£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
XOTIMA
Aziz talaba, Siz mazkur darslikni qo’lga olib, uni mutolaa qilib, dono xalqimizning necha ming yilliklar bilan bo’ylasha oladigan, o’ziga xos betakror tarixi, betimsol osori atiqalari, yuksak ma’naviy qadriyatlari bilan tanishib chiqdingiz. Shubhasizki, buning natijasida tarixiy xotirangiz, tasavvur olamingiz yanada boyidi, aqlu zehningiz, shuuringiz tag’inda charxlandi. Eng muhimi, Siz ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan noyob bisotlar, tarixiy merosni o’rganish barobarida o’zligingizni tanish, kimlarning qonuniy vorislari, davomchilari ekanligingizni yana bir bor anglab etishga musharraf bo’ldingiz.
Shu o’rinda muhtaram Yurtboshimizning «Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin emas», degan donishmandona so’zlari beixtiyor yodga keladi. Ha, haqqoniy tarix tom ma’noda bilimlar manbai, ma’naviyat negizi, qolaversa, chinakam tarbiya maktabidir.
Ne baxtki, milliy mutaqillikka erishganimiz tufayli ona tariximiz to’g’risidagi chin haqiqat yuzaga chiqdi, uning qiyofasini to’sib kelgan g’uborlar, «oq» va «qora» dog’lar butkul supirib tashlandi. Buning orqasida katta tarix yaratgan xalqimizning yuksak dahosi, ne-ne buyuk ajdodlarimizning yorqin siymosi, ularning mangulikka daxldor o’lmas merosi yangidan to’la kuch bilan namoyon bo’ldi.
Qo’lingizdagi ushbu darslik ham milliy istiqlol sharofati bilan tug’ilgan bebaho imkoniyatdan foydalanib, Vatan tarixiga yangicha tamoyillar nuqtai nazaridan yondashilib, asrlar silsilasini xolis, haqqoniy va ilmiy asosda o’rganilib yaratilgandir. Siz uning sahifalarini qunt bilan o’rganib, bu azim yurt bag’rida uzoq davrlar davomida yuz bergan xilma-xil tarixiy jarayonlarni, voqea, hodisalarni ko’z o’ngingizdan birma-bir o’tkazdingiz hamda ularning nechog’lik murakkab, ziddiyatli kechganligiga guvoh bo’ldingiz. Ayni chog’da ne-ne ulug’ tarixiy siymolarimizning o’z kindik qonlari to’kilgan shu muqaddas yurt uchun, uning erki, ozodligi, hurligi va mustaqilligi uchun fidoyilik bilan kurashganligiga, o’z ongli hayoti, faoliyatini shu oliyjanob maqsadlarga baxshida etganligiga amin bo’ldingiz. Boshqa bir o’rinda esa buyuk bobokalonlarimizning boy ilmiy, madaniy meros yaratib, yurt dovrug’ini dunyoga ma’lumu mashhur etganligini anglab, o’zingizda faxru iftixor tuyg’usini his qildingiz.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov Amir Temur siymosi haqida to’xtalib «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g’ururimiz», deb bejiz aytmaganligining boisi ham mana shundan.
Xullas, o’z tarixini puxta bilish, undan yaxshi xabardor bo’lish, navqiron avlodimizning Sizdek namoyandalari uchun bamisoli suv bilan havodek zarurdir. Negaki, u Sizni shu muborak Vatanni farzand yanglig’ sevish, uning har bir siqim tuprog’ini ko’zga to’tiyo etish, ona yurt xizmatiga kamarbasta bo’lish, uning sarhadlarini har qanday yovuz kuchlardan, g’animlardan himoyalash, kerak bo’lsa aziz jonni ham fido qilishga chorlaydi. Bunda ulug’ ajdodlarimizning ibrati, jasorati Sizga ruhiy madadkor bo’ladi.
Bizu siz Vatanimiz tarixini chuqur, asosli o’rganish orqaligina milliy istiqloldek bebaho ne’matning qadrini yanada teran tushunamiz. Va, u bizning qo’limizga osonlik bilan kelmaganligiga, unga erishish yo’li og’ir, mashaqqatli kechganligiga, bu borada mislsiz qurbonlar berilganligiga jonli guvoh bo’lamiz. Binobarin, istiqlol ne’matini
391
avaylab asrash, uni non kabi, jon kabi ulug’lash, bugina emas, uni mustahkamlash va kuchaytirish borasida doimiy sa’y-harakatlarda bo’lishlik har birimizning jonajon ishimiz, fuqarolik burchimiz bo’lmog’i ayni muddaodir. Siz, minnatdor o’g’il-qizlarimiz, buni hamisha yodingizda tutmog’ingiz kerak bo’ladi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling