£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi
tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi. 2004
yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xo’jaliklari, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari) ulushi 90,2 foizga etdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2 foizga tushdi.
331
Iqtisodiyotda nodavlat sektorining ulushi, foiz hisobida 38,1 74,5 10,4 79,9 7,6 87,7 65 99,2 51 98,6 14 69,3 0 20 40 60 80 100 Ялпи ички махсулот Саноат Кишлок хужалиги Пуллик хизмат курсатиш 1990 йил 2004 йил 1 январь Mulk shakllarining 2003 yilgi ulushi, foiz hisobida 47,8
9,2 40 3 Хусусий мулк Давлат мулки Жамоа мулки Кушма ва ижара мулк
2. Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi
Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib, korxonalari mustaqil xo’jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to’xtab qoldi. Shu boisdan O’zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar uchun zarur mablag’lar davlat byudjeti va aholi jamg’armalari hisobiga ajratildi. 1991-2002 yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.
332
Xalq xo’jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari ko’rildi. «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasini O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog’i yildan yilga o’sib bordi. 1992-1999 yillarda iqtisodiyotda 4,4 mlrd. AQSh dollari hajmida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1999 yilning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tormoqlari 1 mlrd. 324 mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1991-2002 yillarda Respublika iqtisodiyotida o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 14 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni 2003 yilda 2087 taga etdi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling