0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi p. S. Sultonov ekologiya va atrof-muhitni


Download 3.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana02.02.2018
Hajmi3.71 Kb.
#25787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27

0
‘simlik  va 
hayvon  turlarining  umumiy  soni  deyarli  doimiy  boMib.  har 
xil turdagi  biosenozlarda  u keskin o'zgarib turadi.  N am  tropik 
o ‘rmonlardagi  biosenozlar turga  boy  hisoblansa, q u rg ‘oqchil 
va  sovuq  hududlardagi  biosenozlarda  turlar  kam  uchraydi. 
Maydon  birligiga  t o ‘g ‘ri  keladigan  turlar  soni  biosenozning 
turlarga to'yinganligi
  deb  ataladi.  U  ham  turli  biosenozlarda 
turlar  tarkibi  kabi  o'zgarib  turadi.
Biosenoz  o d a t d a   fito sen o z,  z o o sen o z ,  m ik o s e n o z   va 
m ik rob iosen ozlardan  tashkil  topadi.  Biosenoz  va  u  bilan
www.ziyouz.com kutubxonasi

bog'langan  biotopning  chegaralari  birinchi  navbatda  o'simlik 
qoplami  o'zgarishi  bilan  aniqlanadi.  Fitosenoz  hosil  qilishda 
o'simliklar orasida son jihatdan ko'pchilikni tashkil etuvchi yoki 
ko'zga  yaqqol  tashlanuvchi  tur  ajratiladi  va  bu  tur  odatda 
hukmron
 (yoki 
dominant)
 tur deyiladi.  Demak. dominantlar yoki 
hukm ron  b o 'lib   hisoblangan  tu rlar  m iq d o r  j ih a td a n   k o 'p  
uchraydi  va  boshqa  turlar  orasida  yaqqol  ajralib  turadi.  Ular 
asosiy  organik  massa  to'plovchi  hamda  fitosenozning  fonini  va 
xarakterini  belgilovchi  hisoblanadilar.  D o m in an t  turlarga 
nisbatan  ozroq  m iqdorda  uchraydigan,  amm o  fitosenozda 
m a ’lum  ahamiyatga  ega  bo'lgan  turlar 
subdominant -
  ikkinchi 
hukmron turlar deb ataladi. Dominant va subdominant turlardan 
tashqari jam oa tarkibida kamroq sonda uchraydigan turlar ham 
mavjud.  Ular 
komponentlar
  deyiladi.  Kam  sondagi  va  noyob 
turlar ham  biosenozning hayotida muhim  rol o'ynaydi.  M a ’lum 
bir  turning  barcha  abiotik  va  biotik  omillar  majmuiga  bo'lgan 
munosabati, y a ’ni biosenozdagi boshqa turlarga nisbatan tutgan 
o'rni 
ekologik o'rin
 deyiladi.  Tabiatda populyatsiyalarga xilma- 
xil  abiotik  va biotik omillar t a ’sir etadi. Shuning uchun  umumiy 
ekologik  o'rin  ichida  iqlim,  trofik,  edafik  va  boshqa  xususiy 
ekologik  o'rinlar  ajratiladi.  V.N.Beklemishev  tasnifotiga  ko'ra 
ekologik  o'rin  trofik,  tropik,  forik  va  fabrik  kabi  toifalarda 
namoyon  bo'ladi. 
Trofik 
aloqa  bir  turning  ikkinchi  tur  bilan 
oziqlanishida  namoyon  bo'ladi. 
Tropik 
aloqa bir tur tomonidan 
ikkinchi  turning  yashash  sharoitini  o'zgartirilishida  namoyon 
bo'ladi. O'rmondagi daraxtlar tomonidan shu yerlarda o'suvchi 
boshqa  organizmlar  hayotiga  ko'rsatiladigan  t a ’sirlarda  bu 
yaqqol  namoyon  bo'ladi. 
Forik 
aloqa  bir  turning  tarqalishiga 
ikkinchi turning ta ’sir etishidir.  Ko'pgina  hayvonlar tomonidan 
o'simliklarni istc’mol qilib, ular urug'larining tarqatilishi  bunga 
misoldir.  Bir  turning  o'ziga  in  qurish  uchun  boshqa  turning 
qoldiqlaridan  foydalanishi 
fabrik 
aloqa  deyiladi.  Masalan, 
qushlar  in  qurish  uchun  daraxt  barglari,  shoxchalarini  tashib 
kelad i,  h a y v o n la r n in g   jun  va  p a t l a r i d a n   f o y d a l a n a d i . 
B iosenozdagi  o r g a n iz m la r   bir-biri  bilan  tu rlic h a   o 'z a r o  
mu n o s ; i h ; i i l ; i r d ; i ,  
ya'ni  biotik  aloqalarda  bo'ladilar.  Bunday 
aloqalar-ning  quyidagi  shakllarini  ajratish  mumkin: 
M utualizm
www.ziyouz.com kutubxonasi

yoki 
simbioz
  -   o'zaro  aloqaning  har  ikki  tomon  uchun  foydali 
bo'lishi; 
Kommensalizm -
 o'zaro aloqaning organizmlardan biri 
uchun  foydali,  ikkinchisi  uchun  zararsiz  bo'lishi; 
Yirtqichlik
  -  
aloqaning organizmlardan  biri  uchun  foydali,  ikkinchisi  uchun 
zararli bo'lishi; 
Parazitizm -
 bir organizmning ikkinchi organizm 
hisobiga yashashi; 
Neytralizm
 -  organizmlarning bir-biriga foyda 
yoki zarari yo'qligi; 
Antibioz
 -  bir organizm ajratib chiqaradigan 
zaharli  moddalar,  masalan,  antibiotik,  fitonsidlaming  ikkinchi 
organizmga  t a ’siri; 
Raqobat  -
  yashash joyi  yaqin  organizmlar, 
turlar orasida joy,  ozuqa uchun  kurash,  bundan har ikki tomon 
zarar  ko'rishi  ham  mumkin.  Biosenozning 
fazoviy  tuzilm asi 
deyilganda organizmlarning relyef bo'ylab tarqalish qonuniyati 
tushuniladi.  Masalan,  o'simliklarning  abiotik  omillarga  mos 
ravishda turli joylarni egallashi va qavat-qavat bo'lib tarqalishi. 
Biosenozning 
ekologik tuzilmasi
 deyilganda  ekologik  omillarga 
bog'liq  ravishda  shakllangan  organizmlar  guruhlarining  bir- 
biriga nisbati tushuniladi.  Masalan,  organizmlarning cho ‘1 yoki 
ko'l  sharoitlariga moslashgan  turlar nisbati.
Biosenozga  xos  q o n u n iy a tla r n i  bilish  insonga  m a ’lum 
d a r a j a d a   uni  « b o s h q a ris h »   im k o n iy a tin i  berad i.  S u n ’iy 
biosenozlarni  yaratish,  o 's im lik la rn i  biologik  him oyalash 
usullarini  ishlab  chiqish  ana  sh unday  im koniyatlardandir. 
Biosenozdagi organizmlarning bir m e ’yorda hayot kechirishlari 
uchun  ularga  m a ’lum  ko 'rsa tk ic h larg a   ega  bo'lgan  abiotik 
omillar majmui  zarur  bo'ladi.  Ana  shu  abiotik  omillar majmui 
yoki  boshqacha  qilib  aytganda,  biosenozning  mavjud  bo'lishi 
uchun  zarur  bo'lgan  muhit  (joy) 
biotope
  (bios  -  hayot,  topos -  
joy)  deb  ataladi.  Har qanday  biosenoz  o'ziga  xos  biotop  bilan 
birgalikda faoliyat ko'rsata oladi.  Yashash sharoitlari o'xshash, 
bir-biri  bilan  uzviy  bog'liq  holda  shakllangan  va  yashaydigan 
tirik  o r g a n iz m la r   h a m d a   u l a r n i n g   yashashi  uchun  z a ru r 
bo'ladigan  abiotik muhit  (biotop)dan  iborat funksional  tizimni 
ekologik tizim
 yoki 
ekotizim
  deb ataladi.  Unga o'rmon,  o'tloq, 
ko'l kabilar misol bo'lishi mumkin. Tirik tabiat qonuniyatlarini 
to'g'ri tushunib yetishda organizmlar uyushmasini populyatsiya, 
biosenoz  d a ra ja s id a g in a   emas,  b alk i  ekotizim  d a ra ja s id a  
o'rganish  maqsadga  muvofiqdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ekotizimlar  deganda  tabiatning  vaqt  jih a tid a n   nisbatan 
barqaror,  uzoq  evolutsiya  jarayonida  shakllangan,  o ‘zini  o ‘zi 
m a ’lum  darajada  boshqarib  turadigan  va  tashqi  t a ’sirlarga 
qarshilik  k o ‘rsata  olish  xususiyatlariga  ega  boMgan  murakkab 
tizim tushuniladi.  Uning tashkil etuvchi komponentlari orasidagi 
o ‘zaro  m u n o s a b a t l a r   m o d d a   va  energiya  a lm a s h in u v ig a  
asoslangan  boMadi.  Ekologiyada  ekotizimga  yaqin  boMgan 
biogeosenoz (bios -  hayot, geo -  yer, senoz -  jamoa) tushunchasi 
ham  qoMlaniladi.  Hozirgi  vaqtda  biogeosenoz  deganda  uzoq 
evolutsiya  jara y o n id a   shakllangan,  fazoviy  chegaraga  ega 
boMgan,  funksional jihatdan tirik organizmlar va abiotik muhit 
bilan  o ‘zaro  munosabatdagi,  maMum  energetik  holati  hamda 
moddalar  almashinuviga  ega  boMgan  tabiiy  tizim  tushuniladi. 
K o ‘pincha  ekotizim  va  biogeosenoz  tushunchalari  bir-birining 
sinonimi sifatida qoMlaniladi va deyarli bir xil m a ’noni bildiradi. 
E k o tiz im la r  biogeosenozga  n is b a ta n   k e n g ro q   tu s h u n c h a  
hisoblanadi.  Har  qanday  biogeosenoz  o ‘z  navbatida  ekotizim 
boMa  oladi,  ammo  har  qanday  ekotizimni  biogeosenoz  deb 
boMmaydi.
Ekotizimda  moddalar  aylanishini  t a ’minlash  uchun  m a ’lum 
miqdorda kerak boMadigan anorganik moddalar zaxirasi boMishi 
va  bajarayotgan  ishi jihatidan  uch  xil  ekologik  guruhni  tashkil 
etuvchi  organizmlar  boMishi  zarur. 
Birinchi  guruhga 
yashil 
o ‘simliklar  kiradi.  Ular  quruqlikdagi  har  qanday  biosenozning 
asosiy tarkibi va energiya manbaini tashkil qiladi.  Bunday aftotrof 
o r g a n iz m la r  
produtsentlcir
 
deb  a ta la d i.  P r o d u ts e n t la r  
assimilyatsiya  j a r a y o n id a   t o lplan g an  energiyasini  boshqa 
organizmlarga  beruvchilardir.  Fotosintez  qiluvchi  organizmlar 
quyosh  energiyasi  ishtirokida  organik  moddalarni  sintez  qilib, 
yorugMik  energiyasi  bogMangan  kimyoviy  energiyani  to ‘playdi. 
Suv  havzalaridagi  ekotizimlarda,  y a ’ni  dengiz,  okeanlar  va 
koM larning  yuqori  q a tl a m l a r i d a   y ashovchi  fito p la n k -  
t o n la r ( m a y d a   bir  h u ja y ra li  o r g a n iz m la r   va  suv  o ‘tla ri) 
produtsentlar  sifatida  faoliyat  k o ‘rsatadi.  Quruqlikda  katta 
o^rmonlar  va  yaylovlarni  tashkil  etuvchi  o ‘simliklar  ochiq 
urug Mila r va gulli c ‘simlik!ar dastlabki organik modda to‘nlashda 
katta  o ‘rin  egallaydi. 
Ikkinchi  guruhga 
hayvonlar  kiradi.  Ular
www.ziyouz.com kutubxonasi

0
‘simliklar  tomonidan  to ‘plangan  organik  moddani  iste'mol 
qiluvchilar hisoblanadi va 
konsumentlar
 deb ataladi. Ular birinchi, 
ikkinchi  va  uchinchi  tartiblardagi  konsumentlarga  ajratiladi. 
I  
tartibdagi  konsumentlarga
  p rodutsentlar  bilan  oziqlanuvchi 
o ‘txo‘r hayvonlar kiradi. Quruqlikda keng tarqalgan II tartibdagi 
konsumentlarga  hasharotlarning  k o ‘pchilik  vakillari,  sudralib 
yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar kiradi.  Eng muhim  III 
ta r tib d a g i  k o n s u m e n tla r g a   sut  e m iz u v ch ilarn in g   o ‘t x o ‘r 
guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqlilar xosdir. Tuyoqlilar yaylov 
hayvonlari deb atalishi mumkin. Ularga ot,  tuya, q o ‘y, echki va 
qoram ollar  kiradi.  Suv  havzalari  ekotizimlariga  o ‘tx o‘r  suv 
hayvonlari, odatda molluskalar va  mayda qisqichbaqasimonlar 
kiradi.  Ularning  vakillari  suvdagi  mayda  suv  o ‘tlarini  fikrlash 
usuli bilan oziqlanadi.  I tartibdagi konsumentlarga o ‘simliklarda 
parazit  holda  hayot  kechiruvchi  organizmlar  ham  kiradi. 
I I
 va 
I I I  tartibdagi konsumentlar.
  II  tartibdagi  konsumentlar  o‘txo‘r 
hayvonlar bilan oziqlanadi.  Bular III tartibdagi hayvonlar bilan 
birga  e tx o ‘r  h a y v onla r  deb  q a ra la d i.  II  va  III  tartib d a g i 
k o n s u m e n tla r  y irtqichlar  yoki  p a ra z it  ha yvonlar  b o ‘lishi 
mumkin.
0 ‘simlik qoldig‘i va  hayvon jasadi  o ‘zida  energiya saqlaydi. 
Nobud  b o ‘lgan  o ‘simlik  va  hayvonlardagi  organik  moddalar 
mikroorganizmlar,  saprofit  holda  yashovchi  bakteriyalar  va 
z a m b u ru g ‘lar  t a ’sirida  p a rch alan ad i.  Bunday  organizm lar 
redutsentlar
  deb  a ta l a d i .  Shu  b ila n   birga  k o ‘pchilik 
zamburug‘larning meva va tanalari jamoadagi hayvonlar uchun 
sevimli  ozuqa  boMishi  ham  mumkin.  Bunda  ular 
konsumentlar 
hisoblanadi.
Bakteriyalar birinchi  navbatda  redutsentlar  hisoblanib.  ular 
organik  moddalarni  mineral  m oddalarga  parchalab  beradi. 
Demak.  yuqorida  sanab  o ‘tilgan  organizmlar  guruhi  o ‘rtasiga 
keskin  chegara  q o ‘yib  boMmaydi,  chunki  konsumentlar  ayni 
vaqtda  redutsentlar vazifasini  ham  bajarishi mumkin.  Epifitlar, 
asosan, produtsentlar hisoblansa ham oziqlanish vaqtida daraxt 
tanasi  p o ‘stlo g ‘idagi  p arc h a la n g a n   o ‘simlik  qoldiqlaridan 
foydalanadi,  y a ’ni  bir  vaqtda  red u tse n tlar  vazifasini  ham 
bajaradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Ekotizimdagi tirik organizmlarning bir-biri bilan oziqlanishi 
orqali  bogManishini 
trofik
  yoki 
ozuqa  zanjiri
  deb  ataladi.  Bu 
ekotizimda  modda  va  energiyani  qay  tarzda  aylanishini  ifoda 
etadi. Ozuqa zanjirida ishtirok etuvchi organizmlar guruhi zveno 
yoki  bo‘g ‘inlar  hisoblanadi.  Zanjirda  asosan  produtsentlar, 
konsumentlar  va  redutsentlardan  iborat  zvenolar  farqlanadi. 
Trofik  zanjir  b o ‘g ‘inlarida  hosil  etiladigan  biomassaning  vaqt 
birligidagi  miqdori  har  xil  boMadi.  Bu  yerda  quyidagi  doimiy 
qonuniyatni  k o ‘rish  mumkin,  y a ’ni  muayyan  b o ‘g ‘inda  vaqt 
birligida hosil boMadigan biomassa o ‘zidan avvalgi b o‘gMndagiga 
n is b a ta n   kam   boMadi.  E k o tiz im d a g i  p r o d u t s e n t l a r   va 
konsumentlarni trofik zanjir tartibida massa yoki unga ekvivalent 
birliklarda pog‘onama-pog‘ona joylashtirilsa piramida shaklini 
oladi  -   bu 
ekologik piram ida
  yoki 
piramida qoidasi
 deb  ataladi 
(6-rasm).  Bundan  kelib chiqib,  ekologik  piramida ekotizimdagi 
produtsentlar, konsumentlar va redutsentlarning massa, son yoki 
energiya  birliklaridagi  nisbatlarini  grafik  tarzdagi  ifodasidir, 
deyish mumkin.
Bu  q o id a   o rq ali  e k o tiz im d a   m o d d a   va  e n e rg iy an in g  
jamlanishi, sarflanishi,  taqsimlanishi yoki  boshqacha aytganda, 
modda  va  energiya  aylanishi  qonuniyatlarini  inson  tahlil  etishi 
mumkin. Shunday qilib, inson uchinchi ekologik guruhni tashkil 
qiladi. Inson ekotizimlarga xos qonuniyatlarni to ‘g‘ri tushunish, 
ularga antropogen  t a ’sirning  ilmiy  asoslangan  yoMlarini  topish 
va  ularni  boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
6-rasm .  Ekologik  p iram id a  (M an b a:  A .G .B an n ik o v ,  1999-yil).
www.ziyouz.com kutubxonasi

Yuqorida  asosan  tabiiy  ekotizimlar  haqida  fikr  yuritildi. 
Hozirgi paytda, inson omili kuchayishi oqibatida turli sun’iy yoki 
antropogen  ekotizim lar  ham  vujudga  keldi.  Bunga  qishloq 
xo‘jaligi sohasida barpo etilgan madaniy ekin dalalari, o ‘tloqlar, 
o ‘rmonlar,  baliqchilik  xo‘jaliklari,  bo g ‘-rog‘lami  misol  qilib 
k o ‘rsatish  mumkin.  Bunday  ekotizimlarda  inson  tabiatning 
tarkibiy qismi sifatida ishtirok etadi va uni boshqarishda yetakchi 
rol  o ‘ynaydi.
Tekshiruv savollari
1.  Hayot muhiti deyilganda nimani  tushunasiz?
2.  Ekologik omillar haqida  nimalar bilasiz?
3.  Tirik  organizmlarning  atrof-muhitga  moslashuvini  tahlil 
eting.
4.  P o p u l y a ts i y a   q a n d a y   t u z i lm a   va  u n in g  asosiy 
xususiyatlarini  tushuntiring.
5.  Biosenoz  tushunchasini  tushuntiring.
6.  Ekotizim va  unga xos qonuniyatlarni  tushuntiring.
7.  Ekotizimdagi  m odda  va  energiya  almashinuvi  qanday 
amalga  oshadi?
8.  Populyatsiya,  biosenoz  va  ekotizimlarni  o ‘rganishning 
qanday ekologik  ahamiyati  bor?
1.4.  Biosferada kechadigan jarayonlar
Mavjud  ilmiy manbalarga  k o ‘ra,  yer sayyorasida hayotning 
paydo bo‘lish tarixi 3,5-3,8  milliard yilga  teng deb hisoblanadi. 
Hayotning vujudga kelishi haqida bir necha nazariyalar mavjud. 
Ulardan  birida  t a ’riflanishicha,  hayot dastlab  tiriklikning  b a ’zi 
xususiyatlarini  o ‘zida  mujassamlashtirgan  organik  birikmalar 
shaklidan  boshlanib,  to  hozirgi  ongli odamgacha  b o ‘lgan  uzoq 
evolutsion davrni boshidan kechirgan. Tirik organizmlar bu uzoq 
taraqqiyot davrida yuqori moslashuvchanlik xususiyatlari tufayli 
y erdagi 
tu rli 
h a y o t 
m u h i t l a r i n i  
o ‘z l a s h t ir d il a r  
(1-rasm).  Masalan,  hozir  fanga  organizmlarning  haroratga 
bardoshlik chegarasi absolyut nuldan (-273°C) to  180°C gacha,
www.ziyouz.com kutubxonasi

bosimga  bardoshlilik  chegarasi  esa  vakuum dan  to  12  ming 
atmosfera(12*108Pa)  gacha  ekanligi,  b a ’zi  organizmlar  turli 
m u h itla rd a   (kislota  va  eritm alarda),  h a tto   yadro  reaktori 
qozonlarida  ham  uchrashi  mumkinligi m a ’lum.
Yerda  hayotning  paydo  boMishi,  takomillashuvi  va  k o ‘plab 
hududlarni egallay  boshlashi  bilan  tirik organizmlar sayyorada 
kechadigan jarayonlarda o ‘ziga xos o ‘rinni egallay boshlaganlar. 
H a y o tn in g   doimiy  t a ’siriga  d u c h o r  boMgan  yerning  yuza 
qatlamlarida,  ya’ni  atmosferaning  20-25  km.  balandligigacha 
yoki  a e r o b i o s f e r a g a c h a ,   suv  z a m i n la r in i n g   0,5  km. 
c h u q u r l i g ig a c h a   a lo h i d a   o ‘ziga  hos  x u s u s iy a tla r i  b ila n  
farqlanuvchi «jonli qobiq» shakllangan. M ana shu jonli qobiqni 
biosfera  yoki  hayot  qobig'i  deb  ataladi.  Bu  qobiqni  yerning 
alohida qobigM sifatida o'rganishni dastlab  1875-yilda avstriyalik 
geolog  E.Zyuss  t a k lif   etgan  boMsa-da,  biosfera  haqidagi 
t a ’lim o tn in g   a so sch isi  ta n iq li  rus  olimi  V .I .V e r n a d s k iy  
hisoblanadi. U tirik organizmlar funksiyalarini chuqur tahlil etish 
asosida  «ular  qudratli  geokimyoviy  kuchga  ega,  yerning  yuza 
qobiqlaridagi  tabiiy  ja ra y o n la rd a   ularning  faoliyati  g ‘oyat 
muhim omil  hisoblanadi,  shuning uchun  yer qobiqlarining ular 
t a ’sirida  boMadigan  qismlarini  alohida  qobiq  deb  qarab  uni 
mustaqil  o'rganish  zarur», degan  fikrga  keladi.
Biosfera  deyilganda  yerning  hayot  tarqalgan  yuza  qismlari 
tushuniladi.  U  o ‘z  ichiga  barcha  tirik  organizmlarni  va  ular 
tarqalgan joydagi noorganik moddalarni qamrab oladi.  M a ’lum 
torroq m a ’noda,  biz atrof-muhit yoki  tabiat deganimizda mana 
shu biosferani nazarda tutamiz. Organizmlarning tabiatda tutgan 
o'rni, ularning turli-tumanligi, keng tarqalganligi, uzoq geologik 
d a v rla r   m o b a y n id a   m av ju d   ekanligi,  o 'z ig a   xos  ta n la s h  
xususiyatiga  egaligi,  biokimyoviy jihatdan  favqulotda  faolligi 
kabi  ko'rsatkichlari  bilan belgilanadi.  Ularning biomassasi yer 
qobigMning b or-yo'g'i  0.0001% ni,  quruq massasi  bo'yicha esa
0,00001% ni tashkil etadi, bu miqdor doimo uzluksiz yangilanib, 
tiklanib va parchalanib turadi.  Shuning uchun organizmlarning 
tabiatdagi  roli  haqida fikr yuritilganda faqat  miqdoriy jihatdan 
yondashish  noto'g'ridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Hozirgi paytda yerdagi tirik organizmlarning yillik o'rtacha 
o'sishi  2,23* 10м  tonnani  tashkil  etadi.  Agar  so'nggi  milliard 
yil  uchun  bu  miqdorni  hisoblasak,  yer  qobig'ining  massasiga 
nisbatan  10  m arta  k o 'p   biomassa  hosil  bo'lganligini  ko'rish 
m u m k in .  B u n c h a   m iq d o r   b io m a s s a   va  u n d a   j a m l a n g a n  
energiyani  ko'z  oldimizga  keltirsak,  organizmlarning  yerdagi 
ahamiyati haqida yaqqolroq t a s a w u r  hosil qilishimiz mumkin.
Biosferadagi  mavjud  moddalarni  quyidagi  to 'rtta   guruhga 
ajratish  mumkin:
1.  T irik   m od d ala r.  Bularga  b io s f e ra d a g i  b a rc h a   tirik 
o rg a n iz m la r  -   o 's im lik la r,  h a y v o n o t  va  quyi  d a ra ja d a g i 
jonzotlar kiradi.  Tirik m oddalam ing eng muhim xususiyatlari 
u la r n in g   u m u m iy   vazni,  kim y o v iy   ta r k ib i  va  energiyasi 
hisoblanadi.
2.  Biogen  m oddalar.  Bular  tirik  o r g a n iz m la r  faoliyati 
n a t i j a s i d a   h o s il  b o ' l g a n   va  o ' z g a r i s h l a r g a   u c h r a g a n  
moddalardir. 
Neft,  torf,  ko'm ir,  ohaktosh,  tabiiy gaz  va  shu 
kabilar  biogen  moddalarga  misol b o 'la   oladi.
3.  N oorganik  moddalar  va  suv.  Bular  biosferadagi  turli 
noorganik  m o d d a la r  va  suvlarni  o 'z   ichiga  oladi.  Bunday 
m oddalar  tirik  organizmlar  uchun  yashash  muhiti  va  vositasi 
bo'lib  hisoblanadilar.
4.  Biokos  yoki  oraliq  m oddalar.  Tirik  o rg aniz m la rn ing  
faoliyati  t a ’sirida  o 'z g a ris h la rg a   u c h ra g a n   m o d d a la rd ir. 
Bularga tuproqlar, cho'kindilar,  tog'jinslari, illar va suvlarning 
m a ’lum qismini misol qilib ko'rsatish mumkin.Tirik m oddalar 
energetik jihatdan o'lik moddalarga  nisbatan bir necha barobar 
faol  bo'ladilar,  y a ’ni  ularda  energiyaning  to'planishi  va  sarf 
bo'lishi  nisbatan  tez  kechadi.
V.I.Vernadskiy  insonning  biogeokimyoviy  faoliyatini  ham 
tirik moddalaming alohida funksiyasi sifatida ajratishni tavsiya 
etgan.  Bu fikrning ilmiy ahamiyati hozirgi insoniyatning ishlab 
chiqarish  faoliyati  k uchaygan  d a v rd a   y a n a d a   yaq q o lro q  
namoyon  bo'lm oqda.
Tirik  o rg a n iz m la rn in g   tabiiy  j a r a y o n la r d a g i   ishtiroki 
ularning quyidagi beshta funksiyasi bilan ifodalanadi (2-jadval).
www.ziyouz.com kutubxonasi

F u n k siy alar
J a r a y o n la r
Energetik
Fotosintez.  energiyaga  boy  bo'lgan  moddalaming 
parchalanishi.  ozuqa  zanjirlari  orqali  energiya  va 
moddalaming  otkazilishi
To'plovchi
(akkumulyativ)
Organizmning 
tana 
tuzilishi 
uchun 
zarur 
moddalaming hayot  faoliyati  natijasida  to'planishi
Parlox chi( destruktiv)
Organik  moddalaming  parchalanishi.  Oksidlanish- 
qaytarilish jarayonlari
Muhit  hosil  qiluvchi
Tashqi  muhitning  fizik-kimyoviy  xususiyatlarini 
o'zgartirish
Transport  (migratsiva)
Moddalaming 
yerning 
tortish 
kuchiga 
qarshi 
yo'nalishda  ko'chirilishi
M a ’lu m k i,  in so n n in g   a q l- z a k o v a t i   tu fa y li  a m a lg a  
oshirilayotgan  b a ’zi  ishlab  chiqarish  jarayonlari  ko'lam i  va 
qud rati  jih a tid a n   tabiiy  ja r a y o n la rd a n   ustunlik  qilm oqda. 
Masalan,  qisqa  vaqt  ichida  yirik  hududlarning  o'zlashtirilishi, 
o ' r m o n l a r n i n g   q isq a rib  
k e tis h i,  tu rli  yirik  s a n o a t  
k o m p le k s la r in i n g   vujudga  kelishi  va  b o s h q a la r   s h u la r  
jumlasidandir. Biosferaga o'z-o'zini boshqarib turuvchi, dinamik 
muvozanatlashgan va bir maromda faoliyat ko'rsatuvchi ulkan, 
murakkab ekotizim deb ham qarash  mumkin.
Tirik organizmlar faoliyati tufayli biosferada katta hajmdagi 
modda  va  energiya  almashinuvi  ro'y  beradi.  Organizmlar  tog' 
jinslarining  nurashida,  yer  yuzasi  relyefining  shakllanishida, 
tuproq hosil bo'lishida, qazilma boyliklarning vujudga kelishida, 
yangi  m oddalaming  sintez  bo'lishida,  energiyaning  to'planishi 
va sarflanishida faol ishtirok etadilar. Biosferada bir-birini taqozo 
etuvchi  o'zaro bog'liq ikkita jarayon:  barpo etish  yoki sintez  va 
parchalanish  yoki  destruksiya  uzluksiz  davom   etib  turadi. 
M illionlab  yillar  davomida  bu  ikki  o 'z a ro   q a ra m a-q a rsh i 
jarayonlar  muvozanatlashgan  tarzda  yuz  berib  kelmoqda.  Bu 
jarayonlarni vujudga keltiruvchi kuch quyosh nuri energiyasidir. 
Yerga  yetib  keladigan  quyosh  energiyasining  99  foizi  tabiatda 
kechadigan turli fizik-kimyoviy jarayonlarga sarf bo'ladi. qolgan
www.ziyouz.com kutubxonasi

bor-yo'g'i  bir  foizigina  o'simliklar  tomonidan  o'zlashtiriladi. 
O'simliklarda  amalga  oshadigan  fotosintez jarayonida  quyosh 
energiyasi  faqat  sarflanib  qolmasdan,  balki  to'planadi,  qayta 
taqsimlanadi  va  uzoq vaqtlargacha zaxiraga  aylanishi mumkin. 
T o 'p l a n g a n   energiya  yerdagi  h ay o t  va  tabiatd agi  boshqa 
ja ra y o n la r  uchun  asosiy  omil  b o 'lib   xizmat  qiladi.  Yashil 
o 'sim lik larnin g   barglarida  jo ylashgan  xlorofil  donachalari 
quyosh energiyasi t a ’sirida fotosintez jarayonini amalga oshirib
karb onat  angidridi,  suv  va  boshqa  noorganik  m oddalardan 
organik  moddalarni  sintez  qiladilar.  Bu  jarayonlarda  m a ’lum 
miqdordagi energiyani ham jamlaydilar.  Bu jarayonni oddiyroq 
tarzda  quyidagicha  ifodalash  mumkin:
J K X ) ^  6 H 20 ------------------ > C , H 120 ,   6 0 ,  
*74U
hn 



12 

2
Fotosintez  jarayoni  faqat  yashil  o'simliklarga  xos  hodisa 
bo'lib,  yerdagi  mavjud  organik  moddalar  hamda  kislorodning 
manbai,  hayotning  asosini  tashkil  etadi.  Shuning  uchun  ham 
fo to s in te z   b io s f e ra d a g i  eng  m u h im   j a r a y o n l a r d a n   biri 
hisoblanadi.  O'simliklarning  umumsayyoraviy  funksiyalaridan 
biri  ham mana  shu jarayon  bilan  belgilanadi.
Biosferada m oddalaming aylanma harakati ayrim kimyoviy 
modda va elementlarning aylanma harakatlaridan tashkil topadi.
Tabiatda asosan quyosh energiyasi t a ’sirida katta ko‘Iamdagi 
geologik modda aylanishi va tirik organizmlar ishtirokidagi kichik 
ko'lamli biologik modda aylanishi  yuz beradi.  Katta ko'lamdagi 
modda  va  energiya  almashinuvi  o 'z  navbatida  quyidagi  uch 
yo'nalishda  kechadi:  a) quyosh energiyasi t a ’sirida suv  va  havo 
massasining  harakati  tufayli  yuz  beruvchi  moddalar  aylanishi;
b)  turli  m exanik,  fizik-kimyoviy  j a r a y o n la r   evaziga  sodir 
etilad igan   m o d d a la r   aylanishi;  d)  yer  q a ’ridagi  tek to n ik  
jarayonlar  t a ’siridagi  m odda  va  energiyaning  harakati.  Bu 
jarayonlarga vulqonlarning otilishi, yer po'stlog'idagi siljishlar, 
yerning  chuqur  qatlamlaridan  ajralib  chiqadigan  issiqlik  kabi 
jarayonlarni misol tariqasida ko'rsatish mumkin. Katta geologik 
modda  aylanishi  asosan  quruqlik  bilan  suvliklar  orasidagi  suv 
aylanishi  tarzida  namoyon  bo'ladi.  Tabiatda  suvning  aylanma 
harakati quyidagicha yuz beradi. Suv yer yuzasiga asosan yog'in-
www.ziyouz.com kutubxonasi

sochin  tarzida  tushadi.  Bunda  uning m a ’lum qismi 
Download 3.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling