1994 yil 30 aprel
Markaziy Osiyo Iqtisodiy Hamjamiyati tashkiloti tashkil topdi.
1994 yil 5 may
«O’zbekiston Qahramoni» unvoni, «Mustaqillik» ordeni ta’sis
etildi.
1994 yil 1 iyul
O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi-so’m (1so’m kursi
1000 so’m- kuponga tenglashtirilgan holda) muomalaga
kiritildi.
1994 yil iyul
O’zbekiston NATO ning «Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturiga
qo’shildi.
1994 yil 1 sentyabr
GFR poytaxti Bonnda O’zbekistonning Evropada birinchi
elchixonasi ochildi.
1994 yil oktyabr
Mirzo Ulug’bek tavaludining 600 yilligi jahon miqyosida
nishonlandi.
1994 yil 25 dekabr
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi bor saylovlar
bo’lib o’tdi.
1995 yil 18 fevral
«Adolat» sotsial demokratik partiyasi tuzildi.
1995 yil
23-24 fevral
Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. E. H. Xalilov Oliy Majlis Raisi etib
saylandi.
1995 yil 23 fevral
Inson huquqlari bo’yicha Oliy Majlis vakili (Ombudsman) instituti
ta’sis e’tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |