Butunrossiya Musulmonlari sho’rosi, uning Ijroiya Qo’mitasi ta’sis etildi. Ijroiya
Qo’mitaga o’lkamiz vakillaridan U.Asadullaxo’jaev va I. Shoahmedovlar a’zo etib
saylandilar.
Turkiston vakillari ishtirok etgan va 1917 yilning 21 - 31 iyul kunlari Qozon
shahrida bo’lib o’tgan Butunrossiya musulmonlarining II qurultoyi ham Rossiya
musulmon aholisining ozodlik va mustaqillik sari harakatlanish yo’lini aniqlashtirish va
muvofiqlashtirishda muhim qadam bo’ldi. Unda Turkiston,
Kavkaz va Qrimda davlat
boshqaruvini mehnatkashlarning o’zlari hal etishi, musulmonlar kurashini tashkil etish
uchun Butunrossiya Harbiy Sho’rosini ta’sis etish to’g’risida qarorlar qabul
qilindi.
1917 yilning 17-20 sentyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan
Do'stlaringiz bilan baham: |