01 Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari 02
Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari
Download 1.58 Mb.
|
javlonbek. makroiqtisodiyot
3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari.
G’arb adabiyotlarida "strukturani takomillashtirish" iborasi umuman qo’llanilmaydi. Uning o’rniga:"strukturaga o’zgartirish" kiritish; strukturani almashtirish;strukturani tanlash; strukturani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi. Strukturaga o’zgartirish kiritish va uni almashtirish - bu jahon amaliyotidagi doimiy jarayon bo’lib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday o’zgarishlarning bosh omili - bu ilmiy-texnika taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. AQSh firmalarida, G’arbiy Evropa va rivojlangan Sharq davlatlarida boshqaruv strukturasi o’rtacha har 3-5 yilda almashtirilib turiladi. Boshqaruv strukturasini takomillashtirish yo’llari. Amaldagi strukturani soddalashtirish usuli.Boshqaruv bo’g’inlari sonini qisqartirish va boshqaruvning quyi bo’g’iniga huquq va vakolatni ko’prok berish (demarkazlashuv). Shtablar yoki ulardagi xodimlar sonini kamaytirish, matritsali strukturadan chiziqli funktsional strukturaga o’tish. boshqaruvchilar sonini har 3-7 kishiga bitta rahbar emas, balki 10-12 kishiga bitta rahbar to’g’ri kelishiga erishish lozim Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko’nikma hosil qilingan struktura bilan almashtirish. Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturaga quyidagi salbiy tomonlar xos: Gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik ierarxik aloqalardagi qat'iylik me'yorlashtirilgan mas'uliyat . yuqori darajadagi rasmiyatchilik qarorlar qabul qilinishidagi o’ta markazlashuv va unda ko’pchilik boshqaruvchilarning qatnasha olmasligi. Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko’nikma hosil qilingan struktura bilan almashtirish. Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish. "Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin. "Venchur" iborasi tadbirkor, rahbar yoki menejerning tavakkalchilikdagi: uddaburonligi, epchilligi serharakatliligini quntli, matonatliligini dadilligi, jasoratliligini jo’shqin, biznesga berilib ketishini bildiradi. Venchur va innovatsiya bo’limlaridagi tadbirkorlar yangi texnologiya uchun o’zlarining kapitalini yoki olgan qarz mablag’larini tavakkal qiladilar. -venchur va innovatsiya, ya'ni "biznesga tavakkalchilik "bo’limlari -biznes-markazlar -ekspert guruhlari Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish. 4. Tashkiliy tarkiblar kup sonli tur va shakllarga ega. Gorizontal turkumlanishining yukori darajali boskichi. Mustaxkam munosabatlarga ko`ra aloqa. CHeklangan majburiyatlar va rasmiyatchilikning yukori darajasi. Rasmiylashgan aloqa yo`llarining shakllari. Markazlashgan qaror kabul qilish. Tengsiz taksimlanishining kuyi boskichi (vertikal va gorizontal buyicha) ҳamkorlik. Soddalashtirilgan majburiyatlar (zarurati bulgan sari) shakllanishning kuyi boskichi va norasmiy aloqa yo`llari. Qaror kabul qilishning nomarkazlashuvi va rasmiyatchilikning yukori darajasi. Norasmiy tarkib shaxslar orasidagi munosabatni rasmiy tarkib doirasida aks ettirilishidir. Ushbu kullanmada fakat rasmiy tashkiliy tarkib ukib urganiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling