01 умичт ўқув қул


  I – qism. MOYLI URUG’LARNI QABUL QILISH VA SAQLASH


Download 4.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/119
Sana01.11.2023
Hajmi4.51 Mb.
#1736651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119
Bog'liq
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma


I – qism. MOYLI URUG’LARNI QABUL QILISH VA SAQLASH
1-bob.YOG’-MOY SANOATI TEXNOLOGIK JARAYONLARI VA 
USKUNALARI TO’G’RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA.
OZIQ- OVQAT TEXNOLOGIYASI JARAYONLARINING TAVSIFI 
1.1. Texnologik jarayonlari va uskunalari to’g’risida umumiy tushunchalar 
Ushbu fan yog’-moy sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar 
tayyorlashdagi o’quv rejasiga kirgan asosiy fanlardan biri bo’lib sohani egallashdagi 
fanlar qatoriga kiradi va yog’-moy sanoati ishlab chiqarishida qo’llaniladigan 
texnologik asbob-uskuna, qurilmalarning tuzilishini, ishlashini o’rganadi. 
Fanni o’qish jarayonida talaba yog’-moy sanoatida texnologik jarayonlar va 
texnologik jihozlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik to’g’risida, sanoatda qo’llanilayotgan 
uskunalarning tuzilishi, ishlashi va ularning texnik tavsifi to’g’risida tushunchalarga 
ega bo’ladi.
Fanni o’rganish orqali talaba o’simlik moylari ishlab chiqarishda va ularni qayta 
ishlash jarayonlarida qo’llaniladigan qurilmalarni vazifasini, hisoblashni, texnolgik 
jarayonlar vaqtida hom ashyo va materiallarni kamaytirish usullarini, mahsulot 
sifatini oshirishni o’rganadi. 
Yog’-moy sanoati, oziq-ovqat sanoatining eng muhim va murakkab sohalaridan 
biri bo’lib, unda boradigan jarayonlar uzluksiz va juda ko’plab qurilma va 
uskunalarda amalga oshiriladi. Shu sababdan ham “O’simlik moylari ishlab chiqarish 
texnologiyasi” fanini talabalarga o’qitish ularni shu soha bo’yicha mutaxassis bo’lib 
yetishishlarida muhim ahamiyatga ega. 
Yog’-moy sanoati strukturasi tarkibiga presslash usulida, press-ekstraktsiya 
usulida, to’g’ridan-to’g’ri ekstraktsiya usulida moyli xom ashyolardan moy oladigan 
korxonalar, 
margarin, 
mayonez, 
xo’jalik 
sovuni, 
atir 
sovun, 
glitserin, 
disstillyatsiyalangan yog’ kislotalari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Bo’lardan 
ko’rinib turibdiki, bu korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turli tuman 
bo’lib, ularni ishlab chiqarishda ishlatiladigan uskunalar ham turli tumandir. 



Yog’-moy sanoati korxonalari zamonaviy texnologik uskunalar bilan 
jihozlangan bo’lib, ularda ishlab chiqarish jarayonlari oqim liniyalarida amalga 
oshiriladi. 
O’simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi fanida qo’llaniladigan asosiy 
texnologik tushunchalar: 
texnologik sxema; 
texnologik jarayon; 
texnologik liniyaning unumdorligi; 
texnologik rejim; 
xom ashyo balansi hisobi. 

Download 4.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling