Buniyodov Z. Anushtegin Xorazmshohlar davlati. T., «G’ofur G’ulom» nashr, 1998, 124-bet.
108
ul-umaro, Malik (10 ming qo’shin boshlig’i),
Chovush (chopar),
Josus
(razvedkachi), Askar qozisi kabi mansablar ham mavjud bo’lgan.
Takash va Muhammad Xorazmshohlarning katta qo’shin tuzib boshqa
mamlakatlar, ellarni bosib olish, ularni o’z tasarruflariga kiritish borasida olib
borgan ko’p yillik istilochilik yurishlari, bir tomondan, Xorazmshohlar saltanati
shuhratini oshirib, uning hududlarini benihoya kengaytirishga olib kelgan bo’lsa,
ikkinchi tomondan esa, bu hol pirovard oqibatda bu davlatning chuqur ichki
tushkunlikka, tanazzullikka yo’liqishiga ham sabab bo’ldi.
Jumladan, Takash o’zining XII asrning 80-90 yillardagi istilochilik
yurishlari davomida Saraxs, Nishopur, Rey, Marv kabi muhim shaharlarni
ishg’ol etgan.
Takash vafotidan so’ng davlat hukmdori bo’lgan Alouddin Muhammad
Xorazmshoh davrida ham mamlakat hududlari kengayishda davom etadi. Bu
vaqtga kelib Xorazmshohlar davlati hududlari g’arbiy-janubga qarab Xormuz,
Fors qo’ltig’i, Iroq erlariga qadar yoyiladi. Uning tarkibiga 400 dan ziyod
shaharlar kirardi. Xorazmshoh Bag’dod xalifaligini qo’lga kiritish uchun ham
intilgan. Bu esa butun musulmon olamining unga nisbatan qahru-g’azabiga sabab
bo’lgan.
Muhammad Xorazmshoh 1211 yilda qoraxitoylarni uzil-kesil quvib,
Xorazm dovrug’ini ko’targanidan so’ng, u o’ziga ortiqcha bino qo’yib, o’zini
Do'stlaringiz bilan baham: