£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
347
Muzey Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. Namanganda ulug’ o’zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o’g’lining uy-muzeyi, Toshkentda o’zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, o’zbek raqqosasi Mukarrama Turg’unboeva muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi. Shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ko’plab muzeylar ochildi. 1996 yil 1 sentyabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo’lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi faoliyat ko’rsata boshladi. Bu muzey o’zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo’lib qoldi. 1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o’sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo’lyozmalari, Ulug’bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. 2002 yilda Termizda Arxeologiya muzeyi bunyod etildi. O’zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni va uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 dekabrda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari to’g’risida»gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, «Oltin meros» jamg’armasi, Badiiy Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo’llab- quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatish, moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda «O’zbekmuzey» Respublika jamg’armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko’maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi va u 1999 yildan boshlab o’zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi. 348
O’zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. O’zbekiston muzeylari aholi orasida o’lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati asarlaridan iborat etnografik ko’rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy kamoloti yo’lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo’riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim etmoqdalar. Frantsiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O’zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling