0-mavzu / soat / juftlik Fe’l zamonlari Reja
Download 173 Kb.
|
20-mavzu. Maruza matn. Fel zamonlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yaqin o`tgan zamon
- Uzoq o`tgan zamon
O`tgan zamonBu zamondagi fe`llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. O`tgan zamon fe`li xususiy modal ma`nolariga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi: 1) yaqin o`tgan zamon fe`li; 2) uzoq o`tgan zamon fe`li; 3) o`tgan zamon hikoya fe`li; 4) o`tgan zamon davom fe`li; 5) o`tgan zamon maqsad fe`li. Yaqin o`tgan zamon fe`li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so`zlovchining ko`z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go`zal vodiydagi Gullar bog`i ko`klam libosi bilan bezandi (SH.R.). Yaqin o`tgan zamon fe`li sof fe`l negiziga –di qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi:
Uzoq o`tgan zamon fe`li nutq so`zlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so`zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: SHoyi, atlas, chit, las ko`ylak; nimcha, durra, peshonabog`, xullas bor boricha yo`q holicha yasalgan (N. Safarov). Uzoq o`tgan zamon fe`li negiziga –gan sifatdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (II guruh «B» ko`rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:
Uzoq o`tgan zamon fe`li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda eslash, eshitilganlik kabi qo`shimcha modal ma`nolarga ham ega bo`ladi. Uzoq o`tgan zamonning bo`lib o`tgan ish-harakatni aniq eslash ma`nosi –gan sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) to`liqsiz fe`lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan edim, o`qigan eding, o`qigan edi; o`qigan edik, o`qigan edingiz, o`qigan edilar kabi; kutilmaganda eslash ma`nosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) to`liqsiz fe`lini biriktirib tuslash bilan: o`qigan ekanman, o`qigan ekansan, o`qigan ekan; o`qigan ekanmiz, o`qigan ekansiz, o`qigan ekanlar kabi; bo`lib o`tgan ish-harakatning so`zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli –mish) to`liqsiz fe`lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan emishman, o`qigan emishsan, o`qigan emish; o`qigan emishmiz, o`qigan emishsiz, o`qigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi bo`g`riqish yo`qolib, uning o`rnida nafislik paydo bo`lgan edi (X.No`‘mon). Mirza Bahrom unday ma‘no chiqishini sira ko`zda tutmagan ekan, o`sal bo`ldi (A.Qahhor). Download 173 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling