£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
II BOB. O’ZBEK DAVLATChILIGINING ShAKLLANIShI VA
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
II BOB. O’ZBEK DAVLATChILIGINING ShAKLLANIShI VA
TARAQQIYoT BOSQIChLARI. BUYuK IPAK YO’LI Tayanch so’z va iboralar: O’zbek davlatchiligi: shakllanishi, rivojlanishi. Qadimgi Xorazm. Baqtriya. So’g’diyona. «Avesto». To’maris. Shiroq. Spitamen. Ellinizm. Yunon-Baqtriya. Qang’a. Davan. Kushonlar. Xioniylar. Buyuk ipak yo’li.
Mustaqillik tufayli davlatchilik tariximiz tub burilish pallasiga kirdi. Davlatchilik sohasidagi bosh yo’limiz mustahkam demokratik huquqiy davlat barpo etishdan iborat. Bu o’rinda ajdodlarimizning davlat qurilishidagi tarixiy tajribalariga tayanilmoqda. Xo’sh, o’zbek davlatchiligi qachon paydo bo’lgan, qanday bosqichlarni bosib o’tgan, davlat qurilishida qanday tajribalarimiz bor? Bu savollarga asosli javob berish har bir talabaning burchidir. «Davlatchilik bugungi kunda o’ta siyosiy masala bo’lib turibdi. Nega deganda, O’zbekistonda davlatchilik bo’lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo’layotgan, kerak bo’lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. …O’zbek tarixchilarining bugungi kundagi asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir» 1 . Mustabid sovet hokimiyati davridagi tarixiy asarlarda, darslik va qo’llanmalarda O’rta Osiyoda, hozirgi O’zbekiston hududida davlatchilik tizimi bo’lganligi haqida yozilgan, ammo tilga olingan davlatlarga to’g’ridan–to’g’ri o’zbek halqi, o’zbek jamiyati bilan bog’liq holda, Vatanimizda uzluksiz kechgan jarayon sifatida qaralmagan. Yurtimizda shakllangan, qariyb uch ming yil davomida faoliyat yuritgan davlatlar yoki bir kichik hudud, yoki hokimiyat tepasida turgan hukmdor nomi bilan atalgan, davlatning asosiy manbai, mohiyati, ya’ni qaysi xalqning davlati ekanligi ochib berilmagan, to’g’rirog’i ochib berishni xohlamaganlar. «Nima emish, O’zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog’i, 1924 yili davlat maqomini olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi?» 2 . Ishonmaymiz, albatta. O’zbek xalqi eng qadimdan davlat barpo etgan xalqlar qatorida turadi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling