0-mavzu / soat / juftlik Fe’l zamonlari Reja


Download 173 Kb.
bet2/4
Sana26.01.2023
Hajmi173 Kb.
#1124251
1   2   3   4
Bog'liq
20-mavzu. Maruza matn. Fel zamonlari

Qo`shimcha adabiyotlar
5. H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti.
6. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o’zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti.
7. M.Hamrayev. Ona tili fanidan lisoniy tahlil qoliplari. “Sharq” NMAK, 2015.
8. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent – “O`zbekiston” -2016.488 b.
Internet saytlari:

  1. www.wyebofscience.com- Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.

  2. www.scopus.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.

  3. www.elibrary.ru - Rossiya ilmiy maqolalar indeksi.

  4. www.ziyonet.uz - Axborot ta’lim tarmog`i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash bazasi.

Fe`l zamonlari


Ish-harakatning voqe bo`lishi (yoki bo`lmasligi) mantiqan zamon bilan bog`liq bo`ladi. Fe`llardagi zamon nutq so`zlanib turgan paytga nisbatan qiyoslangan holda aniqlanadi, ya`ni ish- harakat nutq so`zlanib turgan paytdan oldin, nutq so`zlanib turgan paytda, nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi yoki bajarilmasligi mumkin. Shunga ko`ra, fe`l uch zamon ko`rinishiga ega: 1. O`tgan zamon. 2. Hozirgi zamon. 3. Kelasi zamon. Fe`llarda zamon ma`nosi fe`l tarkibida qo`llangan grammatik ko`rsatkichlar orqali belgilanadi. Masalan: 1. Nodira ezgu ishlar bunyod etdi va o`tar dunyoda yaxshi nom qoldirdi. (R.Shog`ulomov). 2. Ko`nglini kichik tutgan, kamtarlik yo`lidan yurgan kishi ulug`likka yetadi (Yusuf Xos Hojib). 3. Ilm ko`pga yetkazar, hunar esa ko`kka (Maqol). Keltirilgan misollarning birinchisida bunyod etdi, nom qoldirdi fe`llari tarkibidagi –di o`tgan zamonni, ikkinchisida yetadi fe`li tarkibidagi –a ko`rsatkichi hozirgi zamonni, uchinchisida yetkazar fe`lidagi –ar ko`rsatkichi esa kelasi zamon ma`nosini ifodalagan.
Har bir zamon o`z navbatida yana bir necha turga bo`linadi. Chunki har bir zamon vaqtning katta qismini ko`rsatish bilan birga o`zining ichki xususiy modal ma`nolariga (qo`shimcha ma`nolarga) ham ega. Masalan: o`qimoqchiman, o`qiydiganman fe`llari nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajariladigan harakatni ifodalab, vaqtning katta qismini ko`rsatish bilan birga, bajarilishi maqsad qilib olingan harakatni anglatishi kabi o`ziga xos modal ma`noga ham ega.



Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling