0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi p. S. Sultonov ekologiya va atrof-muhitni


urinishlami antik faylasuf Aristotel (Eramizdan avvalgi 384-322-


Download 3.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/27
Sana02.02.2018
Hajmi3.71 Kb.
#25787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

urinishlami antik faylasuf Aristotel (Eramizdan avvalgi 384-322- 
y.)  asarlarida  uchratish  mumkin.  U  500  dan  ortiq  hayvon 
turlarining  yashash  tarzi  to'g'risida  yozib,  unda  ekologiyaga 
oid  ko'plab  fikrlam i  olg'a  suradi.  Aristotelning  shogirdi, 
«Botanikaning  otasi»  Teofrast  Erezeyskiy  (Eramizdan  avvalgi 
371-280-y.)  esa  o'simliklarning  turli  sharoitlarda  o ‘zgarishi, 
ularning  qiyofasi  va  xususiyatlari  tuproq  hamda  iqlim ga 
bogMiqligi to'g'risidagi m a’lumotlami yozib qoldirgan.
X V II-X V III  asrlardagi  e k o lo g ik   m a ’lum otlar  tirik 
organizmlarni  ayrim  guruhlarini  o ‘rganishga  qaratilgan  edi. 
J.Byuffonning  ishlarida( 1707-1778)  hayvonlarning  tuzilishiga 
tashqi muhitning ta’siri masalasi ko'tarilgan. J.B.Lamark (1774—
1892) dastlabki evolutsion ta’limotni o'rtaga tashladi va o ‘simlik 
hamda hayvonlarning evolutsion o ‘zgarishlarida eng muhim omil 
bu tashqi  tabiiy muhit  ta’siri  deb  hisobladi.
XIX asrdagi ekologik ma’lumotlar (A. Gumbold) o'simliklar 
geografiyasida yangi ekologik yo'nalishni keltirib chiqardi.  1859- 
yilda  Ch.  Darvin  «Tabiiy  tanlash  yo'li  bilan  turlarning  kelib
www.ziyouz.com kutubxonasi

chiqishi» asarida tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur bilan 
m uhit  o 'rta sid a g i  har  qanday  qaram a-qarshiliklarnin g 
ko‘rinishlari  tabiiy  tanlanishga  olib  keladi  va  evolutsiyaning 
harakatlantiruvchi  kuchidir deb qaraydi.
A .N .Beketov  (1825-1902)  o'simliklarning  ichki  va  tashqi 
tuzilishidagi  xususiyatlari  ularning  geografik  tarqalishi  bilan 
bog'liqligini  hamda  fiziologik  usullarning  ekologiya  uchun 
aham iyati  katta  ek an lig in i  k o'rsatd i.  1877-yilda  nem is 
gidrobiologi  K.Myobius  biosenozlar  haqidagi  tasavvurlarim 
asoslab  berdi.  O 'sim lik lar  jam oasi  haqidagi  t a ’lim o tg a  
G .F.M orozov  va  V.N.Sukachev  asos  soldilar.  Rus  olimlari 
V .N .Sukachev,  B .A .K eller,  V.V .O lexin,  V .G .R am enskiy, 
A.Shinnikov va chet ellik olimlardan F.Kelementes, K.Raunkier, 
T.Dyu  Rie,  I.Braun-Blanke  va  boshqalaming  fitotsenologik 
ishlari  umumiy  biotsenologiyaning  rivojlanishiga  katta  hissa 
qo'shdi.
Umumiy  ekologiyaning  rivojlanishida  R.N.Kashkarovning 
«Muhit  va jamoa»  deb  nomlangan  O'rta  Osiyo  universitetida 
o ‘qigan  m a ’ruzalari  keyinchalik  «H ayvonlar  ek ologiyasi 
asoslari»  nomi  bilan  birinchi yozilgan darslik  bo'lib qoldi.
O'rta  asrning  30-yillaridan  boshlab ekologiyada  yangi  davr 
«Populyatsiyalar ekologiya»sini  tadqiq qilish  boshlandi.  Uning 
asoschisi  ingliz  olimi  Ch.Elton  hisoblanadi.  Hayvonlarning 
m orfolog ik   va  ev o lu tsio n   ek ologiyasin i  rivojlantirishga 
M .S .G ily a ro v   va  S .S .S h vars  katta  hissa  q o 'sh d ila r. 
I.S.Serebryakov tomonidan gulli o'simliklarning hayot shakllari 
tasnifoti  ishlab chiqildi.
1940-yillarning  boshlarida  tabiiy  tizimlarni  o'rganish 
jarayonida  yangi  yo'nalish  kelib  chiqdi.  1935-yilda  ingliz  olimi 
A .T en sli  ek otizim lar, 
1942-yilda  esa  V .N .S u k a ch ev 
biogeotsenozlar haqidagi  ta’limotni  ilgari surdilar.
1950-yilning  boshlarida  G.Odum,  Yu.Odum,  R.  Uitekker, 
R.M argalef  va  boshqalar  biologik  mahsuldorlikning  nazariy 
asoslarini  yaratish  borasida  ish  olib bordilar.
Ekologik  ta ’limotning  0 ‘rta  Osiyo  va  0 ‘zbekistondagi 
taraqqiyoti.  O'rta  asrlarda  O'rta  Osiyoda  yashab  ijod  etgan 
olim lardan  Muhammad  Muso  al-Xorazm iy,  Abu  Nasr
www.ziyouz.com kutubxonasi

Forobiy,  Abu  Rayhon Beruniy,  Abu  Ali ibn Sino va boshqalar 
tabiat  fanlarining  rivojlanishiga  katta  hissa qo‘shganlar,  ular 
hali  ekologiya fan sifatida alohida shakllanmagan davrlardayoq 
tabiat  va  undagi  muvozanat,  o ‘simlik  va  hayvonot  dunyosi, 
tabiatni  e ’zozlashga  oid  qimmatli ekologik  fikrlami  aytganlar.
Buyuk  alloma 
Muhammad  Muso  al-Xorazmiy 
(782-847) 
847-yilda  «Kitob surat  al-arz» nomli asarini  yozdi. Unda dunyo 
okeanlari,  qita’lar,  qutblar,  ekvatorlar,  cho‘llar,  tog‘lar,  daryo 
va dengizlar,  ko‘llar, o ‘rmonlar va undagi o ‘simlik va hayvonot 
dunyosi,  shuningdek,  boshqa  tabiiy  resurslar  -   yerning  asosiy 
boyliklari ekanligi haqida ma’lumotlar keltirgan.
0 ‘rta  Osiyo  xalqlari  ijtimoiy-falsafiy  fikrining  eng  yirik  va 
mashhur vakillaridan biri 
Abu Nasr Forobiyning 
(870-910) ilmiy- 
falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlarida  tabiatshunoslik 
ilmi,  ilm iy-am aliy  faoliyat  va  hunarmandchilik  masalalari 
yoritilgan.  Forobiy  «Insoniyatning  boshlanishi  haqida  kitob», 
«Hayvon  a ’zolari  to ‘g‘risidagi  kitob»,  shuningdek,  «Odam 
a’zolarining  tuzilishi»  kabi  asarlarida  odam  va  hayvonlarning 
ayrim a ’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari, ularning 
o ‘xshashligi va farqlari haqidagi m a’lumotlar keltirilgan. Forobiy 
tabiatda  m avjud  narsalarni  tab iiy  va  inson  q o ‘li  bilan 
yaratiladigan sun’iy narsalarga ajratgan. U tabiiy narsalar tabiat 
tomonidan  yaratilgan  degan  xulosaga  keladi.  Inson  omilining 
ta’siri  katta ekanligini,  tabiiy va  sun’iy  tanlash  hamda  tabiatga 
ko‘rsatiladigan  boshqa  ta’sirlarni  atroflicha baholagan.
Abu  Rayhon  Beruniy 
(973-1048)  koinotda  ro‘y  beradigan 
hodisalarni  taraqqiyot  qonunlari  bilan  bog‘lab  tushuntirishga 
urinadi.  Olim yerdagi ba’zi  hodisalarni quyoshning ta’siri bilan 
izohlaydi.  Uning fikricha,  inson  tabiat  qoidalariga rioya  qilgan 
holda borliqni ilmiy ravishda to‘g ‘ri o ‘rgana oladi.  U yer yuzida 
o'simlik  va  hayvonlarning  yashashi  uchun  zarur  imkoniyatlar 
cheklangan,  lekin  o'simlik  va  hayvonlar  cheksiz  ko'payishga 
intiladilar  va  shu  maqsadda  kurashadilar,  «Ekin  ekish  va  nasi 
qoldirish  bilan  dunyo  to'lib  boraveradi»,  deb  bashorat  qiladi. 
Garchi dunyo cheklangan bo‘lsa-da,  kunlar o'tishi bilan bu ikki 
o'sish  natijasida  ko'payish cheklanmaydi.  Agar o'simliklardan 
yoki  jonivorlardan  biror  xilining  o'sishiga  sharoit  bo'lm ay,
www.ziyouz.com kutubxonasi

0 ‘sishdan to‘xtasa ham boshqalarida bu holat kuzatilmaydi. Ular 
birdaniga  paydo  bo‘lib,  birdaniga  yo‘qolib  ketmaydilar,  balki 
ularning  biri  yo‘qolsa  ham,  u  o ‘z  o ‘xshashini  qoldirib  ketadi. 
B e r u n ^ '  a s a r l a r id a   o ‘simlik  va  h a y v o n la r n in g   b io lo g ik  
xususiyatlari,  ularning  tarqalishi  va  x o ‘jalikdagi  ahamiyati 
haqida m a ’lumotlar beriladi. Beruniyning ilmiy qarashlari asosan 
«Saydana»,  «Mineralogiya»,  «Qadimgi  avlodlardan  qolgan 
yodgorliklar»  kabi  asarlarida  o ‘z  aksini  topgan.  «Qadimgi 
a v l o d l a r d a n   q o lg a n   y o d g o r lik la r »   a s a r i d a   o ‘sim lik  va 
hayvonotlarning  tashqi  muhit  bilan  aloqasi,  ularning  xulq- 
a tv o rin i  yil  fasllarining  o ‘zgarishi  bilan  bogMiq  ravishda 
o ‘zgarishi misollar bilan tushuntirilgan.  Beruniy yer qiyofasining 
o ‘zgarishi  o ‘simlik  va  hayvonot dunyosining o ‘zgarishiga,  tirik 
organizmlarning  turli  hayoti  yer  sayyorasi  tarixi  bilan  bo g‘liq 
boMishi  kerak  deb  hisoblaydi.  Qumni  kovlab,  uning  orasidan 
chig‘anoqni topish mumkin, deydi alloma. Buning sababi shuki, 
bu  qumlar  qachonlardir  okean  tubi  boMgan  deb  xulosa  qiladi. 
Beruniyning «Saydana» nomli  asarida  1116  xil  dori-darmonlar 
tavsiflangan.  Ularning  750  tasi  turli  o ‘simliklardan,  101  tasi 
hayvonlardan,  107 tasi esa minerallardan olinishini bayon etgan. 
Beruniy  o ‘zining  tabiiy-ilmiy  kuzatishlari  asosida  tabiatdagi 
hodisalar  m a ’lum  tabiiy  qonuniyatlar  asosida  boshqariladi, 
ularni  tashqaridan  t a ’sir  etuvchi  har  qanday  kuch  o ‘zgartirish 
qobiliyatiga ega  emas,  degan xulosaga  keladi.
Abu All ibn Sino (980-1037) jahon madaniyatiga yuksak hissa 
q o ‘shgan  olim lardan  biridir.  Uning  450  dan  ortiq  asarlari 
m a ’lum. Bizgacha ulardan 240 tasi  yetib kelgan. Ibn Sino asarlari 
orasida  «Tib  qonunlari»  nomli  shox  asari  tibbiyot  ilmining 
qomusi  b o ‘lib,  u  o ‘rta  asr  tibbiyot  ilmi  taraqqiyotining  oliy 
c ho ‘qqisi  hisoblanadi.  Kishi  organizmiga  tashqi  muhit  t a ’siri 
muhimligini bilgan alloma, ayrim kasalliklar suv va havo orqali 
tarqalishi  haqida fikr bayon etgan, ya’ni,  u kasallikning yuqishi 
masalasini  hal  etishga  yaqinlashgan  edi.  Abu  Ali  ibn  Sinoning 
falsafiy  va  tabiiy-ilmiy qarashlari  uning jahonga  mashhur asari 
-  «Kitob  ash-shifo»,  ya’ni «Davolash  kitobi»da  bayon  etilgan. 
Bu  asarda  materiva.  fazo.  vaqt.  shakl,  harakat.  borliq  kabi 
falsafiy tushunchalar. shuningdek. matematika, kimyo, botanika.
www.ziyouz.com kutubxonasi

zoologiya,  geologiya,  astronom iya,  psixologiya  kabi  fanlar 
haqida  fikrlar bayon etilgan.
Zahiriddin  Muhammad  Bobur 
(1483-1530)  ning  nom i 
aytilganda  ko‘pchilik  uni  shoir  deb  biladi.  Ammo  Bobur  faqat 
sho irgin a  b o ‘lmay,  balki  p o d s h o h ,  s a rk a r d a ,  tarixchi  va 
m ashshoq,  ovchi  va  b o g ‘bon.  sayyoh  va  tabiatshunos  ham 
b o ‘lgan.  « B o b u rn o m a »   u n ing   eng  yirik  asaridir.  A sarda 
Boburning  k o ‘rgan-kechirganlari,  yurgan  joylarining  tabiati, 
boyligi,  odamlari,  urf-odatlari,  hayvonlari,  o ‘simliklari  va 
boshqalar  tasvirlangan.  Unda  yer,  suv,  havo,  turli  xil  tabiiy 
hodisalarga  tegishli  xalq  so‘zlari  k o ‘plab topiladi.
0 ‘zbekistonda  ekologik  yo‘nalishdagi  ishlarning asoschilari 
D.N.Kashkarov va Ye.P.Korovin hisoblanadilar.  1930-yillarda 
ular tomonidan «Muhit va jamoa», « 0 ‘rta Osiyo va Qozog'iston 
c h o ‘lla rin in g   tu rla ri  va  u l a r d a n   x o ‘j a l i k d a   fo y d a la n is h  
istiqbollari», «Cho‘llardagi hayot» kabi ilmiy asarlar chop etildi. 
Bu  asarlarda  ekologiya  fani  va  uning  vazifalari,  uslublari  o ‘z 
aksini  topgan.
0 ‘zbekiston  Fanlar  akademiyasining  Botanika  institutida 
V.A.Burigin rahbarligida o ‘simliklar ekologiyasi laboratoriyasi 
tashkil  etildi.  Keyinchalik  bu  ishlarni  amalda  O.X.Hasanov, 
R.S. Vernik  va  boshqalar  davom  ettirdilar.
1959-yilda  janubi-g‘arbiy  Qizilqum  cho‘l  stansiyasi.  I960- 
yilda Nurota chala cho‘l stansiyasi tashkil etilib, u yerdagi ozuqa 
o ‘s im lik la ri  u s tid a   e k o lo g ik ,  fiz io lo g ik  
va  b io lo g ik  
yo‘nalishlardagi  ilmiy  tadqiqot  ishlari  olib  borildi  va  bu  ishlar 
hozir ham  davom ettirilmoqda.
F .N .K a s h k a r o v   0 ‘zb ek isto n d ag i  h a y vonot  dunyosini 
o ‘rganish  ishlariga  ham  muhim  hissa  qo'shgan.  1950-yildan 
boshlab  uning  ishlari  0 ‘zbekiston  F a nlar  akademiyasining 
zoologiya  va  parazitologiya  instituti  olimlari  V.A.Selevin, 
T.Z.Zohidov,  I.l.Kolesnikovlar  tom onidan  davom  ettirildi. 
Institut  olimlari  tomonidan  olib  boriladigan  asosiy  tadqiqot 
y o ‘nalish i  0 ‘z b e k is to n   h a y v o n o t   o l a m in in g   u m u m iy  
qonuniyatlarini  o ‘rganishga  qaratilgan.  0 ‘zbekiston  Fanlar 
akademiyasining  akademiklari  T.Z.Zohidov,  A .M .M uham - 
madiyev,  muxbir  a ’zolaridan  V.V.Yaxontov.  M.A.Sultonov,
www.ziyouz.com kutubxonasi

R .O .O l im j o n o v   k a b i  o lim la r   0 ‘z b e k is t o n d a   z o o lo g iy a  
tad qiqotlarining  rivojlanishiga  o ‘z  hissalarini  q o ‘shganlar. 
Jumladan, M.A.Sultonovning «Hasharotlar ekologiyasi»(1963), 
T.Z.Zohidovning «Qizilqum cho‘lining biosenozlari» (1971) kabi 
asarlarini  k o ‘rsatib o ‘tish  mumkin.
K eyingi  y illa rd a   in stitu t  o lim lari  « H a y v o n o t   olam ini 
q o ‘riqlash  va  undan  samaraii  foydalanishning  ilmiy  asoslarini 
ishlab chiqish» dasturiga oid tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar. 
Undan k o ‘zda tutilgan maqsad kuzatuv tadqiqotlari natijalari -  
m o n ito rin g   m a ’l u m o tla m i  tahlil  qilish  va  ta rtib g a   solish, 
genofondni saqlash imkoniyatlarini o ‘rganish, hayvonot olamini 
q o ‘riqlashdan  iboratdir.
Tekshiruv savollari
1.  Ekologiyani  qanday  fan  deb  tushunasiz?
2.  Ekologiya  fani  rivojini  tahlil  eting  va  undagi  asosiy 
davrlarni  tavsiflang.
3.  Eko lo giyanin g  y o ‘nalishlari,  b o ‘lim  va  tarm oqlarini 
t a ’riflang.
4.  Fanning vazifalarini  tahlil eting.
5.  Ekologik  t a ’limotning  rivojlanishiga  xorijiy  olimlarning 
q o ‘shgan  hissalari  haqida  nimalar deya  olasiz?
6.  E k o l o g ik   t a ’lim o tn i n g   0 ‘rta   O siy o,  j u m l a d a n ,  
0 ‘zbekistondagi  taraqqiyotini  tahlil eting.
1.3. Ekologiyaning asosiy tushunchalari
Muhit  tushunchasining turli  ilmiy m a ’nolari  mavjud.  Uning 
ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy kabi 
bir necha  turlari  farqlanadi.
Ekologiyada  muhit deb 
tirik organizmlarni o'rab turuvchi va 
ular bilan doimo о ‘zar о munosabatda bo(luvchifizik qurshovni yoki 
tabiatning  bir  qismini
  tushuniladi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
muhitni  tirik  organizmlarni  o ‘rab  turgan,  o ‘zaro  bir-biri  bilan 
bo g ‘liq  shart-sharoitlar  va  t a ’sirlar  majmui  deb  ham  qarash 
m u m k in .  E k o l o g iy a d a   m u h it  tu s h u n c h a s i  k o ‘proq   tirik  
organiVmlarga  nisbatan  q o ‘llaniladi.  shuning  uchun  uni 
hayot 
m uhiti
 deb ham yuritiladi. Turli tabiiy omillar majmuidan tashkil
www.ziyouz.com kutubxonasi

topgan  m uhitni 
tabiiy  hayot  m uhiti
,  inson  m ehnati  tufayli 
o ‘zgartirilgan  yoki  yaratilgan  m uhitni 
s u n iy   hayot  m uhiti 
deyiladi.  Hozirgi  paytda  bu  ikki  m uhitni  bir-biridan  keskin 
chegaralar  bilan  ajratish  mushkul  va  amalda  mumkin  emas. 
Shunga  ko‘ra  ularni  birgalikda  olib 
ekologik muhit
 deb ataladi. 
Umuman  olganda,  ekologiyada  muhit,  hayot  muhiti,  ekologik 
muhit, b a ’zi hollarda atrof-muhit, tabiat tushunchalari ham bir- 
biriga  yaqin  m a ’nodosh  tushunchalar  sifatida  talqin  etiladi. 
Hayotiy  shart-sharoitlariga  ko‘ra  tirik  organizmlar  tabiatdagi 
to‘rtta  hayot  muhitida  yashay  oladilar.  Bular 
havo,  suv,  tuproq 
va  tirik  organizm lardan
  iborat  muhitlardir.  Hayot  muhiti  o ‘z 
navbatida  ichki  omillar  xarakteriga  qarab  bir necha  maydaroq 
muhitlarga  yoki 
yashash  m uhitlariga
  b o ‘linadi.  Masalan,  suv 
muhitida chuchuk suv, sho‘r, k o l m a k  va oqar, chuqur va sayoz, 
iliq  va  sovuq  suvli  kabi  yashash  muhitlarini  farqlash  mumkin. 
Hayot muhiti o ‘zining turli  unsurlari  va jarayonlari orqali tirik 
organizmlar  bilan  bevosita  yoki  bilvosita  o ‘zaro  munosabatda 
b o ‘lib  turadi.  Bu  t a ’sirlar  tarkibi,  tuzilishi,  xususiyatlari  va 
boshqa  jihatlariga  k o ‘ra  nihoyatda  xilma-xil  b o la d i.  Hayot 
muhiti vaqt va m akonda ko ‘pdan-ko‘p harakatdagi elementlar, 
hodisalar, shart-sharoitlardan tashkil topadi.  Hayot muhitining 
tirik  organizmlarga  t a ’sir  k o ‘rsatuvchi  elementlari 
ekologik 
om illar
  deyiladi.  M u h itn ing   org an izm g a  t a ’siri  aynan  shu 
ekologik  omillar orqali  amalga  oshadi.  Organizmlarning  hayot 
tarzi,  qiyofasi,  xususiyatlari  ana  shu  omillarga  k o ‘p  jihatdan 
b o g liq  b o lad i.  Organizmlar  omillarga  turli  reaksiyalar  orqali 
o ‘zaro  moslashadilar.  Ammo,  bu  moslashish  bir  tomonlama 
jarayon emas,  balki  organizmlar muhitni,  to ‘g‘rirog‘i, ekologik 
omillarni m a ’lum darajada o ‘zlariga moslab o ‘zgartiradilar ham. 
M u h it  bilan  o r g a n iz m   o rasidagi  o 'z a r o   m oslashish  turli 
ko‘rinishlarda  namoyon  boiishi  mumkin.  Uning 
morfologik, 
fiziologik,  xulqiy  (etologik)  shakllari
  ajratiladi.  Organizmning 
muhitga moslashuvini 
adaptatsiya
 deyiladi va u organizmlarning 
asosiy xususiyatlaridan  biri  hisoblanadi.
Ekologik  omillar  tabiati  va  xususiyatlariga  k o ‘ra  bir  necha 
guruh  va  guruhchalarga  boiinadi.  ya'ni  tasniflanadi.  Ulardan 
eng maqbuli  sifatida quyidagi  tasnifni  keltirish  mumkin:
www.ziyouz.com kutubxonasi

1. 
A b io tik   om illar  -
  n o o rg a n ik   (o ‘lik)  ta b ia tn in g   tirik 
organizmlarga  t a ’sirini  ifodalovchi  omillar  b o ‘lib,  ular  4  ta 
guruhchaga  b oiinadi:  a)  iqlim  omillari  -   yorug lik,  harorat, 
namlik,  shamol,  bosim  va  boshqalar  bilan  b o g liq   t a ’sirlar;  b) 
edafik  yoki  edafogen  omillar  -   tuproqning  xususiyatlari  bilan 
b o g liq   t a ’sirlardir;  d)  orografik omillar -  hududning yer yuzasi 
tuzilishi,  relyefi  bilan  b o g liq   t a ’sirlar;  e)  gidrologik  omillar  -  
suvning xususiyatlari  bilan  b o g liq   t a ’sirlar.
2. 
Biotik  omillar
  -   tirik  organizmlarning  bir-biriga  o ‘zaro 
t a ’sirini  ifodalovchi  omillar  b o i ib ,   ularni  3  ta  guruhchaga 
ajratish  mumkin:  a)  fitogen  omillar  -   o ‘simliklar  bilan  b o g liq  
t a ’sirlar;  b)  zoogen  omillar  -   hayvonot  dunyosi  bilan  b o g liq  
t a ’sirlar;  d)  m ik rb io g e n   o m illa r  -   quyi  d a r a j a d a g i   tirik  
organizmlar (mikroblar,  bakteriyalar,  mikroskopik o ‘simliklar, 
zam b u ru g la r)  bilan  b o g liq   t a ’sirlar.
3. 
Antropogen  om illar
  -   jam iy at  (inson)ning  turli  ishlab 
chiqarish faoliyatlari bilan bogliq ta’sirlar. Antropogen omillarni 
m a ’lum  m a ’noda  biotik  omillar  guruhiga  mansub  deb  qarash 
ham  mumkin.  Ammo,  inson  ongli  faoliyatining atrof-muhitga, 
jum lad an ,  tirik  tabiat  (organizm)ga  t a ’siri  boshqa  biologik 
mavjudotlarnikiga nisbatan beqiyosdir. Ayniqsa, hozirgi davrda 
yerdagi  hayot  taqdiri  k o ‘p  jih a td a n   insonga  b o g l i q   b o i i b  
q o lm o q d a .  Shuning  uchun  a n tro p o g e n   om illarni  a lo h id a  
chuqurroq  o ‘rganish  va  unga  yetarli  ahamiyat  berish  muhim 
ekologik  zaruratlardan  biridir.
Ekologik  omillarning  turi  va  ularning  organizmga  t a ’sir 
darajasi  cheksiz  b oiishi  mumkin,  ammo  muayyan  organizm 
uchun  omillarning  son  va  miqdoriy  k o ‘rsatkichlari  m a ’lum 
chegaraga  ega  bolad i.  Har  bir  organizm  turi  uchun  asosiy  rol 
o ‘ynovchi  yoki  unchalik  ahamiyatga  ega  b o lm agan  omillarni 
farqlash  mumkin.  Organizmlar  uchun  har bir omilning qulaylik 
nuqtasi  va chegarasi  turlicha  b o lad i.
E k o lo g iy a d a   o r g a n iz m n in g  
ekologik  vale ntlig i
  d e g a n  
tushuncha bor.  Bu m a’lum turning turli omillarga makon va vaqt 
jihatidan  chidamlilik  doirasining  kengligi  bilan  xarakterlanadi. 
Y a ’ni,  tur  qanchalik  k o ‘p  hududlarda  uzoq  vaqt  yashashga 
moslasha  olgan  b oisa  uning ekologik  valentligi shuncha yuqori
www.ziyouz.com kutubxonasi

deb  baholanadi  va  bunday  turlarni  evritori  (yunoncha  eurys  -  
keng.  topos  -  joy)  turlar  deyiladi.  Moslashish  doirasi  tor(keng 
tarqala  olmaydigan)  turlarni 
stenotop
  (yunoncha  stenos  -   tor. 
t o p o s - jo y )  turlar deyiladi va bunday turlarni ekologik valentligi 
kichkina deb baholanadi.  Har qanday omil organizmga ma'lum 
miqdor va  qiymat chegarasida ijobiy  ta'sir ko'rsata  oladi.  Omil 
i n te n s iv lig in in g   ortishi  yoki  pasay ish i  o rg a n iz m d a   turli 
o'zgarishlarni yuzaga keltirib chiqaradi. Omilning ta'sir doirasida 
organizmning bardoshlilik darajasiga qarab normal 
hayot ( vital) 
va 
nobud  b o 'lish fle tal)
  zonalari  farqlanadi.  N obud  bo'lish 
zonasiga  o'tish n in g   minimal  va  maksimal  n uqtalari 
kritik 
n u qtalar
  yoki 
chid am lilik  chegaralari
  deyiladi.  O m ilning 
organizmga  eng qulay  t a ’sir etish  nuqtasi optimum deyiladi.
Populyatsiya -  fransuzcha 
rorulations
 so'zidan olingan bo'lib. 
xalq, aholi degan ma'nolarni bildiradi.  Bu atama XVIII  asrning 
oxirlaridan   boshlab.  to  XX  a srning  40-50-yillariga  q a d a r 
biologiya  fanida  har  q a n d a y   individlar  yig'indisi  sifatida 
qoMlanib  kelindi.  Ekologik  nuqtayi  nazardan  esa  populyatsiya 
deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan yoki 
0
‘sadigan  va  bir  turga  mansub  b o ‘lgan  individlar  yig'indisiga 
aytiladi.  Bir  populyatsiyaga  m ansub  individlar  shu  turning 
boshqa  populyatsiya  individlariga  nisbatan  bir-biri  bilan  erkin 
va  oson  chatishadi.  Populyatsiyaning  asosiy  xususiyati  uning 
genetik birligidir. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan yana 
biri  o 'z in i   son  j i h a t d a n   i d o ra   e tish id ir.  Ayni  s h a r o i td a  
individlarning  optimal  sonining  saqlab  turilishi  populyatsiya 
gomeostazi
  deyiladi.  Yuqoridagi  ta'rifdan  ko'rinib  turibdiki. 
populyatsiya guruhli birlashma hisoblanadi. Guruhli hayot tarzi 
populyatsiya  uchun o'ziga xos xususiyatlarni  keltirib chiqaradi. 
Bu xususiyatlar populyatsiyaning soni, zichligi. tug'ilishi, o'lishi, 
o'sishi  va  o ‘sish  tezligida  o'z  ifodasini  topadi.  Individlarning 
m a'lu m   hududda  tarqalishi.  jinsi,  yoshi  hamda  morfologik, 
fiziologik.  xulqiy  va  genetik  xususiyatlari  populyatsiyaning 
tuzilmasini ifodalaydi.
Populyatsiyaning  individlari  bir-biridan  yoshi,  jinsi,  hayot 
siklining turli fazalariga, beqaror guruhchalarga (poda, koloniya
oila  va  b.)  mansubligi  bilan  farq  qiladi.  Populyatsiyadagi
www.ziyouz.com kutubxonasi

individlar soni har xil turlar orasidagina emas, balki bir tur ichida 
ham  har  xil  bo'ladi.  Populyatsiyadagi  individlarning 
m o'lligi 
u la r n in g   u m u m iy   soni,  a b s o ly u t  va  nisbiy  z ic h lik la rd a  
ifodalanadi. 
Son  ko'rsatkichi  -
  bu  populyatsiya  egallagan 
hududlardagi  individlarning  umumiy  sonini  bildiradi. 
Zichligi 
esa,  m a ’lum  maydon  birligiga  to'g'ri  keluvchi  individlar sonini 
bildiradi.  Bu ikki  ko'rsatkich bir-biri bilan  uzviy bog'liq.
Tug
 
‘ilish -
 bu m a ’lum vaqt ichida tug'ilgan individlar sonidir. 
Bu  ko'rsatkich  m a ’lum  turning  evolutsiyasi  davomida  qaror 
topgan  xususiyatlardan  bo'lib,  turning  biologiyasi,  xulqi, jinsiy 
yetilishi, jinslarning nisbati. muhitning qulayligi kabi hollar bilan 
belgilanadi.
Nobud bo ‘lish (o'lish) -
 bu m a ’lum vaqt ichida nobud bo'lgan 
in d iv id la r   soni.  Bu  k o 'r s a t k ic h   ham   tu rn i n g   o 'z ig a   xos 
xususiyatlaridan biri bo'lib, hayot muhitining xarakteriga bog'liq 
bo'ladi.
Populyatsiyaning о *sishi -
 bu tug'ilish va o'lish orasidagi farq 
bilan  ifodalanadi.  U  hayot  muhitining  holatiga  qarab  musbat 
yoki manfiy ifodaga  ega  bo'lishi mumkin.
O'sish  tezligi  -
  bu  vaqt  birligidagi  o'sish  darajasi  bilan 
belgilanadigan  ko'rsatkichdir.  M a ’lumki,  har  qanday  tirik 
organizm  bir  qancha  boshqa  organizmlar  orasida  yashaydi  va 
ular bilan  turli  munosabatlarda  bo'ladi.  Tirik  organizmlarning 
birgalikda  tashkil  etgan  tuzilmalari  yoki  hamjamoalari  o'ziga 
xos  tabiiy  qonuniyatlar  asosida  vujudga  keladi  va  boshqarib 
turiladi.  Organizm  darajasidan  yuqori  turadigan  ana  shunday 
tizimlardan  biri -  biosenozlardir. 
Biosenoz
 lotincha so'z  bo'lib, 
bios  -  
h a y o t, 
senoz 
-  
u m u m ,  j a m o a  
d e m a k d i r  
(5-rasm).
Biosenoz  deb  m a ’lum  vaqt  mobaynida  bir-biri  bilan  uzviy 
bog'liqlikda  shakllangan  va  birgalikda  faoliyat  ko'rsatadigan 
turli  tirik  organizmlarning  hamjamoasiga  aytiladi.  Ekologik 
jihatdan  biosenozning quyidagi  xususiyatlariga  asosiy  e ’tiborni 
qaratish  lozim:
•  biosenoz  turli  tirik  organizm lar  g u ruhla rida n  iborat 
murakkab tabiiy  tizim sifatida  faoliyat  ko'rsatadi:
•  uning shakllanishi ko'p hollarda  uzoq  vaqtni  talab etadi;
www.ziyouz.com kutubxonasi

•  undagi  tirik  organ iz m la rn in g   o ‘zaro  m u n o sa b a tla ri 
muvozanatlashgan  holda  bo‘ladi;
•  biosenozdagi  tirik  organizmlar  o ‘zaro  va  atrof-muhitga 
moslashib yashaydilar.
Biosenoz  xilma-xil  tuzilmaga  ega.  Odatda  uni  tur.  fazo  va 
ekologik  tuzilm alarga  boMib  o 'rganiladi.  Biosenozning 
tur 
tuzilm asi
  deyilganda  biosenozdagi  turlarn ing  xilma-xilligi, 
miqdori, ulaming fenologik holati va hokazolar e ’tiborga olinadi.
5-rasm .  B iosenoz  tuzilm asi  (M a n b a :  A .T o 'x ta y e v ,  1998).
Biosenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar 
tarkibidir.  Ayni  bir  biosenoz  uchun  xos  boMgan 
Download 3.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling