£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
O’zbek tsirki 1992 yilda «O’zbekdavlattsirk» respublika birlashmasining tashkil etilishi
tsirk san’atining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Toshkent tsirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga O’zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiev nomi berildi. An’anaviy tsirk san’atining unitilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996 yilda estrada-tsirk kolleji ochildi. O’zbekiston tsirkchilarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo’lgan respublikamiz tsirk ustalari o’zbek milliy tsirk san’atini namoyish etdilar. Olimjon Toshkenboev rahbarligidagi «O’zbekiston dorbozlari» guruhi 1996 yildan boshlab Evropa mamlakatlarida gastrol safarida bo’lib, 2000 dan ziyod tomosha ko’rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi Buglion tsirkida bo’lgan yosh tsirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib, «Plastik etyud» (besuyak uyini) janrida festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo’lga kiritdi. 1998 yilda Toshkent tsirkida iste’dodli yoshlarga ko’maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. O’zbek tsirkchilari 1999 yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda Saratov shahrida bo’lib o’tgan Butunrossiya tsirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida bo’lib o’tgan xalqaro tsirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo’lib o’tgan Evropa tsirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o’rinlarni egalladilar. Tsirkchilarimizning sa’y-harakatlari natijasida O’zbek tsirkiga xos turli nomer va attraktsionlar xalqaro tsirk dasturlaridan o’rin egalladi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling