£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Mahalliy davlat 

hokimiyati 


 

317


 

O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh 

qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi, 

bozor  


munosabatlarining  faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. 

Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga,  qattiq 

mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar 

orqali o’zini-o’zi idora etishga o’tildi. 

Ma’muriy-buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan Davlat reja 

qo’mitasi, Davlat ta’minot qo’mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agro-sanoat 

qo’mitasi  va boshqa qo’mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. 

Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi respublika 

byudjetini shakllatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini 

belgilamokda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va 

uning bo’linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, 

ixtisoslashtirilgan aktsiyadorlik - tijorat banklari - "O’zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", 

"O’zjamg’armabank", "G’allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy  va 

boshqa banklar tuzildi.  Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun 

javobgarligi oshirildi. 

Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo’mitasi, Bojxona qo’mitasi 

tuzildi. Davlat nazorati qo’mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida 

nazorat inspektsiyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspektsiyalari tuzildi. 

Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash davlat qo’mitasi 

tashkil etildi. Bu qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 

dasturlarini ishlab chiqishda, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni 

amalga oshiradi.   Qo’mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko’chmas mulk birjalari, 

auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. 

O’zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo’yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, 

ular o’z-o’zini mablag’ bilan ta’milaydigan uyushmalarga, kontsernlarga, 

korporatsiyalarga va boshqa xo’jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, 

qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi 

vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyat va 

ish yuritish usullari tubdan o’zgardi. 

Umummilliy ahamiyatga molik bo’lgan tarmoqlarda, masalan, sayohatchilik, 

transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan 

mustaqil bo’lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. 

Shunday qilib, mustaqillik qo’lga kiritilgandan beri o’tgan qisqa tarixiy davrda 

huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va 

tadrijiy rivojlanishga ega bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi kunda 

markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi 

tizimlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza 

borishni ta’minlashdan iboratdir. 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling