£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillik davrida O’zbekistonda milliy totuvlikning ta’minlanishi
orqali bilamiz, tarixining tag-tomirigacha nazar tashlaymiz»
1 , deb aytgan so’zlari alohida ahamiyat kasb etadi. «O’zbek» atamasi va uning kelib chiqishi, yoyilishi to’g’risida fikr yuritganda, bu masalaning yana bir qator muhim jihatlariga e’tibor qaratish kerak bo’ladi. Negaki, bu ham o’sha xalqning ma’lum ma’noda o’ziga xos xususiyatlarini, tabiati, mazmuni, mohiyatini tushunishda asqotadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «O’zbek» atamasining kelib chiqishi, uni xalqimizga nisbat berilishi xususida ham tariximizda turlicha qarashlar va yondashuvlar mavjuddir. Zero, ularni ko’zdan kechirish, turli nuqtai nazarlarni taqqoslash va aniqlashtirish orqali ham xalqimiz tarixiga oid ko’p narsalarni oydinlashtirish, o’z tarixiy xotiramizni yanada boyitib borishimiz mumkin bo’ladi. Ma’lum bo’lishicha, «O’zbek» iborasi XIII-XIV asrlarda yashab o’tgan o’sha davrning mashhur tarixchilari Juvayniy va Rashididin asarlarida ham uchraydi. Mashhur bobokalonimiz, buyuk alloma va davlat arbobi Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» asarida ham «O’zbekiya», «O’zbeklar mamlakati» degan jumlalarga ko’zimiz tushadi. Bunda, bizning nazarimizda, Dashti Qipchoqda yashagan urug’, qabilalar yashagan joy, hudud nomlari ko’zda tutilgan bo’lsa kerak. Ba’zi manbalarda esa o’zbek nomi Oltin O’rda xonlaridan biri O’zbekxon (1312- 1340) nomidan olinganligiga ishora qilinadi. Rus olimlaridan A.Yakubovskiy,
1 I.A.Karimov. Asarlar, 7-tom, 143-bet. 1 I.A.Karimov, Asarlar, 7-tom, 144-bet. 73 N.Aristov,I.Ivanovlar ham shunday qarashga moyillik ko’rsatadilar. Venger olimi Xerman Vamberi esa yanada qiziqroq ma’lumotni ilgari suradi: «O’zbek» so’zining tub ma’nosi – «o’z-o’ziga bek, xo’jayin, mustaqil». Nima bo’lganda ham «O’zbek» atamasini dastlab Dashti Qipchoqda yashovchi turkiy qabilalar qabul qilgan nom bo’lib, bu qavm, elatlarning yurtimizga o’rnashishi, tubjoy aholi odamlari bilan taqdiran qo’shilishi jarayonida «O’zbek» atamasi Turkistonda yashagan aholining umumiy nomiga aylanadi.
4. Mustaqillik davrida O’zbekistonda milliy totuvlikning ta’minlanishi O’zbekiston milliy istiqlolining qo’lga kiritilishi o’zbek xalqining tarixiy taqdirida tub burilish yasash barobarida, uning tom ma’nodagi emin-erkinligi, ozodligi va mustaqilligini ta’minlab, ijtimoiy taraqqiyotning keng, istiqbolli yo’llariga olib chiqdi. Xalqimiz o’zgalarga tobelik va qaramlik asoratidan butunlay xalos bo’lib, o’zligini tanib, qaddini tiklab jahon hamjamiyati tomon yuz tutdi. Uning tomonidan ko’p asrlar davomida yaratilgan bebaho ma’naviy qadriyatlar, asori atiqalar, moddiy va ma’naviy boyliklar barcha-barchasi yurt fuqarolarining umumiy mulkiga aylandi. Mustaqillik ayni paytda milliy munosabatlarga ham bevosita daxl etib, bu sohadagi muammolar echimini muvaffaqiyatli hal etish yo’llarini belgilab berdi. O’zbekiston ko’p millatli mamlakat bo’lganligi bois ham milliy masalani to’g’ri, oqilona hal etish uning demokratik rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Buning ustiga respublikada ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligi, fuqarolar totuvligi, bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlarining maromi ko’p jihatdan milatlararo munosabatlarni to’g’ri tashkil etish, ularni aniq maqsadlar sari yo’naltirishga bog’liqdir. Mustaqil O’zbekiston hozirgi murakkab o’tish davrining barcha qiyinchiliklarini asta-sekin bartaraf etib, ilgarilab borar ekan, bunda sobiq sovetlar tuzumidan meros bo’lib qolgan milliy munosabatlar masalasidagi ko’plab ziddiyatli, muammoli masalalarni hal etish yo’lidan bormoqda. Ma’lumki, mustabid sovet hokimiyatining milliy siyosati shu darajada bir yoqlama yo’nalishda olib borilganki, millatlarning o’ziga xoslik, milliylik jihatlari muttasil inkor etilib kelingan. Xususan, o’zbek xalqining ko’p asrli asl ma’naviy qadriyatlari, islomiy diniy e’tiqodi, milliy udumlari, an’analari, marosimlarining cheklanib, tahqirlanib kelinganligi, ko’hna boy tarixi soxtalashtirilib, buzib talqin etilganligi, milliy tilining doimiy kamsitilganligi va shu singari salbiy holatlar buning yaqqol ifodasidir. Xususan, 1924 yilda O’rta Osiyoda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi va buning orqasida yagona Turkiston hududining bo’lib tashlanishi, bu erda asrlar davomida birga yashab kelgan qon-qardosh xalqlarning bir-biridan ajratilishi hamda ular orasiga sun’iy to’siqlar tortilishi - bular sovetlar yuritgan shovinistik siyosatning klassik namunasi edi. Binobarin, 1924 yilda tashkil topgan O’zbekiston respublikasi qariyb 70 yil davomida hukmron Markazga qo’l-oyog’i bilan bog’lanib, uning izmida yashab keldi. Ittifoqdosh respublikalar milliy manfatlarining muttasil inkor etilishi, ularning suveren haq-huquqlarining poymol qilinishi, ularga taalluqli hamma narsaga ittifoq davlatining hukumronligi oxir-oqibatda bu qizil saltanatni tarixning kutilmagan sinov- sinoatlariga duchor etdi. SSSR hayotining so’ngi kezlarida uning turli milliy hududlarida, 74 jumladan, Boltiqbo’yi, Gruziya, Ozarbayjon, Qorabog’, Qozog’iston, O’zbekiston singari joylarda voqe bo’lgan qator yirik mojarolar, qon to’kishlar ko’p jihatdan milliy-etnik ziddiyatlarning kuchayib borishi negizida yuz berganligi tasodifiy emasdir. O’tgan asrning 80-yillar oxiri-90 yillari boshida sodir etilgan Farg’ona, O’sh qonli voqealari, ularning mudhish oqibatlari ham ayni shu noto’g’ri, bir yoqlama yuritilgan siyosat natijasi bo’lgan edi. Bular pirovardida SSSR qudratini tanazzulga yuz tuttirgan, uni parchalanishga olib kelgan asosiy sabablardan biri bo’lgan. Binobarin, O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, millatlar o’rtasida totuvlikni mustahkamlash, barcha millat va elat vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratish yo’lidan bormoqda. Milliy istiqlol arafasida (1989 yil 21 oktyabrda) O’zbekiston yangi rahbari tashabbusi bilan o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va shundan e’tiboran uning iste’mol doirasining kengayishiga keng ufqlar ochilishi respublikamiz hayotida chinakam favqulodda ahamiyatga molik voqea bo’ldi. Yurt mustaqilligining qo’lga kiritilishi esa ona tilimiz mavqei va nufuzini yuksakka ko’tarib, uni jahon xalqlarining erkin milliy tillari qatoridan munosib o’rin egallashini ta’minladi. Ayni chog’da milliy tariximiz va u bilan uzviy bog’liq teran ma’naviy sarchashmalarimizning yuzaga chiqishi, tarixiy haqiqatning qaror topishi, o’zlikning anglanishi o’z navbatida o’zbek xalqining millat sifatidagi muhim, o’ziga xos xususiyatlarini chuqur o’rganish, uning ertangi porloq istiqbolini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlaboq respublikada istiqomat qiluvchi barcha millat va elat kishilarining milliy tili, madaniyati, adabiyoti, sa’nati, urf-odatlari, rasm-rusmlari, an’analarini avaylab saqlash, ularni jonlantirish va yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Mazkur elat va xalqlarning hayotiy masalalarini amalda hal etish va bu ishlarni yuksak darajada tashkillashtirish uchun milliy madaniyat markazlari tuzilib, faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirda yurtimizda yuzdan ziyod shunday markazlar mavjud bo’lib, ular bu borada to’laqonli ish yuritmoqdalar. Milliy madaniyat markazlar va ularga uyushgan madaniyat, adabiyot sa’nat va ilm-fan namoyandalari, faollar ishtirokida o’sha xalq va elatga xos milliy udumlar, marosimu bayramlar, qiziqarli mavzularga bag’ishlangan kechalar, uchrashuvlar, turli xil anjumanlar muntazam, an’anaviy tarzda o’tkazilib borilyapti. Bu esa shu xalq, elat odamlari hayotining jamiyatda to’la mazmunli kechishigagina samarali ta’sir ko’rsatib qolmay, ayni zamonda ularning ijtimoiy-siyosiy faoliyatining oshishiga, ma’naviy- madaniy hayot ne’matlaridan to’la bahramand bo’lishiga ham muhim omil bo’lib hizmat qilmoqda. Shuningdek, mavjud milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning ibratga loyiq ish tajribalarini to’plash, umumlashtirish maqsadida Toshkentda Respublika Baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilgan. Uning faoliyati ham respublikada yashovchi barcha xalqlar, elatlarning o’zaro do’stlik, qardoshlik aloqalarini bundan buyon ham jipslashtirib, ularning madaniy va ma’naviy hayotini yaxshilash, takomillashtirib borish, O’zbekiston diyorining gullab-yashnashi va ravnaqiga munosib hissa qo’shishga yo’naltirilgan.
Hozirda respublikamizning ko’pgina maktablarida va boshqa ta’lim tizimlarida o’qishlar rus, qozoq, tojik, qirg’iz, qoraqalpoq va boshqa tillarda tashkil etilgan. Ular uchun har yili etarli miqdorda o’quv darsliklari, qo’llanmalar nashr etilib, o’quvchilarga 75 etkazib berilmoqda. Shuningdek, rus, tojik, qoraqalpoq va boshqa tillarda vaqtli matbuot nashrlari chop etilmoqda. Turli tillarda radio, televidenie eshitirishlari va ko’rsatuvlari muntazam namoyish etib borilmoqda. O’zbek xalqining o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi, demokratik xuquqiy davlat asoslarining yaratilishi, xalqimizning ijtimoiy hayotning barcha sohalarida o’zini to’la-to’kis namoyon etayotganligi, ko’p asrlik boy tarixi tilga kirganligi, milliy tilining yuksak mavqega ko’tarilgani, betakror ma’naviyati, buyuk ijodkorlik salohiyati e’tirof topgani – bular uning to’la ma’noda millat sifatida shakllanib, yuksalib borayotganligiga asosli dalolatdir. Zero, mana shu muhim hollarni ko’zda tutgan holda Yurtboshimiz ham «millatimiz hozir shakllanyabdi», deb bejiz ta’kidlab o’tmagan.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling