£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Sopolli madaniyati odamlarning sug’orma dehqonchilikni 

o’zlashtirganini, o’troq dehqonchilik madaniyati barpo bo’lganligini isbotlab 

berdi. Kulolchilik rivojlanib, nafis idishlar kulolchilik charxida tayyorlangan. 

To’qimachilikda paxta va tabiiy ipakdan foydalanilgan. Shuningdek, metall bilan 

ishlash hunarmandchiligi ham rivojlanganligi aniqlandi. Sopolli madaniyati 

o’lkamizda shaharlarning vujudga kelishi uchun ilk zaminlar bronza davridayoq 

mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. 

1953-1961 yillarda M.E.Voronets boshliq arxeologlar guruhi Namangan 

viloyatining Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalagan buloq yoqasidan 

mil. av. 2 minginchi yillar oxiriga oid makonni topib o’rgandilar. Izlanish 

natijasida yana Dalvarzintepa, Qoraqo’rg’on, To’raqo’rg’on, Chimboy, 

Ashqoltepa va boshqa o’ndan ortiq yodgorliklar topib o’rganildi. Ularning 

barchasi  Chust madaniyati nomi bilan tarix faniga kirdi. Chust madaniyati 

odamlarning qishloq-qishloq bo’lib yashaganligidan dalolat beradi. 

Chust madaniyatiga mansub yodgorliklarda qo’lda yasalgan guldon, sopol 

tovoqlar, labi bukilgan turli shakldagi sopol idishlar, piyolalar, xurmosimon 

idishlar ko’p uchraydi, ularga qizil va qora ranglarda uchburchak, romb shakllari 

tushirilgan.  

Tadqiqotlar Chustliklarning asosiy mashg’uloti sug’orma dehqonchilik 

ekanligini  ko’rsatdi.Ketmon, tosh yorg’uchoq, xovoncha, o’roqsimon pichoq, 

bronza o’roqlaridan foydalanishgan.  

Topilgan ashyolar Chustliklar bug’doy, arpa, suli ekib dehqonchilik 

qilganini, erni ketmon bilan ishlaganini, daryolarni bo’g’ib sun’iy kanallar orqali 

dalalarga suv chiqarganini, uzunligi bir necha o’n chaqirimdan iborat kanal 

qurganligini ko’rsatadi. Shuningdek, ovchilik va baliqchilik ham qadimgi 

chustliklarning turmushida muhim o’rin egallagan. 

Chust madaniyatida metall bilan bog’liq hunarmandchilik yaxshi 

rivojlanganligini topilgan metall buyumlar ham yaqqol ko’rsatdi. Tosh qoliplarda 

oyna, o’roq, pichoq va bigizlar quyma holda yasalgan. Qazish vaqtida ot 

uzangilari va suvligi, bilaguzuk, xalqa, qarmoq, paykonlar,  suyak va toshdan 

yasalgan qurollar topilgan. Chustliklar hayotida to’qimachilik hunarmandchiligi 

ham ancha rivojlanganligi ma’lum bo’ldi. Buni yodgorliklardan topilgan 13 xil 

mato, urchuq toshlar, moki, suyak taroqlar va to’qimachilik dastgohlaridan bilsa 

bo’ladi. 

Shunday qilib, Chust madaniyati Farg’ona vodiysida qadimgi dehqonchilik 

madaniyati shakllanganligini ko’rsatuvchi misol bo’lib xizmat qiladi. 

Chustliklarning olovga e’tiqod qilganliklari ularda diniy tasavvurlarning 

shakllanganligini ko’rsatadi. 

Bronza davriga oid manzilgohlar hozirgi Xorazm va Qoraqalpog’iston 

hududlaridan ham topilib o’rganilgan. Amudaryo etaklaridagi Tozabog’yob 

kanali yaqinidan topilgan Tozabog’yob madaniyati, Amirobod kanali 

etaklaridan topilib o’rganilgan Amirobod madaniyati shular jumlasiga kiradi. 

Bu manzilgohlarda yashagan odamlar o’troq holda urug’ jamoa bo’lib 




 

32

yashaganligi, sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganligi 



aniqlandi. 

Mamlakatimizning shimolidagi cho’l va dasht joylarida chorvador urug’ 

jamoalari va qabilalar yashagan. Ularda chorvachilik xo’jalikning asosiy 

tarmog’i bo’lgan. Otliq cho’ponlar qoramol, qo’y, echkilardan iborat podalarni 

uzoq joydagi yaylovlarga haydab borganlar. Chorvadorlar yil fasllariga mos 

joylarga ko’chib yurganlar, novdadan to’qilgan uylar, ho’kizlar qo’shilgan 

g’ildirakli aravalardan foydalanib uzoq joylarga ham bora olganlar. Bu jarayon 

turli qabilalarning uchrashuvini, tanishuvini ta’minladi. Ular o’zaro 

fikrlashadigan, aloqa qiladigan bo’ldilar, bir-birini tushunish uchun umumiy 

so’zlar topdilar. Asta-sekin bir nechta qabilalardan o’zaro tushunarli tilda 

gaplashadigan odamlarning katta guruhi - elatlar shakllanadi. 

Bronza davri oxirlarida chorvador qabilalarning o’z podalarini haydab 

o’troq dehqon jamoalari yashaydigan vohalarga tinch yoki zo’rlik bilan kirib 

borganligi ham kuzatiladi. Natijada etnik jarayonlar kuchayib, shimol va janub 

qabilalarining dastlabki aralashuvi yuz berib, hozirgi zamon o’zbek va 

tojiklarning dastlabki etnik qatlami shakllana boshlaydi. 

Mil. av. bir minginchi yillarning boshlarida ajdodlarimiz temirdan mehnat 

qurollari, qurol-yaroqlar, bezakli buyumlar yasashni o’zlashtiradilar va 

mamlakatimizda temirdan foydalanish keng tarqaladi. Odamlar hayotida temir 

davri boshlanadi. 

Temirdan yasalgan omoch, ketmon, belkurak va boshqa mehnat qurollari 

ancha keng maydonlarni haydash, to’g’onlar qurish, kanal va ariqlar qazib suv 

chiqarish imkonini beradi. Bular dehqonchilikning yuksalishiga olib keladi. 

Temirning kashf etilishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog’onaga 

ko’tardi. Temirdan qattiq va o’tkir pichoqlar, o’roqlar yasalishi mehnat 

umumdorligini oshirishga yordam berdi. 

Temir davrida kulolchilik charxi, naqsh bilan bezatilgan sopol buyumlar 

keng tarqaldi. Temirchilik bosqoni, qo’l tegirmoni vujudga keldi, metallga ishlov 

berish rivojlandi. Xonadonlarda ip yigirish va matolar to’qish, kiyim tikish 

tobora kengayib bordi. 

Uy-joy qurilishi bir muncha yaxshilandi. 10-20 tadan xonasi bo’lgan katta 

maydonli uylar qurilishi bilan birga, g’ishtdan, sinchdan alohida bir oilaga 

mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi. Shu tariqa, odamlarning turmush tarzi 

ham o’zgarib bordi, yashash bir muncha yaxshilandi, odamlar umri uzaydi. Bular 

aholining ko’payishini ta’minladi. 

Shunday qilib, mamlakatimiz odam paydo bo’lgan ilk mintaqalardan 

biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab kelmoqdalar. 

Ular o’z taraqqiyotida ibtidoiy to’da, urug’ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yo’lni 

bosib o’tdilar. Yashash uchun kurashib, oddiy tosh qurollari yasashdan metallni 

kashf etishgacha, metalldan mehnat qurollari, uy-ro’zg’or va turli xil bezak 

buyumlari yasashgacha ko’tarildilar. Yalang’och holda yashashdan jun, paxta, 

pilla tolasidan kiyim tikib kiyishgacha, g’orlarda yashashdan uy-joy qurish, 



 

33

qishloq-qishloq bo’lib yashashgacha bo’lgan uzoq ijtimoiy rivojlanish davrini 



boshdan kechirdilar. Ibtidoiy to’daning o’sib urug’chilik  jamoasiga ko’tarilishi 

insoniyat taraqqiyotida sodir bo’lgan tub ijtimoiy o’zgarish bo’ldi. Odamlar bir-

birini taniydigan, muloqotda bo’ladigan, bir urug’ga, avvalo, ona urug’iga, 

keyinroq ota urug’iga uyushib, bir joyda, birgalikda mehnat qilib yashaydigan 

bo’ldi, mushkuli osonlashib bordi. Turmush tarzida termachilik va ovchilik 

o’rnini chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik egalladi. Mehnat unumliroq 

bo’lib bordi. Ajdodlarimiz tabiatdan tayyor narsalarni o’zlashtirish xo’jaligi 

o’rniga iste’mol qilinadigan maxsulotlarni o’zlari ishlab chiqaradigan xo’jalik 

yaratdilar. 

Ibtidoiy jamoa tuzumida jamoa a’zolari ishlab chiqarish vositalariga, uy-

joylarga, mehnat qurollariga birgalikda egalik qilgan, mehnat qilishda va mehnat 

mahsullaridan foydalanishda teng bo’lganlar. 

Sug’orma dehqonchilikning kashf etilishi natijasida o’troq dehqonchilik 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling