£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Ma’naviy merosning tiklanishi va


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet341/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

Ma’naviy merosning tiklanishi va 

rivojlanishi 

Tarixiy xotiraning tiklanishi 


 

338


turib o’z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois mustabid tuzum davrida 

soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o’quv maskanlarida 

Vatan tarixini o’qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.  

O’zbek xalqi va o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini 

xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A.Karimovning bir guruh tarixchilar 

bilan 1998 yil iyun oyida bo’lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda 

qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix instituti faoliyatini 

takomillashtirish to’g’risida»gi qarorida belgilab berildi. 

Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish masalalari 

partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlardan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan xalos 

etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko’rsatilgan yoki so’z yuritilmay kelgan tarixiy 

voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy 

asarlar, darsliklar va o’quv adabiyotlari yaratildi. 

Prezident Farmoni bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi. Amir 

Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag’ishlangan tadbirlar 

O’zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida o’tkazildi. YuNESKO 

qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir 

Temurga bag’ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat 

va maorifning gullab yashnashi» mavzuida xalqaro konferentsiya va 

ko’rgazmalar bo’lib o’tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo’yildi, 

Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog’liq tarixiy 

yodgorliklar ta’mirlandi.  

1999 yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi 

tavalludining 800 yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000 

yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan 

yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy 

g’ururni ko’tarishga xizmat qilmoqda. 

Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, 

Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o’z 

joyiga qo’yildi, asarlari chop etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi 

bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish 

maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag’on qurbonlari 

xotirasi» muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning 

farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira maydoni» majmuasi 

barpo etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani 

tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g’oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat 

qilmoqda. 

 

  Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar, diniy 

e’tiqod qayta tiklandi. Ramozon hayiti, Qurbon hayiti, 

qadimiy xalq bayrami Navro’z qayta tiklandi, bu  

kunlar Prezident Farmoni bilan dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. 

Musulmonlar O’zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling