£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Havfsizlikka tahdidning
kuchayishi 354
urinmoqdalar. Xalqaro terroristlarning O’zbekiston, AQSh, Rossiya va boshqa mamlakatlarda sodir etgan terrorchilik urinishlari dunyo ahlini tashvishlantirmoqda. • "Sovuq urush" siyosatiga chek qo’yilishi natijasida yalpi yadro urushi xavfi kamaygan bo’lsada, bu turdagi ommaviy qirg’in qurolining ko’p miqdorda saqlanayotganligi,yadro quroliga ega bo’lgan davlatlar sonining ko’payib borayotganligi (Hindiston, Pokiston) dunyo uzra umumiy xavfsizlikka jiddiy tahdid bo’lib qolmoqda. • Jahon miqyosida atrof-muhitning ifloslanganligi, nosog’lom ekologik vaziyat, jumladan, Markaziy Osiyodagi ekologik tanglik, biogenetik buzilishlar insoniyat boshiga xavf solib turibdi. • Tobora kuchayib borayotgan korruptsiya, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, yashirin kurol oldi-sottisi insoniyatni tashvishlantirmoqda. Bularning barchasi dunyo hali ham ilgaridek mo’rt bo’lib turganligidan dalolat beradi. Bizni qurshab typran olam g’oyat
murakkab va muammoli bo’lib keldi, hozir ham shunday bo’lib qolmoqda. Bugungi kunda butun insoniyatning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari xalqaro munosabatlarga bog’liq bo’lib qoldi. Xalqaro maydondagi har bir siyosiy tanglik, mojaro barcha mamlakatlar va xalqlar manfaatiga daxldor bo’lib qoldi. Hatto ayrim olingan mamlakat ichkarisidagi nizoli jarayonlarni, urushlarni bartaraf etish ham jahon hamjamiyatining vazifasiga aylandi. Davrimizning muhim xususiyati aholi talab extiyojlarining g’oyat darajada o’sganligi bilan belgilanadi. Alohida olingan bir mamlakat resurslari bilan uning aholisi talablari, ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi. Hatto rivojlangan mamlakat uchun ham boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilish ob’ektiv zaruriyat bo’lib qoldi. Hozirgi dunyoda biron-bir mamlakat, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi ham, boshqalardan ajralgan hudud emas. Sayyoramiz yaxlit va bo’linmasdir. Shu boisdan barcha mamlakatlar, xalqlar bir-biri bilan bog’langan, o’zaro aloqadadir. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling