£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а


Milliy musiqa va qo’shiqchilik


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/442
Sana02.01.2022
Hajmi1.51 Mb.
#196376
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   442
Bog'liq
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL

 

Milliy musiqa va qo’shiqchilik   Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo’shiqchilik 

san’ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan «Xalq 

ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika Markazi», uning viloyatlardagi bo’limlari 

musiqa va qo’shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini 

rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko’rik tanlovlar, 

festivallar tashkil etdilar. 1992 yilda Toshkentda «Asrlarga tengdosh navolar» va «Boqiy 

ovozlar», Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, 

Qo’qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. 1994 yil 

may oyida Parijda bo’lib o’tgan «Sharq musiqasi» festivalida Munojot Yo’lchieva va 

Shavkat Mirzaevlar ishtirok etib, o’zbek milliy qo’shiqchilik san’atini jahonga namoyish 

etdilar. 



 

346


1996 yil aprel oyida Turkiston saroyi, «Bahor» majmuasi va boshqa ijodiy 

kontsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan «O’zbeknavo» gastrol-kontsert 

birlashmasi orqali xalq orasidan iste’dodli qo’shiqchilarni izlab topish va ko’rik-

tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo’shiqchilik san’ati bo’yicha xalqaro 

hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika 

Prezidentining 1996 yil 27 avgustdagi ««O’zbekiston – Vatanim manim» 

qo’shiqlar bayrami to’g’risida»gi farmoni qo’shiqchilik san’atini rivojlantirishga 

ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 1996 yilda o’tkazilgan barcha viloyat, shahar va 

tumanlarida «O’zbekiston - Vatanim manim» qo’shiq tanlovida 54 mingdan 

ziyod qo’shiqchilar qatnashdi. Bunday ko’rik tanlov har yili avgust oyida 

o’tkaziladigan bo’ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni «O’zbekiston – 

Vatanim manim» qo’shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida 

Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yuzlab yangi qo’shiqlar yaratildi. «O’zbekiston 

– Vatanim manim», «Men seni sevaman, O’zbekiston», «Vatan yagonadir», 

«Mustaqillik gullari», «Ona yurtim», «O’zbekiston askarlari» qo’shiqlari shular 

jumlasidandir. 

1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining ««Sharq 

taronalari» Xalqaro musiqa festivalini o’tkazish to’g’risida»gi qarori musiqa 

san’atining noyob namunalarini keng targ’ib qilish, rivojlantirishda dasturamal 

bo’lib xizmat qildi. 1997 yil 25 avgust - 2 sentyabr kunlari Samarqandda bo’lib 

o’tgan «Sharq taronalari» birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq 

mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, 

festivalda yangragan o’zbek ohanglari, kuy-qo’shiqlari jahon uzra taraldi. Har 

ikki yilda Samarqandda «Sharq taronalari» Xalqaro festivalini o’tkazish an’ana 

tusini oldi. 

O’zbekistonda musiqa va qo’shiqchilik san’atini rivojiga har yili 31 avgust 

va 21 mart kunlari o’tkazilayotgan Mustaqillik va Navro’z kunlariga 

bag’ishlangan bayram tantanalari  ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. 

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va 

elat urf-odatlari va an’analari birdek rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda 

O’zbekistonda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliy- 

madaniy  markazlar o’z millatdoshlarining tili, madaniyati, urf-odatlari, rasm-

rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi masalalar bilan 

shug’ullanib kelmoqdalar. Milliy-madaniy markazlar qoshida milliy musiqa

raqs, hunar va boshqa yo’nalishlardagi to’garaklar tashkil etilgan. 

1992 yilda turli milliy madaniy markazlarga ko’maklashuvchi Respublika 

Baynalmilal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda istiqomat 

qiluvchi turli millat va e’latlarni jipslashtirish asosiy o’rin tutmoqda. Har bir 

millatga mansub  rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san’at 

arboblariga bag’ishlangan yig’ilishlar, ko’rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy-

madaniy markazlar o’z faoliyati bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim 

hissa qo’shmoqdalar. 




Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   442




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling