tashkilotlari to’g’risida" (1991 yil 15
fevral), "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida" (1998 yil, yangi tahriri),
"Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to’g’risida" (1992 yil 2 iyul),
"Siyosiy partiyalar to’g’risida" (1996 yil, dekabr)gi qonunlar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: