£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


«O’zbek» atamasi va uning keng yoyilishi


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

«O’zbek» atamasi va uning keng yoyilishi 

 

O’zbek xalqi etnik tarkibining  evolyutsion o’sish jarayoni XV asr oxiri va XVI 



asrda yana muhim o’zgarishlarga duch keldi. Bu jarayon mamlakatda hokimiyatning 

Temuriylar sulolasidan Shayboniylar sulolasiga o’tishi bilan bog’liq holda kechdi. 

Movarounnahr va Xurosonda hokimiyatni shayboniylar sulolasi egallagach, bu 

hududlarga Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy xalqlar, keyinchalik o’zlariga o’zbek 

degan nomni qabul qilgan urug’-qabilalar kirib keldilar. Ba’zi manbalarda 92, boshqa bir 

manbalarda 96 ta deb tilga olinuvchi bu ko’p sonli urug’ va qabilalarning kirib kelishi, er-

suv  va mulk olib, o’troq hayot kechirishga o’tishi, mamlakatni boshqarish jilovi 

markazda va joylarda shu sulola vakillari qo’lida to’planishi o’z navbatida o’lka hayotida 

keskin o’zgarishlarning yuz berishiga olib keldi. Bu hol ayni paytda etnik jarayonlar 

borasida ham aks etmay qolmadi.  

Qadim-qadimdan turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki shu 

bilan birga keng sharqiy va shimoliy jug’rofiy hududlarda, jumladan Dashti Qipchoqda 

ham uzoq yillar davomida istiqomat qilib kelganlar. Dashti Qipchoq deb atalgan, 

Sirdaryoning quyi havzasi va Orol dengizidan shimol sari cho’zilgan hamda hozirgi Ural 

va G’arbiy Sibir orolig’idagi keng dashtli erlarni ishg’ol etgan hududlarda turkiy 

qavmlarga mansub urug’ qabilalar olis asrlardan buyon yashab kelganlar. Akademik 

B.Ahmedovning yozishicha, «Hozirgi o’zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar va boshqa 

xalqlarning ajdodlari shu xalqlar hozir yashayotgan erlarda qadim zamonlarda ham 

yashaganlar, lekin o’zbeklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar deb atalmaganlar. Tarixiy, adabiy 

manbalarda  Dashti Qipchoqning sharqiy qismida qadim zamonlardan beri turk qabilalari 

yashaganligi haqida anchagina ma’lumotlar mavjud. Bu erlarni XIII asr boshida zabt 

etgan mo’g’ullar bo’lsa, Dashti Qipchoqning turk qabilalari orasida tez orada singib 

ketganlar va hatto o’z milliyligini  yo’qotganlar»

1

  



Bu fikru qarashlardan kelib chiqadigan qat’iy xulosa shuki, XVI asr boshlarida 

Vatanimiz sarhadlarida ro’y bergan etnik o’zgarishlar, tariximiz kechmishini qiyshiq 

oynada ko’rmoqchi bo’lgan ba’zi muxoliflarimiz da’vo qilganlaridek, ajnabiy xalqlaru 

elatlar bosqini orqasida yuz bermagan. Shuningdek, bu jarayonlar majburiy, zo’rlik 

asosida ham kechmagan. Buning aksi o’laroq, bu o’zgarishlar uzun o’q tomirlari bir 

bo’lgan, bir-birlari bilan qon-qardoshlik rishtalari ila bog’langan, azaldan turli aloqalarda 

bo’lib kelgan turkiy xalqlarning asta-sekin o’zaro qo’shilishi, birikishi davomida yuz 

bergan. To’g’ri, Dashti Qipchoqda yashovchi o’zbek urug’, qabilalari bilan 

Movarounnahr va Xuroson xalqi o’rtasida turli ob’ektiv va sub’ektiv omillar orqasida 

hamma vaqt ham doimiy aloqalar, bordi-keldilar bo’lmagan, ularni katta masofadagi 

bo’sh,  sahroli hududlar ajratib turgan. Shu bois ularning turmush tarzi, mashg’ulot turlari, 

kasb-korlari, urf-odatlari, udumlari boshqacha ko’rinishda bo’lganligi tabiiydir. Buning 

ustiga Dashti Qipchoq aholisining aksariyat qismi keng yaylovlarda chorvachilik, 

yilqichilik  xo’jaligi bilan mashg’ul bo’lgan. Buning aksicha, Movarounnahr aholisi uzoq 

                               

1

 Qarang: B.Ahmedov. O’zbek ulusi, T.Meros, 1992, 13-bet. 




 

71

asrlar davomida o’troq hayotga o’rganib, ona zamin hayotida muqim yashab kelgan. Ular 



azaldan mirishkor bobodehqonlar, mohir hunarmandlar, ustamon savdogarlar sifatida 

nom qozonganlar. Ularning sa’y-harakatlari, mehnati, zahmati bilan yurt obod etilib, bir-

biridan ko’rkam, gavjum shaharlar bunyod topib, dovrug’ topgan.  


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling