0 ‘zbek3ST0n tarixi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8- sinfi uchun darslik
Download 248 Kb. Pdf ko'rish
|
8-sinf-O\'zbekiston tarixi-2019
8-§. Buxoro xonligida markaziy
hokimiyatning zaiflashuvi 25 ularni soliq to ‘lamaslik imtiyozidan mahrum etdi. Natijada, ular Ubaydullaxonning eng xatarli dushmaniga aylandilar. Ayni paytda. Ubaydullaxon tanhodorlami o‘z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum etdi, soliq va majburiyatlar miqdorini ko‘- paytirdi. Bunday keskin o‘zgarishlarga toqat qila olmagan qudratli kuchlar Ubaydullaxonga qarshi fitna tayyorlay boshladilar. 1709-yilda Far- g‘ona vodiysining Buxoro xonligidan ajralib chiqishi esa siyosiy ah- volni yanada murakkablashtirdi. Va nihoyat, fitnachilar 1711-yilda Ubaydullaxonni o‘ldirdilar. Taxtga fitna ishtirokchisi, Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxon o'tqazildi. Ubaydullaxon tariximizda mahalliy hokimlaming o‘zboshimchaligiga chek qo‘yishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirdi. Taxtga o‘tqazilgan Abulfayzxon kundan kun- Xonlikda parokanda- ga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib bo , “ 1. , . rayotgan amirlar va zodagonlar qo lidagi bir qo‘g‘irchoqqa aylandi. Uning farmonlari sa- roy ostonasidan nariga o‘tmaydigan bo‘lib qoldi. Xon hokimiyatining bu darajaga tushib qolishiga xonlikning mun- tazam qo!shinga ega boTmaganligi ham sabab bo‘ldi. Muntazam qo'shin tuzishga va uni saqlashga esa mablag‘ yetishmasdi. Bunga esa xonlik iqtisodiyotining nochorligi sabab bo‘ldi. Abulfayzxon davrida o‘zbeklarning mang‘it qabilasidan chiqqan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo‘lib oldi. U barcha shah- zodalar otaliqlarining boshlig‘i deb tan olindi. Bu boshqa qabilalar aslzodalarining qat’iy noroziligiga sabab bo‘ldi. Natijada, Shahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan chiqqan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib, Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand boTgan davlat tuzishga qaror qildi. 1723-yilda Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni taxtga o‘tqazdi. Ibrohimbiy o‘ziga „amir ul-umaro“ (,,ulug‘ amir“) unvonini oldi. Ibrohimbiyuing navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o‘tqazish hamda shu yo‘l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo‘lib olish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi bo‘lgan amirlar Ibrohimbiyga qo‘shildilar. Ibrohimbiy Buxoroga yurish boshladi. U va Rajab Sultonlar ularga qo‘shilganlarga g‘alabadan 26 so‘ng juda katta boylik va amal va’da qildilar. Jangda Muhammad Hakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchragan ho‘lsa-da. Rajab Sulton Buxoro shahrini egallay olmadi. Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini chuqur o‘ylab ko‘rmasdan, o‘z maqsadlariga erishish maqsadida. ko‘chmanchi qozoqlardan yor- dam so‘radilar. Ularga katta o‘ljalar va’da qildilar. Jung‘or ko‘chmanchilarining bosqinidan katta talafot ko‘rgan. talangan hamda ocharchilikka duchor etilgan qozoqlar bu taklifga rozi bo‘ldilar. Biroq mamlakatga kirib kelgan qozoqlar talon-tarojni avj oldirdilar. Na Buxoroda, na Samarqandda ularni to ‘xtatishga qodir kuch topilmadi. Bunday sharoitda ichki nizolar yanada avj oldi. Aholining Abulfayzxondan noroziligi kuchayib ketdi. Nihoyat, Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Bu- xorodan chiqarib yuborishga qaror qildi. Hakimbiy Qarshiga hokim etib tayinlandi. Biroq u qulay fiirsat tug‘ilishi bilanoq, Buxoroda ho- kimiyatni у ana o‘z qo‘liga olish niyatidan qaytmadi. Abulfayzxon esa vaqtini ko‘ngilxushlik ishlariga sarflab, davlat ishlarini deyarli nazorat qilmay qo‘ydi. Samarqand, Qarshi, Balx, Farg‘ona va Badaxshon amalda mustaqil bo‘lib oldilar. Download 248 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling