£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaxsh vodiysi
- «Amudaryo xazinasi»
Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli
«Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar-qal’alar-Qal’aliqir, Ko’zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar - bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi. Negaki, bu singari umumelatlar, qavm-qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o’zgarishlar davlat boshqaruvi yo’li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo’lgan. Qadimshunos olim Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni birnecha o’nlab metrdan iborat kanal o’zani, obod dehqonchilik madaniyati - Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o’z hududiy chegaralariga ega bo’lgan o’lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma’lumoticha, qadimda Oks (Amu) daryosi bo’ylab 360 dan ziyod sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lli, sahroli erlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Gerodot taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega bo’lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug’doy, suli, arpa, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini mo’l-ko’l etishtirganligi qayd etib o’tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan. Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning 41 mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Bu ko’hna hudud bag’rida ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o’tib, saqlanib kelayotgan ko’plab asori atiqalar, shahar-qal’alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadi. Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog’-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu erdan qazib olingan qimmatbaho ma’danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko’rsatkichiga etganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan, ularning tuya, ot, qo’y-echkilardan iborat ko’plab suruvlari bo’lgan. Savdo bozorlarida g’alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari ayirbosh qilingan. Afsuski, Xorazm davlatida hukmronlik qilgan sulolalar to’g’risida ma’lumotlar hozirgacha etarli emas. Rivoyatlarga ko’ra, Xorazmning qadimiy siyosiy sulolasi - Siyovushiylar bo’lganligi zikr etiladi. «Avesto»da ta’kidlanishicha, Siyovarshon Kavousning o’g’li bo’lgan. Siyovarshon o’limidan so’ng uning nabirasi Kova Xisrav bobosi qotilidan o’ch olib, hokimiyatni egallab Xorazmda Siyovushiylar sulolasiga asos solgan deyiladi. O’rta Osiyoning yana bir qadimgi davlati - Baqtriya podshohligi bo’lgan. Uning tarkibiga hozirgi O’zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoli-sharqiy erlari kirgan. Baqtriyadagi ko’pdan-ko’p yirik shaharlar orasida Baqtra mashhur bo’lib, mamlakatning poytaxti hisoblangan. Baqtra baland va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan, unda podshoh qal’asi alohida ajralib turgan. Rim tarixchisi Kurtsiy Rufning shahodat berishicha, «Baqtra daryosi nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan». Umuman tarixiy ma’lumotlarga asoslanadigan bo’lsak, qadimgi davlatlar nomlari ko’pincha daryo, qabila, xalq yoki shaharlar nomiga qiyosan kelib chiqqan bo’ladi. Binobarin, «Baqtriyaliklar», «Baqtriya xalqi» iboralari juda qadimgi manbalarda tilga olinib, bitta xalqni yoki bir necha qarindosh qabilalarni birlashtirgan hududiy tushunchani anglatadi. «Avesto» kitobida ham Baqtriya «Eng yaxshi mamlakatlar va o’lkalardan biri bo’lgan, baland bayroqli, go’zal o’lka» sifatida ta’riflangan. Bu xildagi fikr- mulohazalar Baqtriya o’z davrining yirik davlatlaridan biri bo’lganligidan dalolat beradi.
Ktesiy ma’lumoticha, Baqtriyaga qarashli Vaxsh vodiysi obi- hayotga mo’l-ko’lligi, unumdor erlari ko’p bo’lganligidan, bu hududda dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan, aholi bog’dorchilik, mevachilik mahsulotlari etishtirishda omilkor bo’lgan. Qashqadaryo vohasining miloddan avvalgi VIII- VII asrlarga oid Sangirtepa, Yangitepa, Chiroqchitepa, Erqo’rg’on singari aholi manzilgohlarini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu joylarda o’troq turmush kechirgan qavm, elatlar dehqonchilik bilan faol shug’ullanganlar. Xuddi shunday fikrni So’g’diyona hududlariga nisbatan ham aytish mumkin. Qulay tabiiy- jug’rofiy sharoitga ega bo’lgan Omonqo’ton, Gurdara, Qo’tirbuloq, Zirabuloq makonlarida yashagan aholining madaniy hayoti ham ancha to’laqonli kechgan. 42 Baqtriyada oltin, la’l kabi qimmatbaho ma’danlar ko’plab miqdorda qazib olinib, ular tegishli ishlov berishdan so’ng yurt ehtiyoji uchun, qolaversa, xorijiy ellar uchun tayyor mahsulot holiga keltirilgan. Baqtriya la’liga uzoq Xitoy, Misr, Hindiston singari mamlakatlarda ham talab-ehtiyoj katta bo’lgan. Baqtriyada qimmatbaho ma’danlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi bu yurtda maxsus hunarmandchilik turi - zargarlik, badiiy hunar tarmog’ining rivoj topishiga olib kelgan. Buni 1877 yilda Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish erida topilgan «Amudaryo xazinasi» topilmasi timsolida ham kuzatish mumkin. Topilmalar orasidagi 179 ta oltin va 7 ta kumush zargarlik buyumlari qadimgi Baqtriyada nafis hunarmandchilikning o’sganligidan dalolat beradi. Bu xazina aslida Baqtriya hududiga qarashli Taxti-Sangin shaharchasidagi ibodatxonaga tegishli bo’lgan. Ular Londondagi Britaniya muzeyiga (1897) olib ketilgan.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling