turkiy (eski o’zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Negaki,
sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada
147
sayqal topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib,
yuksak rivojlanishga
erishdi. Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod maydoniga kirib kelib,
o’z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo’shdilar.
O’zbek mumtoz adabiyotining tamal toshini qo’ygan Mavlano Lutfiy (1366-1465)
dan boshlab Haydar Xorazmiy (XIV asr oxiri, XV asr boshlari), uning zamondoshlari
Durbek, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy singari zabardast turkigo’y shoirlar ijodining ravnaqi
tufayli mumtoz adabiyotimiz yangi marralarga ko’tarildi va uning xilma-xil janrlarida bir-
biridan go’zal, nafis va baquvvat badiiy asarlar yaratildi.
Lutfiyning «Gul va Navro’z», Xorazmiyning «Mahzunul asror» («Sirlar
xazinasi»), Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari yohud Gadoiy va Atoiylarning ishq-
muhabbat, hayot nash’u namosini, inson shaxsi va uning yuksak orzu-armonlari,
intilishlarini kuylagan otashnafas she’r-g’azallari, qasidalari - bular mumtoz o’zbek
adabiyoti rivojining muhim yutug’idir. Mazkur asarlarda o’zbek tilining jarangdorligi,
uning badiiy imkoniyatlarining benihoyaligi, qolaversa, uning halqchilligi, yuksak estetik
qudrati va ta’sirchanligi to’la kuch bilan ifodalanganligi ko’zga tashlanib turadi.
O’zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko’tarilib, keng e’tirof topishida
ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o’rin tutadi.
Negaki she’riyat mulkining sultoni Navoiy o’ziga qadar bo’lgan turkigo’y shoirlar ijodi
erishgan yutuqlarni o’zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni zamonda o’zining
serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug’ini ko’tarilishiga
mislsiz ulush qo’shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: