01 умичт ўқув қул
Urug’larning o’lchami va geometrik shakli
Download 4,51 Mb. Pdf ko'rish
|
5 Osimlik moylari ishlab chiqarsih texnologiyasi o’quv qo’llanma
Urug’larning o’lchami va geometrik shakli. Urug’larning geometrik shakli va
chiziqli o’lchamlari omborxonaning turi, texnologik mashinalar ishchi organlarining o’lchamlari, hamda urug’larni saqlash va qayta ishlash usullari bog’liq bo’ladi. Urug’larning shakli har bir yog’li o’simlik uchun xos bo’lib, urug’larning uzunligi, kengligi va qalinligi bilan belgilanadi. Urug’lar sharsimon, ellipssimon, uchburchak, chuzinchoq shaklda bo’ladi. Urug’lar namligi turlicha bo’lganida urug’larning uzunligi kam o’zgaradi. Nam urug’larning quruqlariga nisbatan kengligi va qalinligi katta bo’ladi, lekin uzunligi bilan farq qilmaydi. Urug’lar shaklini tavsiflash uchun “shakl koeffitsienti” tushunchasi kiritilgan. Shakl koeffitsienti - nosferik shakldagi urug’lar yuzasi maydonining, hajmi urug’ hajmiga teng bo’lgan ekvivalent sharning yuzasiga nisbatini bildiradi. Sharsimon zarrachalar uchun bu ko’rsatkich har doim 1 ga teng, boshqa shakldagi zarrachalar, xususan urug’lar uchun, shakl koeffitsienti 1 dan katta. Kungaboqar urug’larining shakl koeffitsienti 1,29…1,37 teng. Yog’li urug’lar qanchalik katta bo’lsa, ularning texnologik xossalari shunchalik yuqori bo’ladi. Moyli urug’ning o’lchamini o’zgarish xarakterini variatsion statistika usulida aniqlash. Har bir moyli urug’ning shakli turlicha bo’ladi, misol uchun, soya urug’i shar shaklida, kungaboqar, paxta chigiti kabi urug’lar uzunchoq bo’lib, ularning bir tomoni ingichkalashib o’tkir uch hosil qilgan, ikkinchi tomoni kengayib borib o’tmas uch hosil qilgan. Har bir urug’ shakliga qarab uzunligi, kengligi (diametr) va qalinligi 13 bilan tavsiflanadi. Quyidagi jadvalda asosiy moyli urug’larning geometrik o’lchamlari keltirilgan. 1-jadval Asosiy moyli urug’larning geometrik o’lchamlari Download 4,51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling