Musavvirlik san’atining tengi yo’q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-1537)
ijodi ham Temuriylar davri san’atining yuqori cho’qqisi hisoblanadi. Uning
mo’yqalamiga oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma»,
Jomiyning «Salomon va Ibsol», Sa’diyning «Bo’ston» va «Guliston», Nizomiyning
«Xamsa» asarlariga ishlangan miniatyura namunalari yohud Hirotdagi «Bog’i Behisht»,
«Ov qilayotgan Bahrom Go’r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o’xshash
rassomchilik asarlari bu tug’ma ijodkor iste’dodining yuksak mahorati namunalaridir.
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san’ati ham alohida o’rin tutgan.
Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo’shiqchiligining sakkiz turi
rivojlanganligini qayd etadi. Bular - tuyuq, changchi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma,
mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida san’at va musiqa olamida mashhur
bo’lgan siymolardan biri Abduqodir Go’yanda (1334-1435) bo’lib, uning hayotining katta
qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san’atida Hirot ijodiy muhitining
o’rni benihoya katta bo’lgan. Hirot musiqashunoslari o’z ijodlarida Navoiyning she’r va
g’azallaridan keng ijodiy foydalanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |