01 умичт ўқув қул
Download 4.51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
86-rasm. Vertikal kondensator. 1-tashqi tubi, 2-echiladigan tubi, 3-ostki trubali panjara, 4, 11- flanetsli birikmalar, 5-vertikal to’siq, 6- korpus, 7-ko’ndalang to’siqlar, 8-trubkalar to’plami, 9-tayanchlar, 10-erituvchi va suv bug’lari aralashmasi uchun patrubka, 12-echiladigan qopqoq, 13-sovuq suvni chiqarish uchun patrubka, 14-sovuq suvni kiritish patrubkasi, 15-vertikal to’siq, 16-ustki trubali pahjara, 17-kondensatsiyalanmagan bug’lar va havo aralashmasini chiqarish patrubkasi, 18-lyuk, 19-kondensat patrubkasi. 193 Vertikal kondensatorning texnik tavsifi Umumiy sovutish yuzasi, m 2 ............................150 Trubkalar soni, dona........................................661 Trubkalar diametri, mm...................................20/25 Rekuperatsiya qurilmalari. Havo-bug’ (gaz-havo) aralashmasidan erituvchini ajratish qurilmalari uch xil bo’ladi: rekuperatsion sovitish qurilmalari, absorbtsion rekuperatsion qurilmalari, adsorbtsion rekuperatsion qurilmalari. Gaz-havo aralashmasini sovitish jarayoni deflegmator deb ataluvchi rekuperatsion apparatlarda olib boriladi. Ular aralashadigan yoki yuzali kondensatorlaridan iborat. Birinchisida gaz-havo aralashmasi biror-bir nasadka (Rashig halqasi, koks va bosh.)da sovituvchi agent bilan bevosita sovitiladi. Yuzali deflegmatorlarda bug’ kondensatsiyasi trubalarning yuzasida sodir boradi. Bu ikki xil deflegmatorlardan yuza apparatlar afzalroq hisoblanadi. Chunki ularda erituvchi kondensati aralashtiruvchi sovituvchi agent bilan aralashmaydi. Ikkala turdagi deflegmatorlarda ham sovituvchi agent sifatida 10-12 0 C haroratli suv yoki namokob ishlatiladi. Bunday eritmalar sifatida -10...-15 0 C gacha sovitilgan CaCl 2 eritmasi qо’llanilib, ular gaz-havo aralashmasini past haroratgacha sovitadi. Natijada bug’lar tо’liq kondensatlanadi. Yog’ ekstraktsiyalash korxonalarida namakob bilan sovitiladigan yuza deflegmatorlari keng qo’llaniladi. Bunday qurilmalar НД-1250 ekstraktsiyalash liniyasida o’rnatilgan. Rekuperatsion sovitish qurilmalari 1 sovitkich va 2 deflegmatordan iborat. Sovituvchi agent sifatida sovuq suv (harorati 10-12 0 C) yoki namokob (harorati -10...- 15 0 C cha sovutilgan holda) ishlatiladi. Gaz-havo aralashmasini sovitish qurilmasi deflegmator ishini engillashtirish va bug’- havo aralashmasi tarkibidagi erituvchining bir qismini kondensatsiyalash uchun mo’ljallangan. 194 НД-1250 takomillashtirilgan ekstraktsiyalash liniyasida sovitkichlar yuzasi 150 m 2 bo’lgan vertikal kondensatorlarga almashtirilgan (87-rasm). Yuzali sovitish deflegmatori bu vertikal trubali issiqlik almashinuv qurilmasi. Uning ichida sovutish yuzasi 18 m 2 , diametri 25...30 mm bo’lgan 37 dona trubkalar joylashgan. Gaz-havo aralashmasi trubalar oralig’iga yuqoridan pastga yuboriladi, sovitiladi va apparatning pastki qismidan patrubka orqali chiqariladi. Namakob ostki patrubka orqali trubkalar ichiga gaz-havo aralashmasiga qarama-qarshi beriladi va qopqoqdagi ustki patrubkadan chiqib ketadi. Hosil bo’lgan kondensat suv ajratish qurilmasiga yuboriladi. Kondensatsiyalanmagan gaz-havo aralashmasi keyingi deflegmatorlarga yuboriladi. Namakob kompressor uskunaning sovitish kamerasiga qaytariladi. Deflegmator muz bilan qoplanganda suv bug’lari bilan isitiladi. Qurilmaga kirayotgan gaz-havo aralashmasining harorati 40 0 C, chiqishdagi harorat 0...10 0 C, namakob harorati kirishda 0 0 C, chiqishda 5 0 C bo’ladi. Deflegmatorda gaz-havo aralashmasi tarkibidagi 60...70% erituvchi ushlab qolinadi. Download 4.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling