Xorazmshohlar
(Anushtaginlar)
sulolasi
¾ Anushtagin (1077-1097)
¾ Qutbiddin Muhammad (1097-1127)
¾ Jaloliddin Otsiz (1127-1156)
¾ Alp-Arslon (1156-1172)
¾ Alouddin Takash (1172-1200)
¾ Muhammad Xorazmshoh (1200-1221)
¾ Jaloliddin Manguberdi (1221-1231)
Xususan saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh (1071-1092) davrida katta
obro’ - martabaga erishgan harbiy lashkarboshi Alpteginning Xorazm
hukmdori etib tayinlanishi (1077-1097) hamda ko’p o’tmay uning Xorazmshoh
unvoniga sazovar bo’lishi – bu Xorazmning mustaqillikka erishishida jiddiy
qadam bo’lgan edi. 1097 yilda uning o’rniga Xorazm taxtiga o’tirgan va
Xorazmshoh unvoni sohibi Qutbiddin Muhammad o’lka mustaqilligini
ta’minlashda muhim rol o’ynagan. Qutbiddin Muhammad ham Saljuqiylar
hukmronligini tan olgan holda Xorazmni idora qildi. Biroq shunga qaramay
o’lkaning har tomonlama rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi
uchun ham muhim imkoniyatlar topa bildi.
Xorazm mustaqilligini ta’minlash, uning sarhadlarini kengaytirishda
Qutbiddin Muhammadning o’g’li Jaloliddin Otsiz (1127-1156)ning roli
alohidadir. Negaki, u Qoraxoniylar kuchsizligidan va Saljuqiylar zaifligidan
foydalanib, o’z davlati qudratini yuksaltira bordi. Uning 1141 yilda oltin tangalar
zarb ettirib muomalaga chiqarishi ham Xorazm mustaqilligining muhim belgisi
bo’lgan.
U Qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming dirxam miqdorda
to’lov to’lash sharti bilan amalda o’z davlatining ichki mustaqilligini ta’minlaydi.
Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi, hududlarining benihoya
kengayib borishida Alovuddin Takashning o’rni va roli katta bo’lgan. Uning
107
hukmronlik davrida (1172-1200) Xorazm vohasida katta ijobiy o’zgarishlar yuz
berdi. Yangidan qad rostlagan o’nlab shaharlarning obodonlashuvidan tashqari
ularning savdo-sotiq, hunarmandchilik, karvon savdosi bobidagi dovrug’i yanada
ortdi, qishloq xo’jaligi, ziroatchilik tarmoqlari rivojlandi, ko’plab kanallar, suv
inshootlari barpo etildi. Bunday ijobiy jarayonlar Alouddin Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |