0-mavzu / soat / juftlik Fe’l zamonlari Reja


O`tgan zamon hikoya fe`li


Download 173 Kb.
bet4/4
Sana26.01.2023
Hajmi173 Kb.
#1124251
1   2   3   4
Bog'liq
20-mavzu. Maruza matn. Fel zamonlari

O`tgan zamon hikoya fe`li kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq so`zlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash yo`li bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab uxlagan kishi shu kechani ma‘rifat qilingan holda o`tkazibdi (Hadisdan).
O`tgan zamon hikoya fe`li fe`l negiziga –b (-ib) o`tgan zamon ravishdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan (II guruh «A» ko`rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat- kichi

Shaxs- son qo`shim-
chasi

Misol

Zamon ko`rsat- kichi

Shaxs- son qo`shimc hasi

I

o`qibman

-b

-man

o`qibmiz

-b

-miz

II

o`qibsan

-b

-san

o`qibsiz

-b

-siz

III

o`qibdi

-b

-di

o`qibdilar

-b

-di(-lar)

O`tgan zamon hikoya fe`lining eslay (eslatish) ma`no ko`rinishi ham bor. Bu shakl o`tgan zamon –b (-ib) ravishdoshiga edi to`liqsiz fe`lini biriktirib tuslash orqali hosil bo`ladi: o`qib edim, o`qib eding, o`qib edi; o`qib edik, o`qib edingiz, o`qib edilar kabi. Masalan: Urush tugasa, biznikiga mehmongan borasiz, o`shanda ayamning qanaqaligini ko`rasiz deb edi (S.Zunnunova).
O`tgan zamon davom fe`li nutq so`zlanib turgan paytdan ilgari ma`lum bir muddat davomli bo`lgan yoki takrorlanib turgan ish-harakatni eslash ma`no ottenkasi bilan ifodalaydi. Masalan: 1. Bu yerda Boburning doim o`z kuchi bilan birga olib yuradigan kitoblari saqlanar edi (P.Qodirov).

  1. Daryolardan kuylab o`tardim, Ertaklarga quloq tutardim, Hammasini tinglardim, ammo O`xshashini topmasdim aslo (H.O.). Bu misollarning birinchisida saqlanar edi fe`li o`tmishda ma`lum bir muddat davomli bo`lgach ish-harakatni ifodalasa, ikkinchisida kuylab o`tardim, quloq tutardim, tinglardim vaqti-vaqti bilan takrorlanib ish-harakatni anglatadi. O`tgan zamon davom fe`li –r(-ar), -yotgan sifatdosh fe`l negiziga hamda -moqda qo`shimchasini olgan sof fe`l negiziga edi to`liqsiz fe`lini biriktirib tuslash (I guruh tuslovchilari bilan) orqali hosil qilinadi:



Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs- son qo`sh.

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

Shaxs- son qo`sh.

I

o`qir edim, o`qiyotgan edim,
o`qimoqda edim

-r+edi,
-yotgan+edi, - moqda+edi

-m

o`qir edik, o`qiyotgan edik,
o`qimoqda edik

-r+edi,
-yotgan+edi,
-moqda+edi

-k

II

o`qir eding, o`qiyotgan eding, o`qimoqda eding

-r+edi,
-yotgan+edi, - moqda+edi

-ng

o`qir edingiz, o`qiyotgan edingiz, o`qimoqda
edingiz

-r+edi,
-yotgan+edi, - moqda+edi

-ngiz

III

o`qir edi, o`qiyotgan edi,
o`qimoqda edi

-r+edi,
-yotgan+edi, - moqda+edi

-

o`qir edilar, o`qiyotgan edilar,
o`qimoqda edilar

-r+edi, - yotgan+edi, - moqda+edi

(-lar)

O`tgan zamon maqsad fe`li nutq so`zlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo`lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U bugun Malika bilan xoli gaplashib, ko`nglidagi hamma sir-asrorini to`kib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi.
O`tgan zamon maqsad fe`li -moqchi, -digan qo`shimchalarini olgan fe`l negiziga edi to`liqsiz fe`lini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat-kichi

qo`shimc


Misol

Zamon ko`rsat- kichi

qo`shimc ha

I

o`qimoqchi edim, o`qiydigan edim,

-moqchi+edi, - digan+edi

-m


o`qimoqchi edik, o`qiydigan edik,

-moqchi+edi, - digan+edi

-k


II

o`qimoqchi eding, o`qiydigan
eding,

-moqchi+edi, - digan+edi

-ng


o`qimoqchi edingiz, o`qiydigan
edingiz,

-moqchi+edi, - digan+edi

-ngiz


III

o`qimoqchi edi, o`qiydigan edi,

-moqchi+edi, - digan+edi

-


o`qimoqchi edilar, o`qiydigan edilar,

-moqchi+edi, - digan+edi

(-lar)




