0-Buyruqlar tizimi, operandlarning(78-96). docx


Qatorlar  ko‘rinishidagi


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana02.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1147465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
0-Buyruqlar tizimi, operandlarning(78-96). docx

Qatorlar 
ko‘rinishidagi 
ma’lumotlar
yoki 
qatorlar 
ko‘rinishidagi
o‘zgaruvchilar. Bu xildagi ma’lumotlarning oxirida maxsus belgi yoki qatorning
uzunligini ko‘rsatuvchi qismi mavjud bo‘ladi. Kompyuterda ushbu qatorlar ustida –


90
ko‘chirib yozish, qidirib topish va ularni tahrirlash amallarini bajaruvchi buyruqlar
mavjud.
Mantiqiy ma’lumotlar. Mantiqiy ma’lumotlar esa ikkita qiymatga ega
bo‘lishi mumkin: rost yoki yolg‘on (true yoki falshe), ya’ni 1 yoki 0.
6.3-jadval. ASCII simvollariga to‘g‘ri keladigan kodlarning jadvali.
Pentium 4 protsessorida qo‘llaniladigan ma’lumotlarning xillari. Pentium
4 protsessori IEEE 754 standartiga asoslangan - ikkilik ishorali va ishorasiz butun
sonlarni, ikkilik-o‘nlik sanoq sistemasidagi sonlarni va suriluvchi nuqtali sonlarni
ifodalay oladi [16]. Bu protsessor asosida qurilgan kompyuter 8/16 – razryadli
kompyuter hisoblanib, shunday uzunlikka ega bo‘lgan butun sonlar bilan ishlay oladi
(6.4-jadval). Unda ko‘p sonli arifmetik buyruqlarni, bul amallarini va taqqoslash
amallarini bajarish mumkin. Pentium 4 protsessori 8-razryadli ASCII simvollari bilan
ishlay oladi, unda simvollardan iborat bo‘lgan qatorlarni ko‘chirib yozish va qidirib
topish kabi maxsus buyruqlar ham mavjud.
6.4-jadval. Pentium 4 protsessori raqamli ma’lumotlarining xillari.


91
3.Kompyuterning buyruqlar tizimi, buyruqlarning turlari va buyruqlar
formati
Buyruq - bu u bilan boshlangan operatsiya nomini va operatsiyani bajarishda
ishtirok etadigan operandlarning manzillarini ifodalovchi tartiblangan bitlar to'plami.
Buyruqning asosiy
xarakteristikasi
-
bu buyruqdagi manzillar soni bilan
belgilanadigan manzillilik. Manzilliligiga qarab buyruqlar 0-manzilli (nolmanzilli), 1-
manzil (birmanzilli) va boshqalarga bo'linadi. Bitlardagi buyruq uzunligi, buyruq
elementlarini kodlash uchun ishlatiladigan maydonlar soni (operatsiyalar, manzillar
va belgilar), va buyruqdagi maydonlarning joylashuvi buyruq formatini belgilaydi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling