£ з б е к и с т о н р е с п у б л и к а с и о л и й в а
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
I DkaGecw9EoG81YcysuLVGQQ7gbMTzL
Islom Jumhuriyatiga rasmiy davlat tashrifi O’zbekiston va Eron o’rtasida davlatlararo
aloqalarga asos soldi. Safar chog’ida «O’zbekiston Respublikasi bilan Eron Islom Jumhuriyati o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida» Deklaratsiya, xavo transporti sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik sohasidagi hamjihatlik to’g’risida memorandum, pochta, telefon va telegraf sohasidagi hamjixatlik to’g’risida memorandum, davlat Markaziy banklari o’rtasida bitim imzolandi. 1993 yil 18 oktyabrda Eron Prezidenti Ali Akbar Hoshimiy Rafsanjoniyning O’zbekistonga rasmiy tashrifi bilan kelishi ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni yanada kengayishiga ko’maklashdi. Safar chog’ida tranzit aloqalarni tartibga solish to’g’risida hamda xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston bilan Eron o’rtasidagi o’zaro aloqalar transport sohasida keng rivojlandi. 1996 yilda O’zbekiston Eron hududi orqali 34 ming tonna yuk tashigan bo’lsa, 2001 yili bu ko’rsatkich 487 ming tonnani tashkil etdi. 2001 yili O’zbekiston hududi orqali Eronning 750 ming tonna tranzit yuki olib o’tildi. O’zbekiston yuklari asosan Eronning Bander Abbos va Chobahor portlari orqali Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasiga chiqarilmoqda. 2002 yil boshlarigacha Eron tadbirkorlari sarmoyalari ishtirokida mamlakatimizda 50 ga yaqin O’zbekiston-Eron qo’shma korxonasi barpo etildi va ular asosan ishlab chiqarish bilan shug’ullanmoqda.
2002 yil 26 aprel kuni Eron Prezidenti Sayyid Muhammad Hotamiyning O’zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi paytida O’zbekiston va Eron o’rtasida imzolangan ikki tomonlama soliqqa tortilishga yo’l qo’ymaslik, daromad va sarmoya soliqlariga taaluqli ma’lumotlarni almashish, transport vositalari haydovchilari uchun viza masalalarini engillashtirish, O’zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlar palatasi bilan Eronning savdo, sanoat va tog’-kon sanoati palatasi o’rtasida hamkorlik to’g’risida hujjatlar ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini yanada boyitdi.
378
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov boshliq davlat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling