01 умичт ўқув қул


Erituvchini regeneratsiya qilishning asosiy usullari


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma

Erituvchini regeneratsiya qilishning asosiy usullari. Havo-erituvchi bug’lari 
aralashmasidagi 
erituvchi 
bug’larining 
kontsentratsiyasiga 
kо’ra 
quyidagi 
regeneratsiya qilish usullari qо’llaniladi. 


191 
Aralashmada erituvchi bug’larining kontsentratsiyasi kо’p bо’lsa sovitish yо’li 
bilan kondensatsiyalashdan foydalaniladi. Buning uchun suv, namakob yoki sovitish 
agenti yordamida sovitiladi. 
Havo-erituvchi 
bug’lari 
aralashmasini 
siqish 
va 
sovitish 
orqali 
kondensatsiyalash mumkin. 
Erituvchi bug’larining konsentratsiyasi havo-gaz aralashmasida о’rta va kam 
miqdorda bо’lganda erituvchi bug’larini qattiq yoki suyuq sorbentlar yordamida 
adsorbsiya yoki absorbsiya yо’li bilan erituvchini ajratish mumkin. 
Erituvchi va suv bug’lari aralashmasini kondensatsiyalash qurilmalari. 
Erituvchi va suv bug’lari aralashmasini ikki usulda kondensatsiyalash mumkin: 
1) yuzali kondensatorlarda. Bu holda erituvchi bug’lari trubaning yuzalarida 
kondensatsiyalanadi. Trubalarning boshqa tomonidan sovuq suv, namakob yoki havo 
beriladi. Bu vaqtda bug’lar о‘zining issiqligini sovituvchi agentga berib
kondensatsiyalanadi. Bu usulda hosil bо’lgan kondensat sovituvchi suv yoki 
namakob bilan aralashmaydi; 
2) aralashtiruvchi kondensatorlarda bug’lar sovituvchi suv yoki namakob bilan 
bevosita aralashtirib yuboriladi. 
Ikkala usulda ham kondensatsiyalash atmosfera bosimi yoki vakuum ostida 
о’tkaziladi. Vakuum hosil qilish uchun vakuum-nasos yoki bug’ ejektorlari 
ishlatiladi. 
Trubkalar tо’plamlari joylashishiga qarab yuzali kondensatorlar gorizontal yoki 
vertikal turlarga bо’linadi. Vertikal turli kondensatorlar (86-rasm) sanoatda keng 
qо’llaniladi. 
Vertikal kondensatorlari 6 silindrik korpusdan iborat. Korpus 4 va 11 flanetsli 
birikmalar yordamida usti echiladigan 12 qopqoq va tashqi ostki konussimon yoki 
elliptik 1 tubi bilan biriktirilgan. Qopqoqda qurilmani ikkiga bo’ladigan 15 vertikal 
to’siq o’rnatilgan. 
Korpusning ichida issiqlik almashtiruvchi 8 trubkalar to’plami joylashtirilgan. 
Trubkalar latun yoki zanglamaydigan po’latdan qilingan bo’lib, ularning uchlari 16 
va 3 trubali panjaralarga mahkamlangan. 


192 
Trubkalar to’plami erkin holatda ustki 16 trubali panjaraga osilgan. Bu panjara 
12 echiladigan qopqoq va 6 korpusning flanetslari orasida mahkamlangan. Ostki 3 
trubali panjara korpusga mahkamlanmagan, sovuq suvdagi aralashmalarni yig’ish 
uchun konussimon yoki elliptik tubi bilan yopilgan.
Echiladigan qopqoq va tashqi tubi orqali trubkalar to’plami tozalash yoki 
almashtirish uchun qurilmadan chiqariladi. 
Sovuq suv 14 patrubka orqali trubkalar ichiga kiradi to’siqni aylanib 13 
patrubkadan chiqadi. 
Erituvchi va suv bug’lari aralashmasi 10 patrubkadan trubalar orasidagi 5 
vertikal to’siq bilan ikkiga bo’lingan bo’shliqqa kiradi va ikki marta aylanadi.
Trubalar orasidagi bo’shliqda 7 ko’ndalang to’siqlar ham mavjud. Ular sovitish 
yuzasi bilan bug’larning kontaktini yaxshilash uchun bug’lar harakati yo’nalishini 
o’zgartirib beradi. 
Kondensat korpusning 1 tashqi tubiga yig’iladi va 19 patrubkadan chiqariladi. 
Kondensatsiyalanmagan bug’lar va havo aralashmasi 17 patrubkadan chiqariladi. 
Uning yordamida kondensator vakuum liniyasiga ulanadi. 
Qurilmani tozalash va ichini ko’rish uchun 18 lyuklar bilan ta’minlangan hamda 
o’rnatish uchun 9 tayanchlari mavjud. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling