£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Alisher Navoiyning ijod gulshani
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Alisher Navoiyning ijod gulshani
Jami 51 ming misradan iborat 5 ta go’zal dostonni o’zida jam etgan mashhur «Hamsa» asari: ¾ «Hayratul Abror» ¾ «Farhod va Shirin» ¾ «Layli va Majnun» ¾ «Sabbai Sayyor» ¾ «Saddiy Iskandariy» ¾ 45 ming misradan iborat «Hazoinul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») asari ¾ «Muhokomatul lug’atayn» («Ikki til muhokomasi») ¾ «Majoisul ul-Nafois» («Nafis majlislar») ¾ «Mahbub ul-qulub» («Ko’ngillar mahbubi») ¾ «Me’zon ul-avzon» («Vaznlar o’lchovi») v.b. 12 ming misrani jam etgan, Foniy taxallusida bitilgan forsiy tildagi nafis badiiy asarlar: ¾ Mufradat ¾ Sittai zaruriya ¾ Fusumi arbaya
Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayrotul-abror», «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlarining har biri o’zining bebaho ma’naviy qudrati, badiiy yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi, o’zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g’oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir. Ulug’ mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks etgan, ilgari surilgan chin insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma’nodagi 148
ishq-muhabbat g’oyalari vujudimizni qamrab oladi, o’ziga maftun etadi. Bu ham Navoiy ijodining umrboqiyligidan, umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug’orilganligidan yaqqol dalolatdir. Shu bilan birlikda bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an’anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug’ini baland ko’targan, yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo’jandiy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho so’z san’atkorlari nomini alohida tilga olib o’tish joizdir. Ularning yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan o’tib, qanchalab avlodlar ongi, shuurini yolqinlantirib kelmoqda. Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida, ularning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko’tarilib borishi davomida o’chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo’ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa’y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson o’lkalari ulkan o’zgarishlarga yuz tutdi. Mo’g’ullarning bir yarim asrlik bosqini va zulm- asoratidan butunlay xalos bo’lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko’tarildi. Ayni chog’da u ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug’ taratdi. Ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksak namunalari, duru javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog’ida e’zozlanib kelmoqda.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling