Chag’ribek va Shakarbeklar o’z davrlarida saljuqiylar shuhratini yuksakka
ko’tardilar.
Saljuqiylar sulolasi
namoyalari
¾ Saljuqbek
¾ Tug’rilbek (1038-1063)
¾ Alp-Arslon (1063-1072)
¾ Malikshoh (1072-1092)
¾ Sulton Sanjar (1118-1157)
Hozirgi Turkiya turklari, Iroq, Eronda yashovchi turkmanlar, shuningdek,
gagauzlar, ozarbayjon xalqlarining shakllanishida saljuqiy turklarning roli va
ta’siri alohidadir.
Somoniylar hukmronligi davrida ularning ruxsati bilan saljuqiy qabilalar
Zarafshon vohasiga, Nurotaning tog’li erlariga kelib o’rnashib, chorvachilik bilan
shug’ullanganlar. Keyinroq Movarounnahr hududlari qoraxoniylar sulolasi
tomonidan egallanib, ularning chorvador xo’jaliklari bu erlarni band etgach,
saljuqiylarning yashash sharoitlari mushkullashadi. Shu bois ular g’arbga tomon
siljishga majbur bo’ladilar. XI asrning 20-30 yillariga kelib saljuqiy urug’-
qabilalarning hozirgi turkman erlari orqali G’aznaviylar tasarrufidagi Xuroson
o’lkasiga kirib borishi faollashadi. 1038 yilda Saraxsda, 1040 yilda
Dandanakanda bo’lib o’tgan hal qiluvchi urushlar davomida Saljuqiylar
G’aznaviylarni engib, butun Xuroson erlarini egallab, o’z davlati markazini shu
hududga ko’chiradilar. Shu tariqa, Nishopur shahri Saljuqiylar poytaxtiga
aylanadi. Saljuqiylar hukmdori Tug’rulbek egallangan Movarounnahr va
Xuroson hududlarini o’z avlodlari - Chag’rilbek va Dovudbeklar tasarrufida
qoldirib, o’zi g’arbga tomon harbiy yurishlarini davom ettiradi. Tug’rulbekning
Do'stlaringiz bilan baham: |