Turkiston o’lka musulmonlar sho’rosi “Sho’roi Islomiya” tashkiloti tashabbusi bilan
1917 yil 16 aprelda Umumturkiston musulmonlarining I qurultoyi chaqirildi.
Qurultoy ancha vakolatli anjuman bo’lib, uning ishida Turkistonning ko’plab atoqli
kishilari qatnashadilar. Ular orasida M. Cho’qaev, M. Abdurashidxonov, M. Behbudiy,
U. Asadullaxo’jaev, Sh. Lapin, T. Norbo’tabekov, A. Z. Validiy, S. Yusupov, I.
Shoahmedov va boshqalar bor edi. Qurultoy kun tartibiga 16 ta masalaning
qo’yilishining o’zi ham uning katta ahamiyatidan darak berardi. Qurultoyda
o’lkaning bo’lajak davlat qurilishiga alohida to’xtalinib, Turkistonga keng muxtoriyat
huquqini beradigan demokratik Rossiya federatsiyasi tuzilishi g’oyasi ilgari surildi.
Qurultoyda - Turkiston o’lka musulmonlari sho’rosini tuzish to’g’risida qaror qabul
qilindi. Turkiston o’lka musulmonlar Sho’rosining birinchi yig’ilishida uning markaziy
organi - Markaziy sho’ro tuzildi. Mustafo Cho’qaev Markaz raisi, Munavvar Qori rais
muovini, Ahmad Zakiy Validiy kotib, M. Behbudiy, U.Assadullaxo’jaev va boshqalar
a’zolar etib saylandilar. Markaziy sho’ro zimmasiga o’lkadagi barcha tarqoq, o’z holicha
ish yuritayotgan, nizom va dasturlariga ega bo’lmagan uyushma va tashkilotlarni
birlashtirish, faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklandi. Buni uddalashda Markaziy
sho’roning joylarda tashkil etilgan shu’ba (bo’lim)lari muhim rol o’ynadi. Jumladan,
Toshkent shu’basini M. Abdurashidxonov, Samarqand shu’basini M. Behbudiy, Farg’ona
shu’basini esa Nosirxon To’ra Kamolxon To’ra o’g’li boshqardi. Shu tariqa Turkistonda
Do'stlaringiz bilan baham: |