Hozirgi zamon


Bu zamondagi fe`llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
Hozirgi zamon fe`li qo`shimcha modal ma`nolariga ko`ra 2 turga bo`linadi: 1) hozirgi-kelasi zamon fe`li, 2) hozirgi zamon davom fe`li.
Hozirgi-kelasi zamon fe`li nutq so`zlanib turgan paytda va undan keyin ro`y beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu chigal tugunlarni o`zi echilmasligini sezadi (P.Qodirov). YOshlikda zahmat chekib, ilm o`rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy).
Hozirgi-kelasi zamon fe`li sof fe`l negiziga –a, -y ravishdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan hosil qilinadi:


Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat- kichi

Shaxs-son qo`shim- chasi

Misol

Zamon ko`rsat- kichi

SHaxs- son qo`shim- chasi

I shaxs

o`qiyman,
boraman

-y,
-a

-man

o`qiymiz,
boramiz

-y,
-a

-k

II shaxs

o`qiysan,
borasan

-y,
-a

-san

o`qiysiz,
borasiz

-y,
-a

-ngiz

III shaxs

o`qiydi, boradi

-y,
-a

-di

o`qiydilar, boradilar

-y,
-a

-di(-lar)

Hozirgi zamon davom fe`li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda aniq davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan so`ng xalqimizning o`z yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov).

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat- kichi

qo`shimc ha



Misol

Zamon ko`rsat- kichi

qo`shim- cha

I

o`qiyapman, o`qimoqdaman,
o`qiyotibman

-yap,
-moqda,
-yotib

-man


o`qiyapmiz, o`qimoqdamiz,
o`qiyotibmiz

-yap,
-moqda,
-yotib

-miz


II

o`qiyapsan, o`qimoqdasan, o`qiyotibsan

-yap,
-moqda,
-yotib

-san


o`qiyapsiz, o`qimoqdasiz, o`qiyotibsiz

-yap,
-moqda,
-yotib

-siz


III

o`qiyapti, o`qimoqda,
o`qiyotibdi

-yap,
-moqda,
-yotib

-ti
-
-di

o`qiyaptilar, o`qimoqdalar,
o`qiyotibdilar

-yap,
-moqda,
-yotib

-ti(-lar)
-
-di(-lar)

SHuningdek, murakkab fe`l tarkibida qo`llangan yot, yur, tur, o`tir ko`makchi fe`llarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom fe`li hosil qilinadi: o`qib yotibman, o`qib yuribman, o`qib turibman, o`qib o`tiribman kabi.




Kelasi zamon


Bu zamondagi fe`llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi.


Kelasi zamon fe`li qo`shimcha modal ma`nolariga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1) kelasi zamon gumon fe`li; 2) kelasi zamon maqsad fe`li.
Kelasi zamon gumon fe`li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish- bajarilmasligi mo`ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi. Masalan: Bugun havo ochiq bo`lar (A.Q.)
Kelasi zamon gumon fe`li ba`zan hozirgi-kelasi zamon ma`nosida kelib, aniqlik, qat`iylik ma`nolarini ham ifodalaydi: Qadrlasang, qadring oshar, qadrsizdan hamma qochar (Maqol).
Kelasi zamon gumon fe`li sof fe`l negiziga –r(-ar) sifatdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan shakllanadi:

Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat- kichi

Shaxs-son qo`shim- chasi

Misol

Zamon ko`rsat- kichi

Shaxs-son qo`shim- chasi

I

o`qirman,
borarman

-r,
-ar

-man

o`qirmiz,
borarmiz

-r,
-ar

-miz

II

o`qirsan, borarsan

-r,
-ar

-san

o`qirsiz, borarsiz

-r,
-ar

-siz

III

o`qir, borar

-r,
-ar

-

o`qirlar, borarlar

-r,
-ar

(-lar)



Kelasi zamon maqsad fe`li nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab o`qishni davom ettirmoqchiman,
so`ngra qishloq xo`jalik institutiga kirmoqchiman (SH.R.). Oho qora ko`z deganda, u devordan oshadigan (O.).
Kelasi zamon maqsad fe`li sof fe`l negiziga -moqchi hamda fe`lning ravishdosh (-a, -y bilan shakllangan) shakliga –digan qo`shimchasini qo`shish bilan hosil qilinadi:



Shaxs

Son

Birlik

Ko`plik

Misol

Zamon ko`rsat- kichi

qo`shimc ha



Misol

Zamon ko`rsat-kichi

o`shimch


I

o`qimoqchiman, o`qiydiganman

-moqchi,
-digan

-man

o`qimoqchimiz, o`qiydiganmiz

-moqchi,
-digan

-miz

II

o`qimoqchisan, o`qiydigansan

-moqchi,
-digan

-san

o`qimoqchisiz, o`qiydigansiz

-moqchi,
-digan

-siz

III

o`qimoqchi, o`qiydigan

-moqchi,
-digan

-

o`qimoqchilar, o`qiydiganlar

-moqchi,
-digan

(-lar)

Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling