01. φ (H2) =60% bo'lgan vodorod va kisloroddan iborat gazlar aralashmasining o'rtacha molyar massasini aniqlang
Download 73.69 Kb.
|
kimyo-2
BIOLOGIYA
1. Olimlarning biologiya fani rivojlanishiga qo'shgan xissalari va aniqlagan kashfiyotlari to'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1) N.I.Vavilov-leykotsitlarni hodisasi; 2) I.P.Pavlov-soxta ovqatlantirish operatsiyasi; 3) I.P.Pavlov - odam oliy nerv faoliyatining tiplari; 4) R.Virxov-OITS kasalligini oldini olish uchun qon zardobini qo'llash. A) 1;3 B) 1;2 C) 2;4 D) 2;3 2. Ikkinchi signal tizimiga tegishli bo'lgan javoblarni tanlang. 1) to'tiqushning iboralarni takrorlashi; 2) dars tinglash; 3) asar o'qish; 4) bolani konfetni ko'rganda xarxasha qilishi; 5) uch yoshli bolaning 2000 so'z aytishi; A) 1,4 B) 5,1 C) 2,3 D) 1,2,3,4 3. Qanday holatlarda suyaklarning egiluvchan bo'lib qolishi kuzatiladi? 1) paratgormon ko'p ishlab chiqarilsa 2) paratgormon kam ishlab chiqarilsa 3) raxit kasalligida 4) yassi oyoqlikda A) 1,3,4 B) 2,3.4 C) 2,3 D) 2,4 4. Odamning nerv sistemasida nerv impulslari qanday yo'nalishda uzatilmaydi? 1) harakatlantiruvchi neyrondan bosh miyaga; 2) oraliq neyrondan sezuvchi neyronga; 3) muskuldan sezuvchi neyronga; 4) orqa miyadan bosh miyaga; 5) orqa miyadan harakatlantiruvchi neyronga; 6) bosh miyadan harakatlantiruvchi neyronga; 7) sezuvchi neyrondan oraliq neyronga;8) harakatlantiruvchi neyrondan orqa miyaga. A) 2,4,5,7 B) 2,5,6,7 C) 1,4,6,8 D) 1,2,3,8 5. Odam organizmida boshqaruv tizimlari va ularning funksiyalari o'rtasidagi muvofiqlik to'g'ri berilgan javobni aniqlang. a) antidiuretik gormon; b) tiroksin; c) simpatik nerv sistemasi; d) parasimpatik nerv sistemasi; 1) reabsorbsiyani susaytiradi; 2) siydik qopi muskullarini qisqartiradi; 3) siydik ajralishini ko'paytiradi; 4) egri-bugri kanalchalarga ta’sir etadi; 5) siydik qopi muskullarini bo'shashtiradi; 6) reabsorbsiyani kuchaytiradi; 7) siydik yig'ilishiga sharoit yaratadi; 8) siydik ajralishini kamaytiradi. A) a-4; b-1; c-5; d-2 B) a-1; b-6; c-5; d- 2 C) a-6; b-1; c-2; d-5 D) a-8; b-3; c-2; d-7 6. Kislorodning qonga diffuziyasi (a), oziq moddalarning qonga so'rilishi (b), qonning filtrlanishi (c), moddalarning qonga qayta so'rilishi (d) odam organizmining qaysi a’zolarida sodir bo'ladi? 1) o'pka alveolalari; 2) buyrakning kalavasimon kanalchalari; 3) yo'g'on ichakning vorsinkalari; 4) ingichka ichakning vorsinkalari; 5) buyrak kapsulasi; 6) bronxlar; 7) jigar. A) a-6; b-7; c-3; d-2 B) a-1; b-3; c-2; d-5 C) a-1; b-4; c-5; d-2 D) a-7; b-3; c-2; d-5 7. Odam organizmi organlar faoliyati to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1) katta qon aylanish doirasida arterial qon vena, venoz qon arteriya qon tomirlarida harakatlanadi; 2) simpatik nerv sistemasi siydik qopi muskullarini qisqartirib, siydik ajralishga sharoit yaratadi;. 3) qondagi qand miqdori oshqozon osti bezi gormoni ta’sirida normada saqlanadi; 4) timozin, tiroksin va somatotrop gormonlari bolalarning o'sishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi. A) 2,3 B) 1,2 C) 3,4 D) 1,4 8. Diastolik bosim vaqtida yurakning holati haqidagi to'g'ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) yarim oysimon klapan ochiq; 2) yurak qorinchalari qisqargan holatda; 3) yurak qorinchalari bo'shashgan holatda; 4) ikki tavaqali klapan ochiq; 5) tavaqali klapanlar yopiq; 6) yurak bo'lmachalari qisqargan holatda. A) 2,4,5 B) 1,2,5 C) 3,4,6 D) 1,2,6 9. Nuqtalar o'rniga mos javobni tanlang. Odam organizmidagi biriktiruvchi to'qima .... A) vorsinkalar devorini hosil qiladi, terming gipoderma qavatini hosil qiladi B) alveolalar devorini hosil qiladi, yurak sistolasini ta’minlaydi C) so’lak bezlarini hosil qiladi, hujayralarida miofibril tolachalari bor D) terining gipoderma qavatini hosil qiladi, o'pkalardan organlarga gazlar transportini ta’minlaydi 10. Nerv sistemasi kasalligi to'gri ta’riflangan javobni aniqlang. A) meningit- bosh va orqa miyani ustidan o’rab turgan pardaning yalliglanishi B) nefrit- buyraklarning yalliglanish kasalliklari C) nevrit- sezuvchi nerv tolalarining yalliglanishi D) poliomiyelit- bosh miya to’qimasining yallig’lanishi 11. Odamda uchraydigan quyidagi kasalliklarni qaysi organlar sistemasida uchrashiga qarab to'g'ri moslashtirilgan javobni aniqlang. 1) rinit; 2) zotiljam; 3) tireotoksikoz; 4) enterit; 5) nefrit A) 1,2-nafas olish sistemasi; 3-hazm qilish sistemasi; 4-endokin sistemasi; 5-siydik ayirish sistemasi B) 1,2-nafas olish sislemasi; 3-endokrin sistemasi; 4-hazm qilish sistemasi; 5-siydik ayirish sistemasi C) 1-hazm qilish sistemasi; 2-nafas olish sistemasi; 3-endokrin sistemasi; 4,5-siydik ayirish sistemasi D)1-siydik ayirish sistemasi;2-nafas olish sistemasi;3-endokrin sistemasi; 4-hazni qilish sistemasi; 5-nerv 12. Og'iz aylana muskuli (a) va ichak devoridagi silliq tolali muskul (b) ning xususiyatlarini aniqlang. 1) proprioretseptorlar mavjud; 2) somatik nerv sistemasi boshqaradi; 3) bir yadroli; 4) simpatrik nerv sistemasi muskul faoliyatini susaytiradi; 5) ko'p yadroli; 6) bosh muskullar guruhiga kiradi. A) a-5,6; b-3,4 B) a-2,6; b-4,5 C) a-1,3; b-4,5 D) a-1,5; b-2,3 13. To'g'ri ma’lumotni aniqlang. 1) paratgarmon ko'p ishlab chiqarilsa nerv muskul sistamalari qo'zg'aluvchanligi pasayadi. 2) Kolbasimon retseptorlar funksiyasi tug'ma buzilishi miopiyani yuzaga keltiradi. 3) Ko'z gavhari do'ngligi ortsa gipermetropiya yuzaga keladi. 4) Qalqonsimon bez funksiyasi ortsa gipoterioz yuzaga keladi. 5) Orqa miyada joylashagn motoneyronlar ishi bo'zilsa muskullarning tonusi pasayadi. 6) Yuz nervi kasallansa bir tomoni osilib qoladi. A) 1,5,6 B) 2,4,5 C) 2,3,4 D) 1,2,5 14. Parasimpatik nerv sistemasi va qalqonsimon bezi uchun umumiy bo'lgan xususiyatlarni aniqlang 1) qon bosimni oshiradi 2) qon bosimni susaytiradi 3) ichaklar ishini susaytiradi 4) siydik ajlalishni ko'paytiradi 5) ovqat hazm bo'lishini kuchaytiradi A) 4,5 B) 1 C) 4 D) 3,5 15. Quyidagilardan qaysilari I.P.Pavlov fikrlari va olib borgan ishlariga kirmaydi? 1) miya yarimsharlari po'stlog'idagi sezgi organi markazlarini analizator deb atagan; 2) ”Nutq bizni odam qildi” degan fikr bildirgan; 3) shartli reflekslar haqida ta’limot yaratgan; 4) birinchi bo'lib me’dadan shira ajratib olish usulini o'rgangan; 5) ’’soxta oziqlantirish” “kichik me’da hosil qilish” usullarini yaratgan; 6) muskul va paylardagi sezuvchanlikni chuqur o'rgangan A) 4,6 B) 3,6 C) 1,5 D) 2,4 16. Qaysi javobda odam organizmida organlarni boshqarishdagi faoliyati bir-biriga qarama-qarshi (a) va bir-biriga o'xshash (b) ichki sekretsiya bezlari to'g'ri ko'rsatilgan? 1) gipofiz va qalqonsimon bez, buyrak ishida; 2) oshqozon osti bezi va buyrak usti bezi, qonda uglevod miqdorini boshqarishda; 3) buyrak usti bezi va ayrisimon bez, jinsiy bezlar faoliyatida; 4) buyrak usti bezi va gipofiz, yurak ishida; 5) gipofiz va epifiz, pigment almashinuvida; 6) oshqozon osti bezi va buyrak usti bezi, jigarda uglevod miqdorini boshqarishda A) a-3,5,6; b-1,2 B) a-2,3,4; b-5,6 C) a-1,5,6; b-3,4 D) a-1,2,3; b-4,6 17. Asab tizimi funksiyasining takomillashuvida (I), to'qimalardagi moddalar almashinuvining kuchayishida (II) va organizmdagi moddalar almashinuvi jarayoni normal takomillashuvida (III) ishtirok etuvchi gormonlami aniqlang. 1) tiroksin 2) katexolamin 3) paratgormon A) I-3; II-1; III-1 B) I-2; II-3,III-1 C) I-3,II-2,III-1 D) I-1; II-2; III-1 18. Katta yoshdagi erkak kishining og'iz bo'shlig'ida kichik oziq tishlarining katta oziq tishlariga bo'lgan nisbatini aniqlang. A) 1:2 B) 1:1,5 C) 2:1 D) 1:1 19. Odamda qonning yo'nalishi noto'g'ri ko'rsatilgan javobni aniqlang. A) O’ng bo’lrnacha diastola holatida, venoz qon to’rtta vena qon tomiri orqali bo’lmamachaga o’tadi. B) O’ng qorincha sistola holatda bo’lganda, venoz qon o’pka arteriyasiga o’tadi. C) Chap qorinchalar sistola holatida, arterial qon yarim oysimon klapan orqali aortaga o’tadi. D) Chap bo’lrnacha diastola holatida, arterial qon to’rtta qon tomir orqali bo’lmachaga o’tadi. 20. Komilning ovqat ratsionida oqsil, yogi va uglevodning umumiy miqdori 350 g bo'lib, oqsildan ajralgan energiya 205 kkal ni tashkil etadi. Agar ovqat tarkibidagi yog'dan hosil bo'lgan energiya oqsilning parchalanishidan hosil bo'lgan energiyadan 260 kkal ga ko'p bo'lsa, bir kecha-kunduzda hosil bo'lgan jami energiyaning qanchasi (kkal) ertalabki ovqatlanishdan hosil bo'lgan? (Ratsional ovqatlanishning yuqori foiziga amal qilingan) A) 508,5 B) 678 C) 339 D) 254,25 21. Og'iz aylana muskuli (a) va ichak devoridagi silliq tolali muskul (b) ning xususiyatlarini aniqlang. 1) proprioretseptorlar mavjud; 2) somatik nerv sistemasi boshqaradi;. 3) bir yadroli; 4) simpatrik nerv sistemasi muskul faoliyatini susaytiradi; 5) ko'p yadroli; 6) bosh muskullar guruhiga kiradi. A) a-5,6; b-3,4 B) a-2,6; b-4,5 C) a-1,3; b-4,5 D) a-1,5; b-2,3 22. IV qon guruh ota va II qon guruh gomozigota ona farzandlaridan necha foizida agglutinin a yo'q A) 100 B) 50 C) 75 D) 25 23. Arteriya tuzilishi va funksiyasiga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang 1) kichik qon aylanish doirasi arteriyalarida kislorodga to'yingan qon oqadi; 2) katta qon aylanish doirasi arteriyalari o'pkani kislorod bilan taminlaydi; 3) o'rta qavati qalin silliq muskulli; 4) yurak chap qorinchasidan boshlanadi; 5) bir qavat tuzilishga ega bo'lib, muskuli bir yadroli. A) 1,5 B) 1,2,3 C) 3,4,5 D) 2,3,4 24. Hazm qilish (a), ichki sekretsiya (b), yurak qon-tomir (c) va nerv (d) kasalliklarini aniqlang. 1) gastrit; 2) yassi oyoqlik 4) nevrit; 3) ishemik kasallik; 5) nefrit; 6) akromegaliya; 7) laringit; 8) pulpit. A) a-1; b-6; c-4; d-3 B) a-2; b-8; c-7; d-5 C) a-1; b-5; c-7; d-3 D) a-2; b-3; c-5; d-8 25. Eshitish analizatoriga xos bo'lgan xususiyatlarni toping. A) suyak labirint ichida endolimfa suyuqligi bo'ladi B) suyak labirint ichida parda labirint, ular orasida endomfa suyuqligi bo'ladi C) analizatorning markaziy qismi chig'anoqda joylashgan D) Tashqi quloq-quloq suprasi va nog'ora parda bilan tugovchi eshitish yo'lidan iborat 26. Sog'lom 5 yoshli qizcha II qon guruh Arterial qoni(I) birlamchi siydik(II) ikkilamchi siydik(III) tarkibini aniqlang. 1) Aglutinogen 2) antigemofil omil 3) kreatinin 4) mochevina 5) antitana 6) rezus omil 7) glukoza 8) tuz 9) ferment 10) aminokislota A) I-1,2,5 II-3,4,10;III-3,4,8 B) I-2,4,5; II-1,3,9; III-6,7,8 C) I-4,5,9; II-1,3,6; III-2,7,8 D) I-1,2,10; II-1,5,9; III-6,7,8 27. Tayanch-harakat (a), tish (b), nafas olish (c) va ayirish (d) kasalliklarini aniqlang. 1) gastrit; 2) yassi oyoqlik; 3) ishemik kasallik; 4) nevrit; 5) nefrit; 6) akromegaliya; 7) laringit; 8) pulpit A) a-2; b-8; c-7; d-5 B) a-1; b-6; c-4; d-3 C) a-1; b-5; c-7; d-3 D) a-2; b-3; c-5; d-8 28. Odam sutka davomida iste’mol qilgan 100 g oqsilning 70%i hujayralardagi oqsil sinteziga sarf bo'ldi, qolgani energiya aimashinnvi jarayonida to'liq oksidlandi. Iste’ mol qilingan 80 g lipidning barchasi dissimilatsiya uchun sarflangan. Kun davomida iste’mol qilingan 400 g uglevodning 3%i glikogenga zahiralangan va qolgan qismi energiya hosil qilish uchun sarflangan. Energiya almashinuviga jalb qilingan biopolimerlardan hosil bo'lgan energiya miqdorini(kkal) aniqlang. A) 2400,3 kkal B) 2457,8 kkal C) 1713,8 kkal D) 2794 kkal 29. Palovga tegishli bo'lgan fikrlarni ko'rsating. 1) tashqi tormozlanishni shartsiz tormizlanish deb atagan 2) pay va muskullardagi sezuvchanlikni yashirin sezgi deb atagan 3) me’dadan birinchi bo'lib sof shira ajratil olgan 4) shartli reflekslar haqida ta’limotni yaratgan 5) ”nutq bizni odam qildi” degan fikrni ilgari surgan 6) fagositoz hodisasini ochib bergan 7) hech bir organizm tashqi muhidsiz yashay olmaydi digan A) 6,7,5 B) 1,3,4 C) 2,6,7 D) 1,2,3 30. Nodir yuqumli kasallikka qarshi emlandi. Unda hosil bo'lgan immunitet haqida to'g'ri fikrni bildiring. 1) orttirilgan immunitet; 2) passiv immunitet; 3) tabiiy immunitet; 4) sun’iy immunitet; 5) tug'ma immunitet; 6) aktiv immunitet A) 1,3,6 B) 1,4,6 C) 1,2,3 D) 2,5,6 1.. O’q skeleti xordadan iborat, xordasi butun hayoti davomida saqlanib qoladigan hayvonlar guiuhini belgilang? A) moybaliq, churtan. B) skat, xumbosh C) beluga, qilquyruq. D) lantsetnik, forel 2.Ta'm bilish hujayralan baliqning qaysi qismida (a) va hashorat laming qaysi qismida (b) joylashgan? l)og'izda 2)suzgichlanda 3)halqumida 4)tana yuzasida 5)lablari da6)paypaslagichlarida 7)qizilungach 8)mo'ylovlarida A)a-1,3,4, b-6 В)a-1,3,5, b-6. C)a-2,3,4, b-8 D)a-1,3,8, b-5 3. Bosh skletsizlarga (a) va bosh sketlilarga (b) xos bo'lgan javobni belgilang. l)xordalilar tipiga mansub 2)bosh miyasi va bosh skleti rivojlanmagan 3)markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyadan iborat 4) lansetniklar sinfi kiradi 5) skleti tog’ay va suyakdan iborat 6) sut emizuvchi va qushlar sinflari kiradi A) a-1,2,4; b-1,3,5,6 B) a-1,2; b-1,3,4,5,6 C)a-1,2,4,6; b-3,5,6 D)a-1,2; b-2,3,5,6 4. Lansetnik sistematikasi to'g’ri berilgan javobni toping, (ketma-ketlikda) A)xordalilar tipi, bosh skletsizlar kenja sinfi, lansetniklar turkumi B)xordalilar tipi, bosh sklctsizlar kenja tipi, lansetniklar sinfi, tipik vakil lansetnik C)xordalilar tipi, bosh skletsizlar kenja sinfi, lansetniklar turkumi, tipik vakil lansetnik D)xordalilar tipi, bosh skletsizlar kenja tipi, umurtqasizlar sinfi, lansetnik 5. Laqqa baliqning toq (a) va juft (b) suzgichlarini ajrating. 1. dum suzgich. 2.anal suzgich 3.qorin suzgich 4. orqa suzgich 5.ko`krak suzgich A)a-1,2,4; b-3,5; B)a-1,2,3; b-4,5; C)a-1,2; b-4,5; D)a-1,2; b-3,5; 6. Faqat akulalar (a), faqat karpsimonlar(b). faqat losossimonlar(c) uchun xos bo lgan xususiyatlarni toping. 1)suvakli baliqlar sinfiga mansub 2)o'q skeleti va bosh qutisi qisman suyakka aylangan 3)zog'ora baliq shu turkumga oid 4)orqa dum suzgichi qanoti ortida yana bitta suzgich qanoti bo' ladi 5)tansidagi tangachalan qalin plastinkachalardan iborat 6) tog'ayli baliqlar sinfiga mansub 7)tana skeleti suyakdan iborat A) a-4 b-3, c-2,5 B)a-5 b-3, c-2,4 C) a-1 b-2,4 c-3,5 D) a-3 b-2,4 c-1,5 7. Baqaning urug’lanmagan tuxum hujayrasiga xos xususiyatlami belgilang.1) suv yuzasida to’p to’p bo’lib qalqib yuradi 2) qobig’i bo’rtadi 3) unda yopishqoq shilimshiq parda hosil qiladi 4) tuxumning ichki qismi qoramtir bo’ladi 5) sirti qoramtir bo’lganidan yaxshi isiydi 6)5000-10000 tagacha tuxum qo’yadi A) 1,2,3,4,5 B) 2,3,4,5,6 C)t,j,y D) 1,2,3,5 8. Faqat timsoxlarga xos bo’lgan bclgilarni ko’rsating? 1)terisi silliq, barmoqlari orasida parda bo’ladi: 2) ko’zlari va burun teshiklari bo’rtib chiqqan 3) o’pkasi murakkab, yuragi to’rt kamerali tanasida ikki xil qon oqadi. 4) tanasi qalqonlar bilan qoplangan. 5)qishki uyquga kiradi. 6) moddalar almashinuvi jadal boradi. 7)o’pkasi murakkab, yuragi to’rt kamerali, tanasida aralash qon oqadi. A) 2,4,7, B)l,2,4, C) 1,5,7, D) 2,3,4, 9. Toshbaqaning kosasi qaysi suyaklar bilan tutashgan? A) umurtqa, umrov, elka suyaklari. B)qovurg’alar, umrov va ko’krak suyaklari. C)qovurg’alar, umurlqalar, kurak suyaklari. D)qovurg’alar, umurtqalar, umrov suyaklari. 10. Timsoxlarning o’pkasi (a), baqaning o’pkasi (b) kaltakesakning o’pkasi (c) va butli o’rgimchakning o’pkasi (d) qanday bo’ladi? 1.xaltasimon o’pka bo’lib, ichida varaq simon o’simtalar bo’ladi 2.o’pka devori ko’plab katakchalarga bo’lingan 3.to’siqlar bilan ko’plab kameralarga bo’lingan 4.sodda tuzilgan haltasimon A)a-4; b-3; c-2; d-1: B)a-2; b-l; c-3, d-4: C) a-3; b-4; c-2; d-1: D)a-2; b-4; c-3, d-1 11. Qaysi toshbaqaning barmoqlari orasida suzgich pardasi (a) boladi, qaysi toshbaqaning barmoqlari orasida suzgich pardalari bo’lmaydi (b) va qaysi toshbaqaning oyoqlari eshkaksimon (c) bo’ladi? 1 )dengiz toshbaqasi 2)o’rta osiyo toshbaqasi. 3)chuchuk suvlarda yashaydigan toshbaqa A)a-2, b-l, c-3. B) a-3, b-2, c-1. C)a-l,b-2,c-3. D)a-1, b-3, c-2. 12. Hayvon nomi bilan hayvonga xos xususiyatlanni juftlab yozing a)yexidna b)o'rdakburun c)yumronqoziq d)kenguru 1)juda kichik bola tug'adi 2)tuxumini xaltasida olib yuradi 3)tana harorati 26- 36° 4)harorati 37° 5) klaokasi bo'lmaydi 6) keng tarqalgan 7)kolloniya bo'lib yashaydi 8)keng va uzun muguz tumshug’i bor 9)daryo qirg'oqlardagi uyasida yashaydi 10)tanasi uzun qillar bilan qoplangan 11)bolasi onasining qorin tomonidan terisi ustiga oqib chiqqan sutni yalaydi 12)serpusht hayvonlar sanaladi 13)shox-shabbalar bilan oziqlanadi 14)sut bezlari so'rg’ichlari bo'lmaganidan junining siitiga oqib chiqadi. 15)tuxumini bosib yotadi 16)tirik bola tug'adi 17)bolasini qornidagi xaltasida olib yuradi A) a-2.3,10,11; b-3,15,8,9,14; c-6,7,12; d-1,4,13,16.17 B)a-2.3,10,11.16; b-3.15,8,9.12,14; c-6.7.12; d-l.4.13,16,17 C)a-2,3,10,11; b-3,15,8,7,9,14; c-6,7,12; d-l.4.13,16,17 D)a-2,3,10,11; b-3,15,8,9,14; c-6,7,12; d-1,4,11,13,16,17 13. Sutemizuvchilarning ko'payishiga xos xususiyatlari to'g'ri berilgan qatorni toping a)embron bachadon ichida rivojlanadi b) tuxum hujayralari kichik bo’ladi c) tuxum hujayralari tuxumdonda yetiladi d) urug'lanish tuxum yo'lida sodir bo'ladi e)embrion bachadonga tushgach uning devoriga yopishib oladi f)tuban vakillarida bachadon rivojlanmagan s)urug’angan tuxum hujayra zigota keyinchalik embrion deyladi A)a.b.c.d.e.f B)a,b,c,d,e C)a,b,c,e,f D)barchasi 14. Sutemizuvchilarning tanasidagi qillar (a), tuklar (b) va qiltiqlar (c) qanday vazifani bajaradi 1)terini sovutib turadi 2)tuyg’u organi 3)terini himoya qilib turadi 4)hayvon tanasidagi haroratni yaxshi saqlaydi. 5)ortiqcha suv va mineral tuzianu chiqanb vuboradi A)a-3, b-4, c-2. B)a-2, b-4, c-3. C)a-3, b-1. c-2. D)a-1, b-3,c-5 15. Quyidagi belgilarning qaysilari kloakali havvonlarga misol bo'la oladi? 1)baliq 2)triton 3) kenguru 4)gekkon 5)exidna 6)kaklik 7)tyulen 8)pingvin 9)tovushqon 10)ko’rshapalak A)1,3,4,10, B) 2,4,5,6,8, C)l,7,8,9.10. D)1.3.4.9.10 16. Musichaning qirg’ovulga o’xshash(a) va farq(b) qiluvchi jihatlarini belgilang. l)o’troq qush 2)ko'chmanchi qush 3)jish bola ochuvchi 4)jo’ja ochuvchi A) a-1; b-3; B) a-2;b-3; C) a-3;b-l; D) a-l;b-4; 17. Chug’urchuqqa xos bo’lgan(a) va xos bo’lmagan(b) belgilarni belgilang. l)tez yuguradi 2)hasharot kaltakesak may da kemiruvchilar va yerosti tugunaklari bilan oziqlanadi 3)"Qizil kitob"ga kiritilgan 4)dushmanni sezganda shovqin soladi 5)jufti bir yillik pishiqchilik davrida donlarni va rezavor meva, donlarni yeb zarar keltiradi A) a-4,5,6; b-1,2,3 В) a-1,4,6; b-2,3,5 С) a-2,4,5,6; b-1,3 D) a-4,6; b-1,2,3,5 18. Tuvaloqqa xos bo'lgan(a) va bo'lmagan belgilar(b)ni belgilang.l.tez yuguradi 2.hasharot, kaltakesak, mayda kemiruvchilar va yer osti tugunaklar bilan oziqlanadi 3.Qizil Kttobga kiritilgan 4.tuxumini erkagi va urg'ochisi galma-galdan bosib votadi5.dushmanni sezganda shovqin soladi 6. jufti 1 yillik 7.tuxumini urg'ochisi bosib yotadi 8. meva va donlarni yeb zarar keltiradi A) a-1,2,3; b-4.5,6,7 В) a-1,2,3,7; b-4,5,6 С) a-1,2,3,6,7; b-4.5 D) t.j.y 19. Qaysi mintaqa(lar)da yashaydigan qushlar yilning eng qulay issiq davrida uya qurib jo’ja ochadi va uni boqib voyaga yetkazadi? A subtropik mintaqa В tropik mintaqa С Shimoliy va o’rta mintaqalar D Janubiy va o’rta mintaqalar 20. Yovvoyi o’rdak erkagining boshi.., bo’yni... urgochisining tumshug’i..., dumi …. rangda bo'ladi. A)to’q-yashil;oq;qizg’ish; oqish; В)to’q-yashil;oqish; qizg’isli;oq; C) qora; oqish; qizg’ish; oq; D) oqish; to’q-yashil; oq; qizg’ish; 21. G'ozsimonlar turkumiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang. 1)o'rdak, g'oz va oqqushlar kiradi 2)tumshug'ining qirrasi bo’ylab bir xil shakldagi muguz plastinkalar joylashgan 3.tumshug'ining qiirasi bo'ylab har xil shakldagi muguz plastinkalar joylasligan 4)tumshug'ining uchi kengaygan 5)jo'ja ochadigan qushlar 6)jish bola ochadigan qushlar A) 1,2,4,5 В) 1,2,4,6 С) 1,3,4,5 D) 1,3,4,6 22.Go`ngqarg,a va chittak o’rtasidagi o’xshashlik(a) va farqlar(b)ni belgilang. 1) chumchuqsimonlar turkumi vakili 2) kosasimon uya quradi 3) yil fasllariga qarab joyini o’zgartirib turadi 4)jufti faqat bir mavsum saqlanadi 5) zog’chalar bilan katta gala hosil qiladi A) a-I; b-2,3,4,5; В) a-l,3; b-2,4,5; С) a-1,4; b-2,3,5; D) a-1,3,4; b-2,5; 23. Erkak(I)va urg`ochi tuyaqushlar(II)uchun xos bo`lgan xususiytlarni belgilang 1.oyog`I bilan yerni kovlab uy yasaydi 2.tumshug`I bilan yerni kovlab uya yasaydi 3.uyadagi tuxumlarni kunduzi bosib yotadi 4.uyadagi tuxumlarni kechasi bosib yotadi 5.cho`lda uncha ko`zga tashlanmaydi 6.patlari qo`ng`ir-kulrang tusda 7.patlari qora rangda 8.dumi va qanotlarining uchlarida oq patlari bor. A I-1.4.7.8.II-3.5.6. B I-1.2.4.6.II-3.7.8 C I-2.4.7.8.II-3.5.6. D I-3.5.6.II-2.4.7.8 24. Arxeopteriks(II) va yirtqich tishli kaltakesak(I)ning sudralib yuruvchilarga o`xshash belgilarini aniqlang? a.jag`larining bo`lishi b.oyog`i tanasining ikki yonida joylashganligi c.tishlarining bo`lmasligi d.tishlarining ixtisoslashganligi e.oyoqlari uzun f.oyoqlari kalta g.20ta umurtqadan iborat uzun dumining bo`lishi h.20ta umurtqadan iborat uzun dumg`azasining bo`lishi i.dumini sudrab harakat qilgan j.dumi kalta va yo`g`on bo`lgan k.dumi uzun va yo`g`on bo`lgan l.tishlarining bo`lishi A I-a,l,g,II-f,i,k B I-a,d,g,II-b,f,i,k C I-a,c,h,II-d,e,i,j D I-f,i,k,II-a,l,g 25. Baqa umurtqa pog`onasining baliqnikidan farq qiladigan jihatlaini belgilang.1)boshi umurtqa pog`onasiga harakatsiz qo`shilgan 2)1ta bo`yin umurtqasi bor 3)qovurg`lar rivojlanmagan 4)dum umurtqalari birlashib 1 ta uzun dum suyagini hosil qiladi 5)qovurg`lar faqat dum umurtqalarida bo`lmaydi A 2.3.4 B 1.3.4 C 2.4.5 D 3.4 26. Amudaryo etaklarida tarqalgan hayvonlarni belgilang. 1)ko`k g`oz 2)bakra baliq 3)sozta kurakburun 4)mo`ylov baliq A)1.2.3.4 B)1.3 C)2 D)1 27. Qaldirg`och uchun xos bo`lgan xususiyatlarni aniqlang. 1)peshona ba bo`yni qizg`ish qo`ng`ir 2)tanasining orqasi qoramtir 3)tanasining orqasi ko`kimtir qora 4)qorin tomoni ko`kish-oq 5)qorin tomoni oq 6)kalta dumi 2ga ajralgan 7)uzun dumi 2ga ajralgan 8)oyoqlari kalta va kuchsiz 9)oyoqlari uzun va kuchsiz 10)tumshug`I qisqa va keng ochiladi 11)tumshug`I yassi va keng ochiladi 12)ozig`ini suvda tutadi 13)ozig`ini havoda tutadi A) 1.2.5.7.8.10.13 B) 1.3.5.7.8.11.13 C) 1.3.5.7.9.10.11.13 D) 1.3.5.7.8.10.11.13 28. Zog`ora baliq tuxum qo`ygandan keyin necha kun o`tib lichinkasi suv yuzasiga ko`tarilib atmosfera havosi bilan suzgich pufagini to`ldirib oladi? A 4-6kun B 4-9 kun C 2-3kun D 6-9 kun 29.Tuxum qo`yish xaltachasiga ega bo`lgan organizmlar ayirish sistemasi qanday? 1) buyrak 2) naychalar 3) sirtmoqsimon kalta naychalar 4) malpigi naychalari 5) sirtmoqsimon uzun naylar 6) loviyasimon buyrak A 6 B 2,5 C 2,3 D1,6 30. Uzunligi 25-50sm keladigan o`simlik(lar)ni changlantiradigan organizm(lar)ni toping. A) nektarxo`r B) tukli ari C) yovvoyi.ari D) A va B Download 73.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling