£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Diniy va milliy 

qadriyatlarning tiklanishi 


 

339


homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega 

bo’ldilar. Prezident Farmoni bilan tuzilgan «Ma’naviyat va ma’rifat» 

jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jamg’armasi jamiyatning 

ma’naviy- ma’rifiy ravnaqi yo’lida xizmat qilmoqda. 

Respublikada 17 diniy konfessiya ro’yxatga olingan va rasman faoliyat 

ko’rstamoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda 

O’zbekistonda yashovchi 130 millat va elat vakillari o’zlarining diniy 

ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq masjidlar, xristian 

ibodatxonalari, sinagoglar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan 

qurildi. 10 ta diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda. 1999 yilda 

Toshkentda Islom Universiteti ochildi. 

O’zbekiston hududida xalqning ulug’vor va shonli tarixiga oid 2000 dan 

ortiq yodgorliklar ta’mirlandi. 

O’zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik 

davrida oyoq-osti qilingan, insonparvar urf-odatlari va an’analari, madaniy 

qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan boyitildi. 

Maqomchilar, to’y-marosim qo’shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik 

dastalarning o’nlab ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning 

simfonik va kamer musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining festival va 

tanlovlari bo’lib o’tmoqda. 

Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o’rni va 

ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o’zbek tili o’zbek 

xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanilishi va muhofazasi 

davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yildi. Oliy davlat hokimiyati, 

mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va 

tashkilotlarda ish yuritish asosan o’zbek tilida olib borilmoqda. 

Respublikamizning ma’muriy-hududiy birliklari, ko’chalari, geografik 

o’rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o’zbek tilida yozib 

qo’yildi. Natijada o’zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va 

mustahkamlandi. Shuningdek, O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat 

va elatlarning tillari, qadr-qimmati ham o’z o’rniga qo’yilgan. 


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling