£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


tomonlama va ikki tomonlama aloqalari


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet364/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

tomonlama va ikki tomonlama aloqalari 

 

MDHning tashkil topishi  1991 yil 8 dekabrda Minskda uch slavyan 

respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Eltsin, L.Kravchuk 

S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo’ldi. O’sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch 

davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risida 

Shartnoma imzoladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta 



va moliya-bank sistemasi bo’ladi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa 

sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat 

kelishilgan holda yuritiladideb belgilangan edi. Ґujjatda SSSRning mavjudligi 

va SSSR Konstitutsiyasi to’xtatiladi, deb e’lon qilindi. 

Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDҐni tuzish haqidagi shartnomani 

ratifikatsiya qildilar va 1922 yil 30 dekabrdagi SSSRni   tuzish   to’g’risidagi   

shartnomani   bekor   etdilar.  



 

362


Qozog’iston,   O’zbekiston,   Qirg’iziston,   Tojikiston   va Turkmaniston 

Prezidentlari MDҐga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar. 

1991 yil 21 dekabrda Rossiya (B.Eltsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus 

(S.Shushkevich), Qozog’iston (N.Nazarboev), O’zbekiston (I.Karimov), 

Qirg’iziston (A.Akaev), Tojikiston (R.Nabiev), Turkmaniston (S.Niyazov), 

Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan),  Moldaviya (M.Snegur) 

davlat boshliqlarining kengashi bo’ldi. O’sha kuni 11 davlat boshliqlari 

Belovejskoe Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, "Teng huquqli 

va ahdlashayotgan oliy tomonlar" maqomida MDҐ muassisi bo’ldilar. 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   360   361   362   363   364   365   366   367   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling