£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet340/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

3. Mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyot 

 

  Jamiyat ma’naviyati mamlakat 

barqarorligi va taraqqiyotinig muhim 

sharti va kafolatidir.  

Biron-bir mamlakat o’z ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va 

axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliy ruhini uyg’otmay va 

mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko’tarila olmaydi. Shuning 

uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O’zbekiston taraqqiyotining 

ustivor yo’nalishi deb belgilandi. 

Tarixdan ma’lumki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar 

hujumiga duchor bo’lgan, qaramlik va zulm ostida qolgan. Buning oqibatida 

xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum 

bo’lgan. Ayniqsa, chor mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy 

qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’naviy 

merosimiz qadrsizlantirildi, ko’plab masjidu-madrasalar, milliy maktablar, 

tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O’zbekiston davlat mustaqilligini 

qo’lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni 

tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati 

darajasiga ko’tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va  yuksaltirishni 

ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo’nalishlari belgilab olindi. 

 «Moddiy  islohotlar,  iqtisodiy islohotlar o’z yo’liga. Ularni hal qilish mumkin. 

Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar - qullik va 

mutelik iskanjasidan ozod bo’lish, qadni baland tutish, ota-bobalarimizning udumlarini 

tiklab, ularga munosib voris bo’lish - bundan og’irroq va bundan sharafliroq vazifa yo’q 

bu dunyoda».  



Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1, 202-bet. 

Mustaqillik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga 

oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk 

hissa qo’shgan bobolarimiz-Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin 

Naqshband, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, 

Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur va boshqa ko’plab 

ajdodlarimizning milliy va ma’naviy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud 

topgan kunlari butun mamlakat bo’yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari 

nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi jamiyat 

qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag’ishlamoqda, jamiyatimizni ma’naviy 

yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

 

Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy 



xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy axloqiy qadriyat 

hamda  


an’analar va muqaddas dinimizning o’rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o’z tarixini 

bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling