0 ‘tkir jismlardan shikastlanish
Sanchuvchi jismlardan jarohatlar
Download 21.32 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanchuvchi-kesuvchi jismlardan jarohatlar.
Sanchuvchi jismlardan jarohatlar. Sanchuvchi jismlar uzunchoq shakl va o‘tkir uchga ega boiadi (bigiz, mix). Mazkur shikastlanishlarda o‘tkir uch to'qimalami ajratadi, jismning yon tomonlari tanaga kirgan sari atrofdagi to'qimalarni suradi va natijada sanchma yaralar vujudga keladi. Ulaming shakli
jismning ko'ndalang kesimi shakliga bog'liq. Ko‘ndalang kesim oval, dumaloq shaklda boisa, yara oval, yoriqsimon shaklda, chekkalari tekis boiadi va chetlari yaqinlashtirilganda yara chiziqsimon shaklni oladi. Jismning yon yuzasi uch va undan ko‘p qirrali boisa, “G”, “T”, “P”, “U” shaklidagi, uchlari o‘tkir yaralar hosil boiishi mumkin Sanchma yaralaming chetlarida shilinish va ifloslanish hoshiyasi aniqlanishi mumkin. Jismning ko‘ndalang kesimining diametri 5 mmdan katta boiganda bu belgilar yaqqolroq boiadi. Sanchuvchi jismning tanaga nisbatan tikka ta’sirida shilinish va ifloslanish hoshiyasi - sirkulyar, qiya ta’sirida esa o‘tkir burchak tomonida - segmentar shaklda boiadi. Sanchma yaralaming tashqi oichamlari chuqurligidan ancha kichik boiadi va ular tananing bo'shliqlariga o'tishi, tog'aylami, yassi suyaklami teshib o‘tishi mumkin. Bunday shikastlanishlarda tashqiga nisbatan ichki qon ketish kuchliroq boiadi. Sanchma yaralarda kirish teshigi va yara kanali farqlanadi. Tananing yupqaroq sohalarida teshib o‘tuvchi yaralar hosil boiib, ularda chiqish teshigi ham boiadi. Kirish teshigining oichamlari sanchuvchi jismning ko‘ndalang kesimining oichamlaridan biroz kichikroq boiadi. Chiqish teshigi kirish teshigidan kattaroq boiib, uning chetlarida shilinish hoshiyasi yo‘q yoki ozroq boiadi. Chiqish teshigining chetlarida yot moddalar bilan ifloslanish kuzatilmaydi. Ayrim holatlarda bir ta’sir natijasida bitta tashqi jarohat va ichki a’zolaming (yurak, o'pka) harakatlanishi hisobiga bir necha ichki jarohatlar vujudga kelishi mumkin. Sanchuvchi-kesuvchi jismlardan jarohatlar. Bu turdagi jismlaming tig‘ida ham o‘tkir uch, ham o'tkir dam bo'ladi. Sanchuvchi - kesuvchi jismlar bir tomonlama o'tkir damga (osh pichog'i) yoki ikki tomonlama o'tkir damga (xanjar) ega bo'lishi mumkin. Ushbu jismlardan shikast etkazilishida tig'ning o'tkir uchi to'qimaga kiradi va so'ng to'qimalar, sanchuvchi jismlardan farqli ravishda surib emas, balki tig'ning o'tkir dam bilan bilan kesib ajratiladi. Sud-tibbiy ekspertiza amaliyotida o'tkir jismlardan etkazilgan jarohatlar orasida sanchma-kesma yaralar nisbatan ko'proq uchraydi. Yaralaming xususiyatlari asosan sanchuvchi-kesuvchi jismlar tig'ining tuzilishi va tig'ning shikastlanish yuzasiga nisbatan ta’sir yo'nalishiga bog'liq. Sanchuvchi-kesuvchi jismlaming ta’sirida kuch vektorida vertikal va gorizontal harakat yo'nalishlari bo'ladi. Vertikal yo'nalish ustuvor bo'lib, tig' tanaga nisbatan tikkaroq ta’sir etganda, yaraning o'lchamlari kichikroq bo'ladi. Aksincha, ta’sir burchagi o'tkir bo'lganda kattaroq o'lchamdagi yaralar etkaziladi Ikki tomoni o'tkir damli jismlar ta’sirida chetlari tekis, uchlari o'tkir yaralar vujudga keladi. Ular ko'pincha urchuqsimon, oval shaklda, ba’zan yarim oysimon, burchaksimon shaklda bo'ladi va chetlari yaqinlashtirilganda chiziqsimon shaklni oladi. Bir tomoni o'tkir damli jism ta’sirida odatda uzunchoq ponasimon shakldagi, chetlari tekis, bir uchi o'tkir, ikkinchi uchi o'tmas - biroz dumaloq, “P” simon boiadi. Tig'ning o‘tmas tomoni qalin (2 mmdan ortiq), qirrali boiganda sanchma-kesma yaraning unga mos uchida terming qo‘shimcha yoriqlari hosil boiadi. Ayrim holatlarda asosiy ta’sirdan so‘ng sanchuvchikesuvchi jismlaming ikkilamchi harakatida (masalan, pichoqni tanadan olish yoki yanada chuqurroq tanaga kirgazishda) tig‘ yo‘nalishining o‘zgarishi tufayli yarada qo‘shimcha kesmalar vujudga kelishi mumkin. Sanchma-kesma yaralaming chetlari uehun shilinish xos emas. Ammo tig‘ yuzasining qiya ta’sirida o‘tkir burchakka mos yaraning chetida biroz shilinish alomatlari boiadi. Tig‘ tanaga to iiq kirganda, uning “soqolchasi”, cheklagichi va dastasining ta’siridan yarada shilinish, qontalashlar vujudga kelishi mumkin Shikastlanishlarda kirish yarasi va yara kanali farqlanadi. Kamdan-kam holatda tananing ayrim sohalari shikastlanishida chiqish yaralari ham boiishi mumkin. Sanchma-kesma yaralar tananing bo'shliqlariga o‘tishi mumkin. Odatda yara kanalining uzunligi tig'ning uzunligiga mos keladi. Biroq, tananing yumshoq sohalariga tig‘ning to iiq va bosim bilan boigan ta’siri ostida vujudga kelgan yara kanali tig‘ning uzunligidan uzunroq boiishi mumkin. Sanchuvchi-kesuvchi jismlaming ta’siri natijasida suyak, tog'aylarda yuzaki sanchma, kesmalar hosil boiadi. Shu bilan birga tig‘ning tikka ta’sirida yassi suyaklarda teshiksimon sinishlar vujudga kelishi mumkin. Download 21.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling