£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

O’RTA ASRLAR DAVRI 

 

IV BOB. EFTALIYLAR, TURK XOQONLIGI, ARABLAR  

 HUKMRONLIGI DAVRIDA O’RTA OSIYO

 

 

Tayanch so’z va iboralar: Kidariylar. Eftaliylar. Erga egalik qilish 

munosabatlari. Dehqon. Kadivarlar. Kashovarzlar. Mazdakchilik. Turk 

xoqonligi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Madaniy hayot. Arab xalifaligi. 

Arablar istilosi. Soliq siyosati. Xalq qo’zg’olonlari. Muqanna. Islomning 

yoyilishi. 

  

 

1.  Eftaliylar davlatining vujudga kelishi. Eftaliylar davrida ijtimoiy-



iqtisodiy va madaniy hayot 

 

Kidariylar.  V asrning 20-yillarida O’rta osiyoga Sharqdan Sirdaryo va orol 

bo’ylari orqali yana bir ko’chmanchi aholi – kidariylar ( yuechji yoki 

toxarlarning avlodi) kirib keladi. Kidar ismli hukmdor yo’lboshchilik qilgani 

uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Kidariylar Sug’diyonani, 

Amudaryo bo’ylaridagi erlarni egallab, o’z hukmronligini o’rnatadilar. Kidariylar 

Balx shahrini o’z davlatining poytaxtiga aylantiradilar. Biroq kidariylar 

hukmronligi uzoq davom etmadi. Kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyatlar 

kuchayib, ular o’rtasida bir necha marta qurolli to’qnashuvlar bo’lib bo’ladi. 456 

yilda bo’lgan navbatdagi jangda kidariylar sosoniylardan qaqshatg’ich zarbaga 

uchradilar. Ayni payda shimoldan janubga siljib kelayotgan eftaliylar bosimiga 

uchrab, shimoliy Hindiston tomon chekinishga majbur bo’ldilar. Kidariylar u 

erda 75 yilcha hukmronlik qiladilar.   



Eftaliylar. Ularning etnik tarkibi, davlat  tashkil etishlari xususida tarixiy 

manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Martselin 

(IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari 

Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI 

asr) bergan ma’lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, eftaliylar Xitoy 

manbalarida «i-da», «ye-da», armanlarda «idal», «tetal», xeptal, arablarda 

«haytal», Suriya va lotin manbalarida «eptalit», «eftalat», «abdal» deb 

nomlanadi. Bunday turlicha atamalar har bir til va yozuvning o’ziga xos 

xususiyatlari ifodasidir, albatta. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati 

eftaliylarni turkiy qabila-massagetlarning so’nggi bo’g’inidan kelib chiqqan deb 

fikr bildiradilar. F.Vizantiyskiy eftallar nomini V asrning ikkinchi yarmida 

podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog’laydi. Biroq nima 

bo’lganda ham shu narsa haqiqatki, eftaliylar Turkiston mintaqasida ko’pdan 

buyon yashab kelgan tub joy, erli qavmlardandir.  

 Eftaliylar 

hukmdori 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling